0
‘qitish va tarbiyalash borasidagi o‘z ish
larini zo‘r zavq-shavq va mamnuniyat bilan,
0
‘zlarining ma’naviy burch-
larini yaxshi anglab bajaradilar.
Maktabda o‘qiyotgan har bir bola ham, har bir talaba ham o‘z ma’naviy
burchini va o'zining ijtimoiy vazifasini bajarayotganligini his qilib, mam-
nun boMadi.
Bajarilayotgan va bajarilgan ma’naviy burchni anglashning o‘zi tetik-
lik va xursandlik hissini, o‘z kuchlariga ishonch hissini, yuksak optimizm
hissini tug'diradi. Kishilardagi optimizm real go'zal kelajak uchun xur
sandlik hissidir. Ma’naviy his mustaqil jamiyat ko‘rayotgan, butun dunyoda
tinchlik uchun kurashchi boMgan va bu bilan yuksak vazifani bajarayot-
gan fuqaroning shon va sharaf hissidir. Barcha ma’naviy hislar kabi, mehnat
faoliyatida namoyon boMayotgan hislar ham iroda bilan chambarchas
bogMangan boMib, kishining ma’naviy xislatlarini belgilab beradi.
Ma’naviy burch hissi kishining boshqa odamlarga munosabatini ifoda-
laydigan boshqa emotsional hislarning ham doimiy tarkibiy qismidir, bu
munosabat insonparvarlik hissida, o‘rtoqlik va do'stlik hissida ifodalanadi.
Uyalish va vijdon hissi. Axloq normalarining buzilishi, axloqiy burch-
ning, jamiyat oldidagi vazifalaming bajarilmay qolishi, berilgan biror
va’daning ustidan chiqmaslik yoki jindak yolg‘on gapirib qo‘yish kishida,
odatda, uyalish va vijdon azobi singari hislar tugMlishiga sabab boMadi.
Kishida uyalish hissi paydo boMganida u o'zida alohida o‘ng‘aysizlik,
bezovtalik va yuzi shuvutlik sezadi. Uyalib xijolat tortayotgan kishi boshqa
odamlar bilan uchrashganida (ba’zan yakka o'zi qolganida ham) uning
axloqiy qoidalarni buzganligidan xabardor boMgan odamlarning ko'ziga
tikilib qaray olmaydi, qizaradi.
Muayyan ijtimoiy muhitda yo'l qo'yib boMmaydi, deb hisoblangan ha
rakatlar va qiliqlami qilib qo'ygan kishida uyalish, xijolat hissi paydo boMadi.
Masalan, jamiyatda qaror topgan qoidalarni, turmushdagi odatlarni buza-
digan xatti-harakatlar va qiliqlar kishini mana shunday uyaltiradi.
Kishi biron nojo'ya xatti-harakat va qiliqlami qilmasdan oldin ham
uyalishi mumkin, kishi biron nojo'ya ish qilishga qaror bergan zamonoq
va axloqqa xilof qilib qo'yishi mumkinligini hatto xayoliga keltirganida
ham uyalib, qizarishi mumkin. Bunda, albatta xayolning katta ahamiyati
bor, chunki kishi o'zi qilmoqchi boMgan xatti-harakat va qiliqni hamda
uning oqibatlarini, jumladan, tevarak-atrofdagi kishilarning bu qiliqni
yomon ko'z bilan qarab ta’na qilishlarini o'z xayolida yorqin tasawur
qiladi. Bunday bolalarda uyalish hissi kishining ma’naviy sezgirligini
kuchaytirishi va uni shunday axloqqa xilof ishlar qilishdan tiyishi mumkin.
Odamning ma’naviy sezgirligi vijdon hissida. ayniqsa, yorqin namo-
yon boMadi. Vijdon hissi, vijdon «azobi» uyatning, kishi o'zining nohaq
ekanligini anglaganligining, o'z niyati va qilayotgan nojo'ya harakati uchun
ayrim kishilar oldidagi, jamiyat oldidagi mas’uliyatni anglaganligining eng
kuchli ko'rinishidir.
Kishi axloqiy qoidalarni buzganini boshqalar ko'rmagan bo'lsa ham,
boshqa kishilar shu kishining axloqqa xilof biror nojo'ya harakat qilgani
haqida, hatto shubhalanmagan bo'lsa ham, lekin shunday hollarda ham
kishi vijdonan siqilib, hayajonlanib turadi.
Vijdon hissining barqarorligi, uzoq davom qilishi bu hisning o'ziga
xos xususiyatidir.
Odatda, kishi o'zining axloqqa xilof ravishda qilib qo'ygan nojo'ya
harakati keltiigan oqibatlarni tuzatmaguncha ko'ngli sira tinchimaydi.
Vijdon azobi kishining yuragida chuqur ichki kurash hissini tug'diradi.
Kishining yomon bir ish qilib qo'yganini, bu qilmishning unga munosib
emasligini anglashi, bir tomondan, «vijdonini qiynaydi», «vijdon azobiga
soladi», kishi «afsus yeb», pushaymon qiladi, ikkinchi tomondan, u axloq
talablariga xilof ish qilish bilan odamlardan malomatga qolishini, ularda
o'ziga nisbatan salbiy hislar tug'ilishini ham anglaydi.
Kishining o'z qilmishlarining axloqiy tamoyillarga zid emasligini, balki
haq va to'g'riligini anglashi, ya’ni «vijdoni pokligini» anglashi unda o'zidan
xursandlik hissini tug'diradi.
Kishi axloqiy tamoyillar sig'diradigan xatti-harakat qilayotganida o'z
irodasining kuchi bilan va shu irodani ishga solib, o'zini axloqqa xilof ish
qilishdan tiyadi, ko'nglida tug'ilgan yomonlik mayllarini bostiradi. Ana
shunday hollarda kishining o'zini bu tariqa tiyishi vijdoniga ham «ma’qul
tushadi», kishida vijdoniy «tinchlanish» hissi, o'z-o'zidan mamnun bo'lish
hissi tug'iladi.
Kishining biron yomon ish qilib qo'yib vijdon azobiga tushishi va
vijdon azobi kishiga qanday ta’sir qilishini ko'rsatuvchi bir misol kelti-
ramiz. IX sinf o'quvchisi Holiqnazarova Fotima degan qiz «Tong yuldu
zi» gazetasiga o'zi haqida quyidagilarni yozgan: «Men oltinchi sinfda
o'qiyotgan vaqtimda algebradan juda qiynaldim. Nazorat ishi berilgan
vaqtda bitta ham misolni yecha olmas edim, shu sababli ikki baho olmas
lik uchun daftarimni o'qituvchiga topshirmadini.
Men, o'qituvchi bu daftarni o'zim yo'qotib qo'ygandirman, deb o'ylasa
kerak, degan xayolda edim. Uyga qaytgandan keyin bu qilmishimni juda
ko'p o'yladim. Boshimga og'ir o'ylar keldi. Dardimni birovga ayta ol-
masligim qilgan ishimning alamini tag'in ham kuchaytirib yubordi, chunki
mening bu ishimni hech kim ma’qullamasligini bilar edim. O'qituvchini
aldaganim uchun o'zimdan-o'zim uyaldim va o'qituvchiga bu voqeani
boshdan-oxir aytib bermagunimcha bu azobdan qutulmasligimni tushun-
dim. 0 ‘zimga har qancha og‘ir boMsa ham, aybimga iqror boMdim.
0 ‘qituvchi garchi men bilan qattiq gaplashgan bo‘lsa ham, lekin, har
holda, men yengil tortdim. Keyinchalik, algebra mening eng sevimli fan-
larimdan biri bo‘lib qoldi.
Men shu narsani yaxshi tushunib oldimki, burch hissi, vijdoning nimani
aytsa, turmushda hamisha shunday qilish kerak».
Vijdon — nima narsaning yaxshi va nima narsaning yomon ekanligini
aytib, baho berib turadigan ichki «ovozdir». Shu «ovozning» mavjudligi
kishi ijtimoiy-axloqiy normalarni o‘z talablari tariqasida, shaxsiy xatti-
harakat normalari tariqasida his qilayotganligini ko‘rsatadi. Odamda uya
lish va vijdon hissi boMmasligi yoki susayib ketishi uni pastkash qilib
qo'yadi. Shu sababli, biron kishiga «sen vijdonsiz», «uyating ham yo‘q»,
«vijdoning ham yo‘q» deb aytish uning odamlik qadr-qimmatini yerga
urish boMadi, bu gap unga haqorat boMib tushadi.
Agar kishi o‘z xatti-harakatida axloq tamoyillariga amal qilmasa, agar
uning uyati ham, vijdoni ham yo‘q boMsa, bunday kishi haqiqatan ham
odamgarchiligi qolmagan kishi boMadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |