dillik ko‘rsatishi mumkin. Lekin kishining hayoti va faoliyatida ayrim
rakter xususiyatlari boMa olmaydi. Biz kishi xarakterini ta’riflamoqchi
so‘z, mardlik, to‘g‘rilik, sofdillik shu odamga xos fazilat, uning xarakter
xislati degan so'zdirki, tegishli paytda mardlik, rostgo‘ylik, sofdillik
kishining xarakter xususiyatini bilsak, bu odamning tegishli paytda qan
day xatti-harakat ko‘rsatishni oldindan to'g'ri taxmin qila yoki ayta olamiz.
o‘zgargan. Sinfiy jamiyatda xarakterning ham sinfiy xislatlari tarkib top
da turlicha baholanadi: bir ijtimoiy sinf, bir tarixiy davr uchun ijobiy
sinflarga xos bo'lgan ko'p xarakter xislatlari qaytadan tarbiyalanadi yoki
yo‘qolib ketadi, shu bilan birga yangi xarakter xislatlari paydo bo'ladi.
respublikalaming, jumladan, jumhuriyatimizning mustaqillik, milliy tik-
lanish va demokratik yoMiga kiravotganidir. Bu xalqlar insoniyatning hay
otida sinalgan tabiiy-tarixiy taraqqiyot yoMi — bozor iqtisodiyotiga o‘tyapti,
bevosita jahon iqtisodiy-ijtimoiy oqimiga qo‘shilyapti.
Ushbu ulkan tarixiy jarayonlar kishilarning ruhiyatiga, xarakteriga,
axloq-odobiga, o£zaro munosabatlariga chuqur va ziddiyatli ta’sir
ko‘rsatyapti. Bu ta’sirlar xalqimizning milliy tiklanishi va milliy qadriyat-
larigagina emas, balki kishilarimizning xarakter xislatlarini ham
o‘zgartirishga sabab boMmoqda.
Xarakter va uning shakllanishi, namoyon boMishi uchun kishilarimiz-
ni o‘rab olgan muhiti, turli faoliyatla^ga turlicha munosabatlar, yashab
turgan jamiyatimizdagi munosabatlar sabab boMadi. Bu esa xalqimizda
yangicha xarakter xislatlarining shakllanishiga, asriar davomida avlod-
dan-avlodga o‘tib kelayotgan saxiylik, samimiylik, o‘zaro hamkorlik, bir-
biriga yordam, iffat, sharm-hayo, kamtarlik, mehmondo‘stlik kabi sifatlar
barqaror xususiyatlarga aylanib qolmoqda. Bu xususiyatlar yana avlod-
dan-avlodga o‘tadi va mazmun, sifat jihatidan o‘zgaradi va u kishilami
o‘z-o‘ziga, jamiyatga, mehnatga, narsalar va hodisalarga boMgan muno-
sabatlarda yangicha xarakter xislatlarni shakllantiradi.
Zahmatkash xalqimizning xarakteridagi irodaviy, axloqiy va fahm-
farosatga bogMiq boMgan xislatlar mustaqillikni mustahkamlashda yana
ham rivojlandi. Xarakterning bu sifatlari terrorizmga qarshi kurashda,
diniy aqidaparastlik, vahobizm, narkomaniya va shu kabi illatlarga qarshi
kurashda yaqqol namoyon boMdi. Qancha begunoh kishilarning yostigM
quridi, lekin xalqimiz o‘zining matonati, qat’iyati bilan o‘z xarakterini
namoyon qildi.
Hozirgi kunda laganbardorlik, xushomadgo‘ylik, takabburlik, egaizm,
tamoyilsizlik kabi salbiy illatlar o ‘rnini o ‘zaro muruvvat, hamkorlik, kishi-
larni hurmat qilish, ularga qoMlaridan kelguncha yordamlashish, mehr-
saxovat, adolat, savobli ishlar qilish, halol va haromni, vijdonni his qilish
yaxshilik kabi ijobiy sifatlar egallab bormoqda.
Bizda yangicha xarakter xislatlari tarkib topmoqda. Bu kishilarning
mehnatiga yangicha munosabat, jamiyat manfaatlariga sodiqlik, mehr-
muruvvatli boMish, yordamga muhtoj kishilarga iltifotli boMish kabi yuk
sak fazilatlar shakllanmoqda.
Kishilarimizning xarakter xislatlari ularning dunyoqarashi va
c ’tiqodlari bilan belgilanadi va ularning qiziqish, qobiliyatlari bilan
mahkam bogMangandir. Dunyoqarash va e ’tiqodlar Vatanimizga fidoko-
rona muhabbat, jasorat, mehnatsevarlik, mardlik, sabot va rostgo'ylik
singari xarakter xislatlarini shakllantiradi va nohaqliklarga nisbatan sez-
girlik singari xarakter xislatlarining vujudga kelishi, ko'proq kishining
www.ziyouz.com kutubxonasi
hissiyotlarida zohir boiadi. Kishi xarakterida markaziy o‘rinni ishg'ol
etadigan sifatlar mazkur odamning iroda sifatlari va ma’naviy qiyofasida
ifodalanadigan sifatlardir.
Kishining xarakteri uning o'ziga xos xislatlarining majmuidir. Ana
shu xislatlar orasida shu kishini jamiyat a’zosi sifatida xarakterlab beruv
chi xususiyatlar eng muhim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: