doklning ta’limotiga ko'ra, dunyodagi narsa va hodisalaming turli-tuman-
ligi shu to'rtala elementning birikishi bilan izohlanadi. Shu to'rt element
haqidagi ta’limot inson haqidagi ta’limotda ham o'z ifodasini topgan. Gip-
pokratning (460—356) temperamentlar haqidagi ta’limoti bunga misoldir.
Demokrit
Demokrit (b.e.a. 460—370) o'z ustozi Levkippning (b.e.a. 500—440)
qarashlarini rivojlantirib, dunyoning asosida tabiatning qandaydir bitta
yoki bir qancha stixiyasi emas, balki bitta manba yotadi, olov ham, suv
ham, tuproq ham, havo ham, dunyodagi barcha turli-tuman narsa va
hodisalar ham shu manbadan paydo bo'ladi, degan ta’limotni ilgari surdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |