VI. TAFAKKUR VA BOSHQA PSIXIK JARAYONLAR
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda voqe bo'lmaydi,
balki, aksincha, tafakkur idrok bilan, xotira bilan, xayol va nutq bilan diqqat,
his, iroda bilan chambarchas bog'langandir. Tafakkur qanchalik murakkab
bo'lsa, unda boshqa psixik jarayonlar shunchalik ko'p joy oladi.
Ayrim psixik jarayonlarning tafakkurdagi ahamiyati, jumladan, qu-
yidagilardan iboratdir.
Biz idrok qilayotgan voqelik, biz turgan vaziyat tafakkurning birinchi
va doimiy mavzuidir. Idrok qilish chog'ida turli savollar paydo bo'ladi,
savollar esa tafakkur faoliyatini yanada davom ettiradi. Bizning birinchi
fikrlarimiz, birinchi muhokamalarimiz idrok qilinayotgan narsalar
to'g'risidagi muhokamalardir. Ba’zan odam hatto abstrakt masalalarni
hal qilish paytida ham narsalarni bevosita idrok qilishga yoki shu narsalar
to'g'risidagi tasawurlariga murojaat qiladi va bunday qilish ish uchun
katta foyda keltiradi.
Biroq, odamning tafakkuri faqat idrok doirasidagina sodir bo'lib qol
maydi. Odam o'zi idrok qilayotgan narsalar to'g'risida ham o'zidagi tajriba-
ga tayanib, mavjud tasawurlarga tayanib, fikr qiladi.
Shu sababli tafakkur jarayonlarida xotiraning faoliyati, jumladan, esga
tushirish jarayoni katta o'rin oladi.
Xotira tasawurlari, shuningdek, ilgari o'zlashtirib olingan fikrlar va bilim
lar shunday materialdirki, tafakkur jarayonlari shu material yordamida voqe
bo'ladi. Biz eslab qolgan va tasawur qilgan voqelik, shuningdek, biz idrok
qilayotgan voqelik tafakkurimizning mavzui bo'lib xizmat qiladi.
Turli tasawur, fikrlarni esga tushirish va to'qnashtirish jarayonida yangi
savollar paydo bo'ladi va tafakkurning yangi jarayoni tug'iladi.
Qo'yilgan savollarga odatda xotiramizga murojaat qilib javob qidiramiz
va shu javoblarni topamiz. O'zlashtirib olingan qoidalar, usullar, sxema-
lar turli vazifalarni yechishda katta ahamiyatga ega va ayni vaqtda tafakkur
jarayonlarida esga tushadi.
Ilgari hosil bo'lgan muvaqqat bog'lanishlar - assotsiatsiyalar tafakkur
jarayonlarida katta rol o'ynaydilar. Xotirada mustahkamlanib qolgan tajriba
www.ziyouz.com kutubxonasi
va bilimlar odam tafakkurining mazmunli va samarali bo'lishini hiyla
darajada belgilaydilar. Tafakkur jarayonlarida xayol (fantaziya) katta o'rinni
oladi. Tafakkur uchun kerakli aniq obrazli material xotiradan olinga-
nidek, fantaziyadan ham olinadi. Bu xayol obrazlaridir. Masalan, kelajakka
qaratilgan tafakkur jarayonlari xayol yaratib berayotgan obrazlarga taya
nadi. Bizning ko'pgina tushunchalarimiz ham xayol yaratib bergan tasav-
vurlarga tayanadi. Xayol faoliyati, masalan, umumlashtirish, taxmin qi
lish, faraz (gipoteza), abstraksiyalash singari fikrlash operatsiyalarida
namoyon bo'ladi. Shu jarayonlarning hammasi xayolning ishtirokisiz
ro'yobga chiqmagan bo'lur edi.
Xayol tafakkurning kengligiga va sermahsul bo'lishiga ta’sir qiladi,
tafakkurga ijodiy va original tus beradi. Xayol qilish qobiliyati sust rivoj
langan kishilarda, tafakkur ularning o'zlarida bo'lgan tajriba va bilimlar
doirasida voqe bo'ladi. Bu tafakkur atrofdagi narsalarga «yopishib qol-
ganligi», kam mahsulligi, o'zining original bo'lmasligi va biron nimani
ixtiro qilmasligi bilan farq qiladi, ko'pincha yuzaki va mayda-chuyda
narsalar to'g'risida fikr yuritish bilan cheklanadi. Shu sababli, keng, kuchli
va real fantaziyani rivojlantirish keng, mazmunli, original va ijodiy tafakkur
ni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biridir.
Diqqat fikrlash faoliyatining zarur shartidir.
Tafakkur jarayonlarining birligi, barqarorligi va batartibligi diqqatga
bog'liqdir. Har bir fikrlash operatsiyasi faqat diqqat bo'lganidagina ro'yobga
chiqadi. Diqqat sust, zaif bo'lganida fikrlash jarayoni sekinlashadi yoki
to'xtalib qoladi. Agar diqqat zaif bo'lsa, fikrlash tez uziladi, o'zining ipini
yo'qotib qo'yadi, chalg'iydi. Odamning diqqati uzoq vaqt davomida muay
yan vazifaga qaratilgan taqdirdagina va diqqat o'zgarib turuvchi va shu
maqsadni hal qilishga olib keluvchi ko'pgina muhokamalar, tushunchalar
va tasawurlar ustida o'z ichiga to'planib turganidagina, murakkab tafakkur
jarayoni ro'yobga chiqadi.
Ba’zan, ayrim o'quvchilar matematik amallarni yechishni bilmagan-
liklari yoki bunga o'quvlari bo'lmaganligi natijasida emas, balki ularning
diqqati yetarli ravishda kuchli, barqaror, keng ravishda rivojlanmaganligi
natijasida bir necha amaldan iborat bo'lgan ba’zi matematik masalalarni
yecholmay qoladilar. Shu sababli tafakkurni rivojlantirish kuchli va barqaror
diqqatni tarbiyalashga ko'p jihatdan bog'liqdir.
Tafakkur
Do'stlaringiz bilan baham: |