0 ‘Z B E K IS T 0 N D A PSIX O L O G IY A F A N IN IN G
Q ISQ A C H A TARIXIY TARAQQIYOTI
O'rta Osiyo xalqlari uzoq o'tmishga, ko‘p asrlik tarixga, boy madaniy
merosga egadir. 0 ‘rta Osiyoning markazida joylashgan O'zbekiston Sharq-
ning eng qadimiy madaniy o'choqlaridan biri bo'lib, u jahon fani tarixiga
munosib hissa qo'shdi.
Xorazmlik olim Al-Xorazmiyning nomi bizning davrimizgacha «algo-
ritm» degan matematika termini orqali yetib kelgan. Yevropada «Alfaga-
nus» nomi bilan mashhur bo'lgan atoqli olim Ahmad al-Farg'oniyning
«Astronomiya asoslari» degan ensiklopedik asari XV asrda G'arbiy Yevro
pada juda mashhur bo'lgan edi.
O'rta asriarda «faylasuflar mirzosi» deb nom qozongan Buxorolik mu
tafakkir, atoqli olim Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari XVII asrda
G'arbiy Yevropa tabiblarining asosiy qo'llanmasi bo'lib keldi va kelmoqda.
Shuningdek, Ibn Sino ijodida materiyaning doim vujudga kelishi mumkin
bo'lgan narsalardan awal mavjud bo'lishi mumkinligi haqidagi fikrlari psi
xologiya fanida muhim ahamiyat kasb etadi.
Beruniy va Forobiy singari fan arboblari faoliyatining ahamiyati beqiyos-
dir. Beruniy matematika, astronomiya, fizika, botanika, geografiya, umu
miy geologiya, etnografiya, tarix va xronologiya sohalarida ish olib bordi.
Abu Rayhon Beruniy ijodida «Tana va ruh»ga oid hodisalar talqin qilindi.
Abu Rayhon Beruniy 973-yilda Xorazmning Kot, hozirgi Beruniy shahrida
tavallud topgan. Beruniyning ijtimoiy falsafiy qarashlaridagi a’zolaming bir-
biriga zidligi, ularda bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman xatti-harakatlar
va fe’l-atvor mavjudligi asoslangan. «Odam, — deydi Beruniy, — tabiati
jihatidan bir-biriga zid a’zolar qo'shilmasidan tarkib topgan murakkab ta
naga ega va uning holati o'z fe’l-atvoriga ko'ra xilma-xil bo'ladi». Beruniy
ning fikricha, odamlarning qiyofasi bir-biriga o'xshamasa-da, ular ayni
chog'da bir-biridan farq qiladi. Bu farq ulaming mijozi, fe’l-atvori va tabiiy
xususiyatlarida namoyon bo'ladi.
Uning zamondoshi Abu Nasr Forobiy (Abu Nasr Muhammad ibn Mu
hammad ibn Tarxon ibn O'zliq Sirdaryo sohilidagi Forob shahridan) hayot
vaqtidayoq «ikkinchi muallim» nomini olgan edi. U tabiiyot sohasida O'rta
asming eng atoqli tadqiqotchilaridan biri edi. U keng ma’nodagi inson ruhiy
jarayonlari va ta’lim-tarbiya haqida o'z zamonasi uchun ilg'or fikrlarni ilgari
surdi. Forobiyning ruhiy jarayonlar haqidagi ta’limoti, bevosita fiziologik
jarayonlar bilan psixik jarayonlar orasidagi bog'liqlik haqidagi, dunyoni bilish
haqidagi ta’limoti psixologiya fanining taraqqiy etishida muhim rol o'ynadi.
Keyinchalik AJimad Yassaviyning mehr-saxovatli bo'lish haqidagi qa
rashlari, Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy ijodidagi
shaxslararo munosabatlar, Bahovuddin Naqshbandiy ijodida aql va dunyo
qarashning shakllanishi, A. Navoiy faoliyatida ilmiy ta’lim-tarbiyaning asos-
lanishi kabilar boy meros sifatida psixologiyani har tomonlama o'rganishning
asosini tashkil etdi.
Respublikamiz boy madaniy merosga ega edi. Bu esa respublikamiz
madaniy, iqtisodiy va siyosiy hayotida mislsiz taraqqiyotga erishish uchun
imkoniyat yaratib berdi.
XX
asrga kelib, O'zbekistonda ham boshqa faniar qatori psixologiya
fanining rivojlanishiga imkon tug'ildi. Qozon universitetini tamomlagan va
1933-yildan boshlab professor unvoniga ega bo'lgan, hamda 1941—1968-
yillar mobaynida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika instituti-
ning Psixologiya kafedrasiga mudirlik qilgan bilimdon, aql-zakovat egasi
P.I.Ivanov O'zbekistonda psixologiya fanining rivojlanishiga katta hissa
qo'shdi, 80 ga yaqin ilmiy qo'llanma va maqolalar yozdi. Ayniqsa, umumiy
psixologiya yosh va pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi yo'nalishda
barakali ijod qildi. Uning «Памят». Т., 1941; «Психология» (qisqacha
izohli lug'at) Gosizdat, 1946; «Психология» (pedagogika oliy o'quv yurt
lari uchun o'quv qo'llanma). M, Uchpedgiz, 1954, 1956, 1959; «psixologi
ya» (pedagogika oliy o'quv yurtlari uchun qo'llanma) Uchpedgiz, 1957,
1960 (2 nashr); «Психологические основы обучения». T, Uchpedgiz,
1960; shu kitobning o'zbek tilidagisi «Ta’limning psixologik asoslari» T,
1961; «Umumiy psixologiya» (o'zbek tilida). T, 1957-yil; «Общая
психология» T, 1967 (2 nashr); «Развития технического мышления
учащихся на уроке труда» (Yaroslavl, 1969-yili) kabi qator darslik va
qo'llanmalari chop etildi. U o'zining ko'p yillik pedagogik faoliyatini psi-
xologiyadan o'quv qo'llanmalari yaratishga bag'ishladi va ko'plab ilmiy
kadrlar yetishtirib chiqardi. Uning kamtarin mehnati «O'zbekistonda xiz
mat ko'rsatgan fan va texnika arbobi» unvoni bilan taqdirlandi.
1945-50-yilIarga qadar O'zbekistonda psixologiya fani bo'yicha birorta
ham o'zbek tilida darslik, qo'llanmalar yo'q edi. P.I. Ivanovning «Psixo
logiya» kitobi o'zbek tiliga taijima qilingunga qadar uning shogirdlari dom-
lani ma’ruzalariga muntazam qatnashib, uni o'zbek tiliga taijima qilib,
keng talabalar ommasiga yetkazishga harakat qildilar.
P.I. Ivanovning shogirdlaridan biri bo'lgan Sh. Bayburova domlaning
rus tilidagi ma’ruzalarini o'zbek tiliga taijima qilib, talabalarga o'zbek tilida
psixologiyadan ma’ruzalar o'qidi va psixologiya sohasidagi bilimlami mu-
jassamlashtirib, o'zbek tilida «Psixologiya» darsligini 1949-yili chop ettirdi.
Bu darslik sirtqi va kunduzgi bo'lim talabalari uchun o'zbek tilida yagona
o'quv qo'llanma edi. Keyinchalik P.I. Ivanovning «Psixologiya» kitobi o'zbek
tilida chop etildi.
Bolalar psixologiyasi sohasida ham katta ishlar amalga oshirildi. 1964-
yili A.A. Asqarxo'jayev, P.I. Leventuev, M. Vohidov, E. Chudnovskiylar-
ning «Bolalar psixologiyasining ocherklari» nomli qo'llanmasi chop etildi.
Bunda bolaning dunyoga kelgan kunidan boshlab to 17—18 yoshgacha bo'lgan
davrdagi anatomo-fiziologik xususiyatlari, psixologik xususiyatlari, bolalar
shaxsining shakllanishi masalalari keng yoritib berildi.
P.I. Leventuev yosh avlodni mehnatga tayyorlash, adabiy ijodiyot psi
xologiyasini tadqiq qilish ustida ish olib bordi. M. Vohidov esa bolalar
psixologiyasini talqin qilib, darslik yaratishga kirishdi.
1965-yili birinchilardan bo'lib, I.M. Krasnobayev «Yuqori sinf
o'quvchilarida axloqiy e’tiqodlaming rivojlanishi», 1971-yili Davletshin Mu
hammad Gabdulgalimovich Leningradda «O'quvchilaming texnika qobili
yati psixologiyasi» bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar.
Ayniqsa, M.G. Davletshinning O'zbekistonda psixologiya fanining rivoj-
lanishda xizmatlari buyukdir. Uning asosiy ilmiy yo'nalishlari o'quvchilarda
texnik qiziqishlar, qobiliyatlarning shakllanishiga, mehnat ta ’limi va kasbga
yo'nalish muammolariga, pedagogika oliy o'quv yurtlarida va universitet-
larida o'qituvchi kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishga qaratilgan
edi. Shuningdek, u Sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlarini
o'rganish, ilmiy ishlarda boy merosdan foydalanishga, «Yangi turdagi o'quv
yurtlari — akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiyaning
samaradorligini oshirishning psixologik muammolari» va Oliy pedagogik
o'quv yurtlarida o'quv jarayoniga pedagogik texnologiyani tatbiq etishning
ilmiy asoslariga e’tibor qaratdi va bu sohada ko'plab izlanishlar qilindi,
darsliklar, qo'llanm alar, ilmiy, ommabop m aqolalar chop etildi.
M.G. Davletshin psixologiya faniar doktori (1971), professor (1972),
O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi, Nizomiy nomli
TDPU Psixologiya kafedrasi mudiri, 270 ga yaqin ilmiy maqolalar mualli-
fi, 50 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyasining ilmiy rahbari, ko'plab doktor
lik dissertatsiyasiga ilmiy maslahatchi bo'ldi. Uning ilmiy ishlari ichida:
«5-7-sinf o'quvchilarida texnik qiziqishlarini shakllantirish» (1956), «Qizi
qish va ta’lim» (1962), «Maktab o'quvchilarining texnika qobiliyati psi
xologiyasi» (1971), «Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya» (O'quv
qo'llanma (1974), «Qobiliyatlar va uning diagnostikasi» (1979), «Kasb tan
lash» (1986), «Zamonaviy maktab o'qituvchisi psixologiyasi» (2000), «Umu
miy psixologiya» (2000), «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» (2004)
kabi o'quv-metodik qo'llanma va ilmiy maqolalari psixologiya fanining
ravnaqida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Iste’dodli olim, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan ar
bobi M.G. Davletshin O'zbekistonda psixologiya fanining o'qitilishini ta
komillashtirish, uzluksiz ta’lim jarayonida pedinstitut va universitetlar uchun
o'qituvchilar tayyorlashning psixologik masalalari, umumiy va pedagogik
psixologiya Oliy pedagogika o'quv yurtlarining o'quv jarayoniga pedagogik
texnologiyalami tatbiq etishning ilmiy asoslari maktablarga psixologik xiz
mat ko'rsatishning ilmiy metodologik asoslariga bag'ishlangan ko'plab an-
jumanlami tashkilotchisidir. Bu 0 ‘zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi
birlashgan psixologiya fanlari bo'yicha ilmiy daraja beradigan Ixtisoslash-
tirilgan Kengash a’zosidir.
Psixologiya fanining taraqqiyotida M.X. Rahmonovaning roli ham
muhimdir. Olima ta’lim jarayonida diqqatning roli, o'quvchilar diqqatini
dars jarayonida barqarorlashtirish, o'quvchilar diqqatining individual xu
susiyatlari kabi masalalarni keng yoritib berdi. M.X. Rahmonovaning
«Ta’limda diqqatning roli» (1963), «O'qish darslarida birinchi sinf
o'quvchilari diqqatining barqarorligi» (1969), «O'quvchilar diqqatini ba’zi
individual xususiyatlari» (1971) kabi ilmiy maqolalari ta’lim jarayonida
o'quvchilar diqqatini tashkil etishda asosiy manba bo'lib xizmat qiladi.
Keyinchalik u «Psixologiya kursida ko'rsatmalilik» (1981), «Oilaga sovg'a»
(1996) kabi ilmiy ishlarini chop ettirdi. Uni qo'rqoq bolalaming ruhiyati,
aql-zakovati, diqqat-e’tibor sohalari qiziqtirib, u hozirgi kunda shu soha-
larda kuzatish, tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
R.Sh. Karimova ayniqsa, maktabgacha bolalami ona tili egallashning
psixologik xususiyatlami aniqlash, o'smirlaming o'quv jamoasida o'zaro
munosabatlarini shakllantirish masalalari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bordi.
Uning «Основные элементы грамматического строя родного языка
как путь развития мышления детей старшего дошкольного возраста»
(1959), «Учет индивидуальных различий детей при обучении их
родному языки в детских садах» (1971), «Изучение взаимоотношений
подростков и их формирования» (1985) kabi maqolalari hozirgi kunda
ham o'z qiymatini yo'qotmagan.
Shuningdek, yosh psixologiyasida M.A. Muzaffarov «O'smir yoshlar-
ning tasawur qilish asoslari» (80 dan ortiq ilmiy maqola), B. Mamajonovning
«Umumiy psixologiyadan amaliy mashg'ulotlar», «Psixika hodisalari haqi
da», «Bolalarda ijobiy va salbiy ertak personajlari haqida tasawurlami shakl
lantirish jarayonini psixologik tadqiq qilish» kabi, V.P. Ivanovaning
«Умственная деятельност учащихся при написании диктанта» (1962),
«Факторы обеспечивающие воспризведение в умственной деятель
ности учашихся» (1977), X. G'ofurovaning xotira va uning xususiyatlari,
umumta’lim maktablarida o'quvchilarda tasawurlarning shakllanishi, ular
ni so'z bilan tasvirlash hamda rasm darslarini ulaming shakllanishiga ta’siri
haqidagi maqolalari, S. Rahimovning «Abu Ali ibn Sinoning psixologik
qarashlari», A. Saydullayevning o'quvchilami fan, texnika, san’at, shaxs-
lararo munosabatlar, xayolning rivojlanishiga bag'ishlangan qator maqola
lari, F. Temurovning o'quvchilami kasbiy qiziqishlarini kasbga yo'nalish,
individul yondoshishi, kasbiy qiziqishlarini aniqlash kabi qator ilmiy maqola
va to'plamlari chop etildi. F. Temurov bilan bir vaqtda faoliyat ko'rsatgan
N. Negmatov ham o'zining ijodiy izlanishlarini tafakkur jarayoniga
bag'ishladi. U tafakkur va uning jarayonlarini tadqiq qilish,
1
-sinfdan boshlab o'quvchilarda umumlashtirish faoliyatning rivojlanishi
bo'yicha longityud tadqiqotlarini amalga oshirdi. Oliy maktabda psixologiya
fanlarini o'qitish masalalariga katta e’tibor berdi.
Q. Turg'unov esa respublikada birinchilardan bo'lib, mehnat psixologiyasi
sohasiga asos soldi. U mehnat jarayonida bilim, ko'nikma va malakalarning
shakllanishini to'qimachilik jarayonida o'rgandi va tajribaga asoslanib,
to'quvchilikning psixologik asoslarini yoritib berdi. Muallif «Развитие
производственных навыков у учащихся» (1963), «Вопросы о понятий
«умение» и «навык» в психологии» (1964), «Анализ маршрутного умения
првдилщитс и проблемы производителности труда» (Экономика и
жизни, 1967 г., №1), «К проблемам умений и навыков» (1964) kabi
ilmiy ishlari chop etildi, ayniqsa, uning «Psixologiya terminlarining ruscha—
o'zbekcha lug'ati» psixologiya fanini o'rganishda muhim ahamiyatga egadir.
M ehnat ta ’limi psixologiyasining rivojlanishida N. Yaxyarov
o'quvchilarda mehnatga bo'lgan ijobiy munosabatlarni shakllantirish ma-
salasida ko'pgina ilmiy maqolalar chop ettirdi.
O'zbekistonda psixologiya fanining taraqqiyotida professor (1985)
M.V. Vohidovning ham o'rni bor. Muallifning asosiy tadqiqot sohasi
o'quvchilam ing o'quv faoliyatida mnemik jarayonlarni o'rganishga
bag'ishlangan edi. Shuningdek, u O'zbekistonda psixologik flkrlaming rivoj
lanishi tarixi, bolalaming psixologik xususiyatlarini keng miqyosda o'rgandi.
O'zining ko'p yillik tajribalariga suyanib, 1981-yili «Psixologiya» darsligini
yaratdi. Bu darslik bolalar psixologiyasi bobida ham hozirgi kunda peda
gogika oliy o'quv yurtlari va pedagogika kolleji talabalarining asosiy
qo'llanmalaridan biridir.
Yosh va pedagogik psixologiya sohasida P.I. Ivanovning shogirdlaridan
biri M. Zufarova «7 yoshli bolalami psixologik tomondan maktab ta’limiga
tayyorlash» masalasini ilmiy tajribalar asosida yoritib bergan. U «6 yoshli
iqtidorli bolalami maktab ta ’limini egallashdagi psixologik imkoniyatlari»,
ularda bilish jarayonlarini shakllanishi xususiyatlari, talabalarni pedagogik
faoliyatga psixologik tayyorlash, pedagogik amaliyot bo'yicha talabalarga
metodik amaliy yordam, «Insonlarda o'z-o'ziga munosabatni tarkib topti-
rish», «Psixologiyadan kurs ishlarini yozishga doir uslubiy ko'rsatmalar»,
«Yosh va pedagogik psixologiyadan laboratoriya mashg'ulotlari va amali
yotda talabalarga uslubiy yordam», «Umumiy psixologiyadan asosiy tu-
shunchalaming tematik izohli lug'ati va o'quv-uslubiy ishlanmalar», «Bolalar
psixologiyasining muammolari», «Pedagogik psixologiya», «Amaliy psixolog
va uning vazifalari» kabi o'quv qo'llanmalarini chop ettirdi. U 100 ga yaqin
ilmiy, uslubiy maqolalar muallifidir.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin O'zbekistonda psixologiya
fanining rivojida keskin burilish yuz berdi. Hozirgi kunda ko'plab fan nom-
zodlari bilan birga fan doktorlari, professorlar faollik ko'rsata boshladilar.
Jumladan, G ‘. Shoumarov (1990-yilda fan doktori, 1993-yili profes
sor) dififerensial psixologiya, ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya, oila psi
xologiyasi, shaxs psixologiyasi, psixodiagnostika, o ‘zbek oilasining ijtimoiiy
psixologik, etnopsixologik xususiyatlari masalasini o‘rganishga katta e’tibor
berdi. Respublikada psixologik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish, yosh va
pedagogik psixologiya, boshqaruv psixologiyasini yoritishga oid darsliklar,
o ‘quv q o'llanm alari, ilmiy-amaliy maqolalar yaratdi. Jum ladan:
«Возможности применения адаптированного варианта методики
Векслера для диагностики задержки психического развития» (Сб.
Научных трудов Н И И Психиотрии М3. РСФСР. М., 1978), «О
проблемах совершествования психологической диагностики в школе»
(В кн.: Психологическая служба в школе. Tallin, 1983), «Влияние
психологических особенности узбекской семи на воспитание молодежи”
1986, “Muhabbat va oila» (Т., Ibn Sino, 1994), «Реализация Национальной
программе по подготовке кадров в Узбекистане», «Sito», (Tokio, 1998),
«Oila psixologiyasi». Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun
o'quv qo'llanma. (Toshkent, Sharq. 2000), «1001 savolga psixologning 1001
javobi» (Т., Mehnat. 2000) va boshqalar.
U 20 ga yaqin fan nomzodi va bir necha fan doktorlari tayyorladi.
E. G'oziyev (1992-yilda psixologiya fanlari doktori, 1994-yilda profes
sor), ta’lim jarayonida o'quvchilar tafakkurining o'sishi, o'quvchilami umum
lashtirish usullariga o'rgatish va ulaming aqliy taraqqiyoti, o'quv faoliyatini
boshqarish, tafakkur, xotira, shaxs, psixologiyasi masalalari, bilish nazariya-
sining psixologik muammolari, komil insonni tarbiyalashning psixologik asoslari
kabi masalalarni yoritishga e’tibor berdi. Uning «O'quvchilar o'quv faoliya
tini boshqarish» (1988), «Oila etikasi va psixologiyasi» (1992), «Psixologiya»
(1999), «Tafakkur», «Xotira», «Shaxs», «Umumiy psixologiya» (psixologiya
mutaxassisligi uchun darslik. I — II kitob. Т., 2002), «Faoliyat va xulq-atvor
motivatsiyasi» (2003), «Psixologiyada mukammal lug'at tuzish xususiyat
lari» (2005) nomli qo'llanmalari ko'p sonli talabalaming asosiy o'quv
qo'llanmasi bo'lib xizmat qilmoqda.
R.Z.Gaynutdinov (1992-yilda psixologiya fanlari doktori, 1997-yildan
professor) «Психология управления в органах внутренних дел» (o'quv
qo'llanma, 2001), «Психологические особенности несовершеннолетних
и их учет при допросе» (Т., 2000), «Самосознание и саморегуляции
учителя» (o'quv metodik qo'llanma, 1991), «Учителью о психологии
воспитания» (1994) kabi ko'plab dolzarb muammolariga bag'ishlangan
ilmiy, uslubiy maqolalar chop ettirdi.
Shuningdek, psixologiya fanlari doktori (1992), professor (1996)
A.Tokareva ilmiy-pedagogik faoliyati davomida shaxsni axloqiy rivojlanishi
masalalari, turli xil yosh davrlarda shaxs axloqiy qobiliyatlarining shaklla
nishi asoslari, komandalik taktiga mutaxassislami tayyorlash jarayonini op-
timallashtirishning psixologik-pedagogik tomonlariga bag'ishlangan ilmiy
tadqiqot ishlarini olib bordi va bu sohada ko'pgina ilmiy maqola va
qo'llanmalar nashr qilindi.
O'zbek xalqining xotin-qizlari ichida birinchi marta psixologiya fanlari
doktori (1994) ilmiy darajasini olgan farg'onalik ayol V. Karimova ham
O'zbekistonda psixologiya fanining ravnaqiga katta hissa qo'shmoqda. Uning
ilmiy-tadqiqot yo'nalishida etnopsixologik g'oyalar katta o'rin oldi. U o'zbek
xalqining milliy ana’analari, qadriyatlari, rasm-rusumlari psixologiyasi, o'zbek
ayolining ijtimoiy mavqeini oshirish, ulami keng xalq ommasiga singdirish
bo'yicha ilmiy ishlarni amalga oshirmoqda. Uning yangi o'quv dasturlari,
darsliklari, o'quv qo'llanmalami qayta ko'rib chiqish va milliy istiqlol maf
kurasi konsepsiyasini ishlab chiqishdagi, oila va mahalla tizimidagi g'oyalami
xalq ongiga singdirish haqidagi izlanishlari maqsadga muvofiqdir.
Olimaning «O'zbek ayoli shaxsining shakllanishi» (1986), «Ijtimoiy psi
xologiya va ijtimoiy amaliyot» (1999), «Tashkiliy xulq» (1999), «Mustaqil
fikrlash» (2000), «Psixologiya» (2000), «Salomatlik psixologiyasi» kabi o'quv
qo'llanmalaridan pedagogika oliygohlarining o'qituvchi va talabalari keng
foydalanmoqdalar.
Iste’dodli psixolog B.R. Qodirov (psixologiya fanlari doktori, profes
sor) o'zining ijodiy faoliyatini iqtidorli yoshlarni o'rganishga bag'ishladi. U
differensial psixologiya sohasida yoshlaming individual xususiyatlarini
o'igandi. Yoshlarda ijtimoiy qiymatga ega bo'lgan o'quvchilaming faoliyat
yo'nalishlari, layoqat va birlamchi qobiliyatlarining miya mexanizmlari
o'rganildi. Yoshlarni u yoki bu ijtimoiy faoliyat yo'nalishlarini tanlashlari
elektroensefalografik usullar bilan neyrofiziologik jihatlari tadqiq qilindi.
Olingan ma’lumotlar miya faoliyatida kasb tanlash, kasbga moyillik va la
yoqat turlarini ta’minlab turadigan muqobil neyrofiziologik xislatlar bor
ligini isbot etdi. Zehn testlari majmuasi shakllantirildi.
Z. Qodirova (2001-yilda fan doktori) yoshlaming ijtimoiy faolligini,
ulami ijtimoiy muhitga moslashuvini tezlashtiruvchi omillar va ulami daraja
tuzilmasini aniqlash, faollikning rolini talqin qilish, ya’ni jamiyat yaratish-
da yoshlaming ijtimoiylashuvi jarayonidagi faollik, shaxs ichki dunyosi
muammolarining ijtimoiiy-falsafiy jihatlarini tadqiq qilish masalalari bo'yicha
faollik ko'rsatmoqda.
Yuqoridagi fikriardan shunday xulosa qilish mumkinki, ya’ni psixologiya
fani O'zbekistonda XX asming ikkinchi yarmidan boshlab turli jabhalarda
rivojlandi. Psixologiyaning turli sohalari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib
borildi. O'zbekiston Respublikasi psixologlar assotsiatsiyasi tashkil topdi.
Hali psixologiya fanining turli sohalarida yoritilmagan, yetarli ilmiy
jihatdan o'rganilmagan muampiolar juda ko'p. Ularni o'rganish respub
likamiz psixologlarining asosiy vazifalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |