IV. APPERSEPSIYA
Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, odamning tajribasi, bilimi,
xayol va tafakkurining faoliyati, hissiyot va diqqati, umuman odam psixi
kasining hamma mazmuni idrokida namoyon boMadi. Bu psixik hayot
ning idrokda aks etuvchi va idrokka ta’sir ko'rsatuvchi mazmunini
ap-
persepsiya
deb ataladi. Appersepsiyalarning nerv-fiziologik mexanizmi,
aftidan, o‘tmishdagi tajribadan hosil bo'lgan bog'lanishlar sistemasidan
va ularning yangi hosil bo'layotgan muvaqqat bog'Ianishlarga ta’sir
ko'rsatishidan iborat bo'lsa kerak.
Nerv bog'lanishlarning tarkib topgan sistemasi (ya’ni dinamik stereo
tip) bironta bo'shroq, hattoki bironta o'xshash qo'zg'ovchining ta’siri bi
lan ham qo'zg'almog'i mumkin. Bunda qo'zg'algan stereotipdan hosil
bo'lgan natija, shu stereotipni vujudga keltirgan jami qo'zg'ovchilar ta’sir
ko'rsatgandagi natijasidan sira qolishmavdi.
Ayni bir narsa yoki hodisani ayrim kishilarning idrok etishida ko'rinadigan
ba’zi xususiyatlar appersepsiya bilan belgilangan bo'ladi. Bu xususiyatlar
odamning tajribasi va bilimlariga bog'liq xususivatlardir. Kishilar ayni bir
narsa yoki hodisani yoshlari, ma’lumotlari, turmush tajribalari, kasblari,
sinfiy chiqishlari, temperament, xarakter, qobiliyat va qiziqishlarida
ko'rinadigan shaxsiy xususiyatlariga qarab, har xil idrok qiladilar.
Odamning aqli qanchalik yetuk. muayyan sohaga oid tasavvuri.
fikri, tajribasi, bilimi qanchalik boy bo'lsa, uning shu sohada idroki
ham shunchalik murakkab, chuqur va sermazmun bo'ladi. Bu xususi
yatlar moddiy buyumlarni idrok qilishdayoq namoyon bo'ladi. Masa
lan, bironta yangi mashinani tegishli ixtisosi bo'lmagan kishi tomoni
dan idrok qilinishi, ixtisosi bor odamning idrokiga qaraganda, maz-
munan torroq va yuzaki bo'ladi. Ayni bir obyektlarni tegishli ixtisosi
bo'lmagan kishining kuzatishlariga qaraganda. olimning chuqur ilmiy
kuzatishlari hiyla farq qiladi.
Ayni bir mevali bog'ni rassom, agronom va savdo xodimi har xil,
101
ya’ni har qaysisi o'z nuqtayi nazaridan e’tibor berib idrok qilishi mum-
kin.
Alifbe va boshlang'ich o'qish kitoblari yirik harflar bilan bosiladi,
chunki endi savod chiqarayotgan kishilarda (bola va katta yoshlilarda)
hali kitob o'qish tajribasi bo'lmaydi. Ko'p o'qigan, bu sohada katta tajribaga
ega bo'lgan kishilar mayda harf bilan bosilgan xatni ham (masalan, gazetani)
jo'ngina o'qib ketaveradilar. Bizda hosil bo'lgan tajriba va bilim tufayli,
biz chala yozilgan so'zlarni, tushib qolgan harflami payqamasdan, xato
yozilgan bo'lsa ham, baribir, to'g'ri o'qiyveramiz. Masalan, taxistoskop
bilan qilingan tajribalar shuni ko'rsatadiki,
Do'stlaringiz bilan baham: |