29
Tasvir fragmentiga
ishlov berish
Ha
Har doim ham emas
Tasvirlarni
masshtablash
Ha
Ha
Geografik
ob’yektlarning
umuman yangi
tasvirini yaratish
uchun fazoviy
so’rovlar va
modellashdan
foydalanish
Ha
Yo’q
Tematik kartalarni
qatlamlar va
ob’yektlarni kiritish-
bekitishni qo’llab
realizastiya qilish
Ha
Ha
Qog`oz kartalarni
ifodalash
standartlariiga
rioya
qilish
Shart emas, ko’pincha
yo’q
Ha
Tasvirni bosish uchun
komponovkalash
Ha
Ha
1.8. GATning apparat platformasi
“Geoaxborot tizimi bilan ishlash uchun qanday dasturlar va uskunalar
zarur?” qabilidagi jumla o’rganishni boshlagan foydalanuvchi uchun
qonuniy savoldir. Haqiqatan ham, GATlar rivojlanishining dastlabki
bosqichida geoaxborot loyihalarini olib borish uchun uchun juda kuchli va
qimmat apparatura talab etilar edi. Bunday vaziyat taxminan XX asrning
90- yillari oxirigacha davom etdi. Personal
kompyuterlar rivojidagi
taraqqiyot ishlar holatini tubdan o’zgartirdi. Hozirda deyarli har bir PKda
30
GAT foydalanuvchisining ish joyini tashkil qilish mumkin. Hozirgi kunda
GATlar markazlashtirilgan serverlardan alohida va tarmoq bilan bog`langan
personla kompyuterlargacha turli tipdagi kompyuter platformalarida
ishlamoqda.
Uzoq vaqt davomida GATlar ikkita apparat platformalariga – personal
kompyuterlar (PK) va ish stanstiyalariga (Workstation) asoslandi. Ularni
batafsilroq ko’rib chiqamiz.
Personal kompyuterlar bazasida tuzilgan GATlar, odatda, axborotnig
kichik massivlariga ishlav berishga mo’ljallangan va nisbatan qimmat
bo’lmagan individual stol usti kartografik tizimlarini o’zida ifodalardi. PK-
platformada Intel korporastiyassi ishlab chiqargan 8086 oilasiga mansub
mikroprostessorlar
yoki AMD, Cyrix prostessorlari qo’llanilar edi. Ichida
bu
mikroprostessorlar
CISC
arxitekturasiga
(instrukstiyalarinng
kengaytirilgan to’plamiga) asoslangan edi. Kompyuterlar bir masalalali
operastion tizimlar (MS-DOS, MS Windows) boshqaruvi ostida ishlardi,
katta bo’lmagan operativ xotira hajmiga (32 Mb gacha) ega edi.
Professional geoaxborot tizimlari ish stanstiyalari asosida tuzildi. Ish
stanstiyalarida RISC arxitekturasi bazasidagi yuqori unumdorlikka ega
mikroprostessorlar (instrukstiyalarning qisqartirilgan to’plami bilan)
o’rnatilardi, ular katta hajmdagi operativ xotiraga (512 Mb gacha),
katta
diagonalli (21 dyuymgacha) yuqrori aniqlikdagi monitorlarga ega bo’lgan.
Ish stanstiyasi ko’p masalalai operastion tizimlari (UNIX, Solaris, VMS,
O/S2 va boshqalar) boshqaruvi ostida ishlagan.
Personal kompyuterlar ishlab chiqarishda yuz bergan texnologik
irg`ish vaziyatni tubdan o’zgartirdi. Tizim shinasi takt chastotasining, CPU
(prostessorlar) ichki chastotasining, operativ xotira mikrosxemalari
tezligining ortishi va apparat bazasidagi boshqa o’zgarishlar shunga olib
keldiki, zamonaviy PKlar o’zining unumdorligi bo’yicha o’rtacha ofis ish
stanstiyalaridan kam bo’lmay qoldi, narxi bo’yicha esa ulardan ko’p
marotaba arzon edi. Bugungi kundagi kompyuterlarning texnik tavsiflarini
sanab o’tishning mazmuni yo’qdir, zero yuz berayotgan o’zgarishlar
nihoyatda revolyustion va jo’shqindir.
31
Apparat bazasida sifat o’zgarishlaridan
tashqari GAT uchun keng
tarqalgan Microsoft Windows va Linux operastion tizimlari asosidagi
dasturiy ta’minotga o’tish sodir bo’ldi. Masalan, Windows NT dan boshlab,
eng eski GAT ishlab chiqaruvchisi – ESRI firmasining DTi – tavsiflari
bo’yicha butunlay Unix opreastion tizimili ish stanstiyalarida ishlash uchun
mo’ljallangan. Bu geoaxboot tizimlarini ekspluatastiya qilishni ancha
soddalashtirdi.
GAT uchun apparat bazasining ajralmas qismini axborotni kiritish-
chiqarish periferiya qurilmalari tashkil qiladi.
Geoaxborot loyihalarini
yaratish boshida ma’lumotlarni kiritish digitayzerlar yordamida amalga
oshirilardi, 1.8-rasm. Digitayzer bilan ishlash odatdagi chizmachilik
taxtasida emas, balki maxsus planshetda chiziqlar o’tkazadigan yoki
nuqtalar qo’yadigan muhandis-chizmachining ishini eslatadi, uning
yordamida grafik ma’lumotlar kompyuterga kiritiladi.
Hozirda bu kabi
operatsiyalar skanirlangan tasvir (aytilishicha rastrli tag qo’yilma) bo’yicha
bajariladi. Rastrli tasvirni olish uchun maxsus qurilmalardan – planshetli
(stol usti) va keng formatli skanerlardan foydalaniladi. Ko’pincha dastlabki
axborotni ancha katta o’lchamli planshetlarga yoki kartalarga tushirishga
to’g`ri keladi. Bunday operatsiya keng formatli skanerlar bilan amalga
oshiriladi, 1.8-rasm. Rastrli tag qo’yilma bo’yicha ishlash texnologiyasi
rastrli va vektorli qatlamlarni kombinastiyalash imkoniyatini beradi,
Do'stlaringiz bilan baham: