sharoitlaridagi kishilarning har xil his-tuyg'ulari, odatlari, intilishlari, xa
rakter xislatlarini o'rganadigan fandir.
da paydo bo'lgan.
Bizda ijtimoiy psixologiya masalalarini hal qilishga bo'lgan ehtiyoj,
ayniqsa, so'nggi yillarda kuchaydi.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy psixologiya oldiga bir qancha muhim vazi
falar qo'yilgan. Awalo, ijtimoiy psixologiyaning o'rganish predmetini tashkil
qiluvchi ijtimoiy hodisalar guruhini aniqlamoq, ijtimoiy psixologik hodi
salami aks ettirgan tushunchalar va tegishli terminlami belgilamoq kerak;
«ijtimoiy psixologiya» fanining o'ziga ta ’rif bermoq kerak, uning aha
miyati va vazifalarini aniqlamoq kerak.
Ijtimoiy psixologiyaning predmeti va vazifalarini burjua psixologlari va
sobiq sovet psixologlari tomonidan tushunishdagi farqni bilib olmoq zarur.
Psixologlarning vazifasi ijtimoiy psixologiyaning boshqa psixologiya so
halari bilan, awalo, umumiy psixologiya bilan, shuningdek, bolalar psi
xologiyasi va pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi, sud psixologiyasi,
harbiy psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, san’at psixologiyasi kabilar bilan
bo'lgan aloqasi va o'zaro munosabatlarini aniqlashdan iboratdir. Ijtimoiy
psixologiyaning dalillari umumiy psixologiyaning ayrim masalalarini — his
siyot psixologiyasining, ijod psixologiyasining, shaxsning, uning xarakteri,
qobiliyatlari, qiziqishlari, dunyoqarashlari va e’tiqodlari kabi masalalarini hal
qilish uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini aniqlamoq kerak.
Eng muhim vazifalardan biri ijtimoiy psixologiyaning ijtimoiy tarixiy
faniar, awalo, sotsiologiya bilan o'zaro munosabati haqidagi masalalarni
hal qilishdan iboratdir. Sotsiologiya — bu tarixiy materializm, ya’ni jamiyat
va uning taraqqiyoti haqidagi fandir. Psixologlar bu muammoni hal qilish
bilan shuning uchun ham shug'ullanmoqlari kerakki, ko'pchilik psixologlar
sotsiologiyani ijtimoiy psixologiya bilan tenglashtirib qo'yadilar. Shuningdek,
ijtimoiy psixologiya va uning dalillari etika va estetika masalalarini hal
qilish uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatmoq kerak.
Aholining va uning alohida guruhlarining o'zgarib va o'sib turadigan
ijtimoiy ehtiyojlarini o'rganish ham ijtimoiy psixologiya doirasiga kiradi.
Bunday o'rganish xo'jalik hamda madaniy-oqartuv tadbirlarini samarali
rejalashtirish va o'tkazish uchun zarurdir.
Ijtimoiy kayfiyatlarni, ulaming paydo bo'lish sabablarini, kuchini (ma
salan, umumiy ruhlanishni), barqarorligini, har xil kayfiyatlaming jam oa
ning va ayrim kishilarning mehnat va ijod faoliyatiga ta ’sirini, ularning
o'zaro munosabatiga ta’sirini o'rganish ham ijtimoiy-psixologik tekshirish-
larning vazifasiga kiradi.
Madaniy-oqartuv tadbirlar — matbuot, radio va televideniye, san’at va
adabiyotning har xil turlarining ta’sirida ayrim guruhlar va jamoa psixikasida
hosil bo'lgan o'zgarishlar haqidagi masalalarni ham ijtimoiy psixologiyaning
vazifalariga kiritish mumkin. Maishiy sharoit va mehnat sharoitidagi o'zgarishlar
kishilar psixikasiga qanday ta'sir ko'rsatishini o'rganish ham muhimdir.
Alohida mehnat jamoalarining (masalan, korxona, tashkilotlar va
qishloq xo‘jalik shirkatlarining) ayrim a’zolari psixikasiga, ulaming mehnat
unumdorligiga ta ’sir qilish haqidagi, novator, ratsionalizatorlar va kashfi-
yotchilaming mehnat unumdorligiga ta ’siri haqidagi masala ham ijtimoiy
psixologiyaning muammolaridan biridir. Shu munosabat bilan jamoa hayot
va mehnatda, ibrat va namunaning roli «ongsiz» (g'ayriixtiyoriy) ongli
deb atalgan taqlid haqidagi masalani ham aniqlamoq kerak.
Ijtimoiy-psixologik hodisalami tekshirish metodlarini ishlab chiqish
ham juda muhim ahamiyatga egadir. Bunda umumpsixologik metodlami
— kuzatish, individual va jamoa eksperiment, suhbat va anketa metod
larini qanday xususiyatlar bilan qo'llamoq kerak, degan masalani hal qil
moq lozim. Hozirgi vaqtda sotsiologlar tomonidan qo‘llanilayotgan yangi
metodlar, ya’ni sotsiometriya metodi, qarama-qarshi profillar metodi ka-
bilarni aniq tekshirmoq va aniqlamoq zarur.
Uyushgan jamoada (masalan, partiya tashkilotlari, o‘quv sinfi, mehnat
brigadalari) va uyushmagan jamoa (masalan, olomon)da namoyon bo‘ladigan
psixik jarayonlarni tekshirish xususiyatlarini ko‘zda tutmoq kerak.
Ijtimoiy psixologlarining ijtimoiy psixik hodisalami: hislarni, kayfiyat-
larni, faoliyat motivlarini va boshqalami o‘rganishdagi asosiy vazifasi va bu
hodisalaming paydo bo'lish va shakllanish qonunlarining, obyektiv omil-
larining, ijtimoiy-iqtisodiy tabiatini tahlil qilishdan iborat bo'lmog'i kerak.
* * *
Psixologiya fanining har bir tarmog'i o'zining nazariy va amaliy m a
salalarini ishlab chiqar ekan, ayni vaqtda, umumiy psixologiya predmetining
umumnazariy muammolarini chuqur hal qilishga ham yordam beradi.
Biroq umumiy psixologiya faqat psixologiya tarmoqlarining erishgan
yutuqlarini umumlashtiribgina qolmasdan, balki uning o'zining dolzarb
tekshirish vazifalari ham bor, bu vazifalarning maqsadi psixik hayot ho-
disalarining umumiy qonuniyatlarini ochishdan iboratdir.
Bu qonuniyatlami bilish, o'z navbatida, ayrim psixologiya tarmoqla
rining vazifalarini tashkil qiluvchi muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish
uchun tayanch va shart-sharoit bo'lib xizmat qiladi.
Inson kuchlarining ulkan imkoniyatlari namoyon bo'lganligi va
bo'layotganligi inson qobiliyatlari va talantining rivojlanishi ijtimoiy h a
yot shakllariga bog'liq ekanligini, har bir inson ma’naviy kuchlarining
namoyon bo'lishi uchun cheksiz imkoniyatlar yaratayotganligi yana bir
marta isbotlamog'i kerak.
Shuning uchun ham bizning psixologiyamizda jamiyatning taraqqiyo
tiga va ayrim kishilar individual xususiyatlarining shakllanishiga qanday
ta ’sir etadi, degan masalalarni o'rganishga ham e’tibor berilmog'i kerak.
Bu masalalarni hal qilishda psixologiyamizda kishilarning yuksak ma’naviy
sifatlarini shakllanishida xalqimizning ma’naviy-siyosiy birligi, maktabning
tarbiyaviy ishlari mamlakatimizda shaxsning har tomonlama rivojlanishining
boy imkoniyatlari haqidagi masalalar asosiy o'rin olmog'i kerak.