KO‘R DOG‘NI TOPISH USULI
Ko‘r dog‘ni topish uchun rasm ko'zdan 25 — 30
sm
uzoqlikka qo‘yiladi,
o'ng ko'zni yumib, chap ko'z bilan rasmning o'ng tomonida turgan doira-
gacha qaraladi. Suratni oldinga va orqaga dam-badam surib, shunday
masofaga keltiriladiki, bunday masofada rasmdagi krestcha shakli ko'rinmay
qoladi. Buning sababi shuki, krestchadan kelayotgan nur ko'zning ko'r
dog'iga tushib qoladi.
Agar chap ko'zni berkitib, o'ng ko'z bilan krestchaga qaralsa, doiracha
ko'rinmay qoladi. Tajriba vaqtida ko'zni chalg'itmaslik kerak, chunki
ko'zning salgina chalg'ishi ham ko'r dog' harakatini o'zgartiradi, ko'z
soqqasidan chiqadigan ko'ruv nervining tolalari yarim sharlardan o'tib,
bosh miyaning ensa bo'lagiga boradi - bosh miya po'stining ko'ruv markaz
lari ham shu yerdadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |