P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


V II.  M A ’NAVIY  H IS S IY O T L A R



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

V II.  M A ’NAVIY  H IS S IY O T L A R

Odamlar o'zlari yashab turgan jamiyat  tomonidan  qabul  qilingan  ax­

loqiy  tamoyillarni  ado  etishlari  yoki  buzishlari  sababli  odamlarda  paydo 

bo'ladigan  hislar ma’naviy  yoki  axloqiy hislar deb ataladi.  Bu  tamoyillar, 

shuningdek,  odat  qatoriga  kirib  qolgan  axloqiy  normalar va  qoidalar  ni­

malarni  «yaxshi» va «yomon»,  nimalarni  «adolatli» va  «adolatsiz»,  nima­

ni  «haq»  va  «nohaq»  deb  hisoblash  kerakligini  belgilab beradi.



Odamlarning axloqiy qoidalariga va qarashlariga muvofiq boMgan ha­

rakatlari va  qiliqlari  ma’naviy,  axloqiy harakatlar va qiliqlar deb hisobla­

nadi, shu axloqiy qoidalarga va qarashlarga to‘g‘ri kelmagan, shu qoidalar 

va qarashlarni  buzadigan  harakatlar esa axloqqa to'g'ri  kelmaydigan  ha­

rakatlar yoki  axloqsizlik deb  hisoblanadi.

Ma’naviy hislar axloqiy ongning eng umumiy fundamental (asos) qism- 

laridandir.  Ular jamiyatda  mavjud axloqiy munosabatlar,  tasawur va qa- 

rashlaming  muhim,  ijtimoiy mohiyatli jihatlarini  o‘zida  aks  ettiradi.

Axloq tushunchalarida elat,  millat, jamiyat axloqining tarixi, bugungi 

holati  va  uning  kelajak  yo'nalishlari  ham  o‘z  ifodasini  topadi.  Axloq- 

odob  qoidalari,  urf-odatlar dunyoning  turli  xalqlarida turlicha bo'lishiga 

qaramay, axloq tushunchalarini tushunishda umumiylik bor. Buning sababi 

shundaki, axloq tushunchalarida insoniyat axloqining mushtarak mohiyati, 

mag‘zi  bo'lgan  insoniylik  aks etadi.  Shunga  ko'ra,  axloq tushunchalarini 

umuminsoniy axloqiy qadriyatlar deyish  mumkin.  Ular jamiyat  insoniyat 

kamoloti  ehtiyojlarini  ifodalab, jamiyatda  real,  mavjud  axloqiy  munosa­

batlar va tasawurlardan  yuqoriroq  turadi  va  aynan  shu  xususiyat  tufayli 

axloqiy  ideal  vazifasini  bajaradi,  har bir insonni, jamiyatni  axloqiy  yuk- 

salishga  undaydi.

Jamiyatning  axloqiy  yuksalishi  insoniyatning  manfaatlarini  va  ideal- 

larini  ifodalaydi.

Axloq voqelikning eng umumiy hodisalarini ifodalovchi ilmiy tushun­

cha hamdir.  Chunki u obyektiv reallik,  ijtimoiy bog'liq ifodasidir. Axloq 

kategoriyalari  mavjud  ijtimoiy-tarixiy  sharoit,  insonlarning  manfaat  va 

ehtiyojlaridan  ajralib  qolsa,  ular  mavhum  kuch,  xayoliy orzu-istaklarga 

aylanib  qoladi.  (Masalan:  adolat,  burch,  va  h.k.)  Amaliyot  uchun,  kun­

dalik  hayot  uchun  foydasi  bo'lmaydi.  Axloqiy  ongning  axloqiy tushun- 

chalari  ham  bo'lib,  ular  kundalik  hayotda  kishilar  xulqini  baholash, 

boshqarishda ishlatiladi.  Ularni  axloqning «ishchi tushunchalari» deyish 

mumkin.  Masalan:  ehson,  ezgulik,  saxovat,  sadoqat,  hayo,  vafo,  oliy- 

janoblik  va  h.k.  axloq  kategoriyalari  jamiyat  axloqining  eng  yuksak, 

umumiy  ifodasi  bo'lsa,  axloqning  «ishchi  tushunchalari»  kategoriyala- 

rining  mazmunini  ochuvchi,  aniqlashtiruvchi  yo'ldosh  shakllardir.  Ma­

salan:  yaxshilik  kategoriya  bo'lsa,  ehson,  rahm-shafqat,'saxiylik  uning 

aniq  ifodalari,  ko'rinishlaridir.  Demak,  axloq  kategoriyalari  — axloqiy 

ongning birlamchi tushunchalaridir. Axloq kategoriyalari — axloqiy ong­

ning  mujassam  tushunchalaridir.  Axloq  talablarini  bajarish  kishilarning 

burchidir.  Tashqi  majburiyat  yoki  buyruq  sababli  bajariladigan  vazifa 

emas,  balki,  awalo  har  bir  insonni  jamiyat  oldidagi  va  o'zi  oldidagi 

axloqiy  mas’uliyat  sababli  bajarilishi  lozim  bo'lgan  vazifadir.  Dilga jo 

bo'lgan  ma’naviy  e’tiqodlar  ta’siri  ostidagina  qilinadigan  harakatlar



ma’naviy burchning oliy ko'rinishidir, bunday holda mana shunday ha­

rakatlar qilish  kishi  uchun  ma’naviy  ehtiyoj  bo‘lib  qoladi.

Axloq tamoyillarini yoki ayrim qoidalami bajarish yoki buzish odam­

larda xilma-xil  axloqiy hislar vujudga keltiradi.  Odamning boshqa odam- 

larga  munosabati,  mehnatga  munosabati,  ayni  vaqtda  o‘z-o‘ziga  ham 

munosabati  ana shu  hislarda  ifodalanadi.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish