chuqur tafakkur
deyiladi.
Tafakkurning mazmundorligi (boyligi va chuqurligi) odamning faoli-
yatiga, bilimiga va tajribasiga, odamda xayolning qay darajada rivojlan-
ganligiga va odamda qiziqish, havaslarning borligiga bog'liqdir.
Tafakkurning mazmundorligi va chuqurligi uning kengligi bilan cham
barchas bog'langan, voqelikning eng ko'p sohalarini o'z ichiga olgan,
hozirgi vaqti, uzoq o'tmishni va uzoq kelajakni o'z ichiga olgan tafakkur
ni biz keng tafakkur deb hisoblaymiz. Tafakkuri keng bo'lgan kishilami
odatda biz aqli keng, saviyasi baland va nazar doirasi keng kishilar deb,
xilma-xil ma’lumotli kishilar deb ataymiz. Keng tafakkur ba’zan unchalik
chuqur bo'lmasligi, yuzaki bo'lishi mumkin. Shunday odamlar ham
bo'ladiki, ular hamma narsa to'g'risida fikr yuritaveradilar, lekin ularning
muhokamalarida kundalik tajribadan har bir kishiga ma’lum bo'lgan narsa
larga nisbatan yangilik juda kam bo'ladi.
Voqelikning asosan biror kichik (tor) qismini o'z ichiga olgan tafakkur
tor tafakkur deb ataladi. Tor tafakkur ham mazmuni, hatto chuqur bo'lishi
mumkin. Bunday tafakkur biror «tor ixtisos» ga ega mutaxassislarda uchray
di. Lekin tor tafakkur ba’zan o'z mazmuni jihatidan ayni bir vaqtda no-
chor, mayda va yuzaki bo'ladi.
Fikrning kengligi ham odamning tajribasiga va bilimiga hamda shu-
larga bog'liq bo'lgan qiziqish-havaslariga ham bog'liqdir.
Tafakkur o'zining mustaqilligi jihatidan turlicha bo'lishi mumkin:
tafakkur mustaqil va nomustaqil bo'lishi mumkin.
Odam yangi vazifalarni qo'yishda o'zi tashabbus ko'rsatib, shu vazi
falarni boshqa odamlarning yordamisiz, o'zining alohida yo'llari bilan hal
qilaversa, shu odamning tafakkuri mustaqil tafakkur bo'ladi. Jumladan,
tafakkurdagi mustaqillik aqlning sertashabbus bo'lishida, pishiq bo'lishida
va tanqidiy fikr yuritishida ifodalanadi.
Aqlning sertashabbusligi yangi, o'zining masala va vazifalarini o'zi
qo'yishda hamda shu vazifalarni hal qilish uchun o'zining yo'llari va
vositalarini o'zi qidirishga va topishga intilishda ifodalanadi.
Biror ijtimoiy foydali nazariy va amaliy vazifalarni jamoa bo'lib hal
etishda faol ishtirok etgan odamning ham tafakkur qilishida mustaqillik
namoyon bo'ladi.
Aqlning pishiqligi vazifalarni hal qilishdagi odat qatoriga kirgan,
shablon bo'lib qolgan (ko'pincha, eskirib qolgan) usullardan xoli bo'la
bilishda, vazifalarni hal qilishning yangi usullarini tez topa olishda
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |