P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

28-rasm .

 

Idrok  qilib  turgan  shaxsning  psixikasida



ro'y beradigan o'zgarishlar bilan tug'iladigan 

tasodifiy  illuziyalar  ham  bo'ladi.  Masalan, 

cho'lda suvsagan  kishi  uzoqda yarqirab  tur­

gan  sho'rxok  yerni  ko'l  deb  o'ylashi  (lekin 

bu  illuziyani  sahrodagi  sarobdan  farq  qila 

bilish  kerak)  yoki  o'rmondagi to'nka odam­

ning  ko'ziga  bironta  yirtqich  hayvonga 

o'xshab  ko'rinishi  va  hokazo  shu  kabi  il­

luziyalar jumlasidandir.

Gap  nutq  sohasida  ham  illuziyalar  ko'p 

uchrab  turishi  hammaga  ma’lum.  Bu  xil  il­

luziyalar shundan  iboratki,  birovning  nutqi- 

dagi  ayrim so'zlar boshqa tovush tarkibidagi 

yoki  boshqa  bir  ma’noda  aytilgan  so'zdek




eshitiladi. Bunday hollarda odam­

lar odatda «yaxshi eshitmay qold- 

im»,  «boshqacha  tushunibman» 

deb gapiradilar. Eshitish organin- 

ing  sog‘  bo‘lishiga  qaramay,  bi- 

rovning nutqini  noto'g'ri eshitish 

sababi  suhbatdoshlardan birining 

gap  borayotgan  narsa  haqida 

yetarli  ma’lumoti  bo'lmasligida 

yoki  e’tibori  boshqa  narsaga



30-rasm.

chalg'ib  ketib,  gapni  chala eshit-

ganligidadir.  Illuziyani  gollutsinatsiyadan  farq  qilish  lozim.  Illuziya  shu 

onda sezgi organlarimizga ta’sir qilib turgan bir narsani yanglish, noto'g'ri 

idrok qilish bo'lsa, gollutsinatsiya yo'q narsalarni, tashqi ta’sirotsiz «idrok 

qilinishidir»:  o'rni  tagida  yo'q  narsaning  ko'zga  bordek  ko'rinishi,  yo'q 

ovozlarning  quloqqa  eshitilishi,  yo'q  narsalarning  isi  dimoqqa  urilishi  va 

boshqa  shu  kabilar gollutsinatsiya  mahsulidir.  Gollutsinatsiya  shaxsning 

go'yo  biror  narsani  ko'rgandek,  eshitgandek,  ushlagandek,  is  bilgandek 

va  boshqa  shu  kabi  tasawuridir,  xolos.  Gollutsinatsiya  ko'pincha  kasal- 

likdan  darak  beruvchi  alomatdir,  u  nerv  sistemasi  bironta  zaharli  narsa 

(alkogol,  kokain,  nasha)  bilan ta’sirlanganda,  nerv sistemasini  buzadigan 

kasalliklar oqibatida  ro'y beradi.

Idrokka  xos  sifatlar ajratiladi.  Idrokning  tezligi,  to'laligi,  ravshanligi 

va  aniqligi  yoki  to'g'riligi  uning  sifatlaridandir.  Idrokning  tezligi  idrok 

qilinayotgan narsaning sezgi organlarimizga ta’sir qila boshlagan paytdan, 

to bu narsa obrazini anglab olgunimizgacha o'tgan vaqt bilan o'lchanadi. 

Buni  anglash  odatda:  «Bu  falon  narsa  ekan»  yoki  «Men  falon  narsani 

ko'rayapman,  eshityapman  va  hokazo»  deb  tasdiqlash  (gapirish)  da  ifo­

dalanadi.  Obrazning  aniqlab  olinishi  yana  organizm  idrok  qilinayotgan 

narsani  tanish  (oriyentirovka) yuzasidan  qilgan  harakat  reaksiyasida  ham 

namoyon  bo'lishi  mumkin.  Idrokning tezligi  idrok asosida yotgan  sezgi- 

larning  tezligiga  baravar,  yoxud  hiyla  sekinroq  ham bo'lmog'i  mumkin. 

Idrokning u  yoki bu  darajada sekin o'tishi  ma’lum darajada appersepsiya 

bilan  ham belgilanadi.  Idrokning tezligi  soniyaning o'n, yuz va  mingdan 

bir qismi,  ba’zan esa soniyalar bilan o'lchanadi.

Mazmun  jihatdan  idrok 


Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish