P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet372/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

temperament

 so'zi  qadimgi  zamonlardan  beri 

hozirgacha  saqlanib  kelmoqda.

Temperament  xususiyatlarining  ilmiy  sabablari  l.P.  Pavlovning  yuk­

sak  nerv  faoliyat  tiplari  haqidagi  ta’limotida  ochib  berildi.  l.P.  Pavlov 

yuksak  nerv faoliyat  turlari  deganda  hayvon  bilan  odam  nerv  sistemasi­

ning  faoliyatidagi eng muhim xususiyatlarning chatishuvini  tushunar edi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




l.P.  Pavlov itlar ustida ko'p tajribalar o'tkazib,  reflekslarni tekshirishi 

natijasida,  hayvonlar  nerv  sistemasining  a)  qo'zg'alish  va  tormozlanish­

ning kuchiga,  b)  bu jarayonlarning muvozanatiga va d)  ularning  ildamlik 

darajasiga  qarab  bir-biridan  farq  qilishini  aniqladi.

l.P.  Pavlov  ajratishicha,  nerv  sistemasining  kuchi  hujayralardagi 

fiziologik  moddalaming zapas  miqdori  bilan  belgilanadi.

Kuchli  tipdagi  nerv  sistemasida bunday zapas  ko'p  miqdorda bo'lib, 

kuchsiz tipda  ozdir.

Nerv  sistemasining  kuchi  qo'zg'alish  jarayoniga  ham,  shuningdek, 

tormozlanish jarayoniga ham tegishlidir.  Nerv sistemasining kuchi, awa­

lo,  kuchli  qo'zg'ovchilarga  «bardosh»  bera olish  qobiliyatida  ko'rinadi.

«Nerv  jarayonlari  kuchining  ahamiyati  shundan  ravshan  ko'rinib 

turadiki»,  — deydi  l.P.  Pavlov,— atrofdagi  muhitda  odatdan  tashqari, 

favqulodda hodisalar, zo'r kuchga ega bo'lgan qo'zg'ovchilar ma’lum dara­

jada tez-tez voqe bo'lib turadi,  shu bilan birga, tabiiy ravishda,  ko'pincha, 

bu  qo'zg'ovchilarning ta’sirini  boshqalarning talabiga va shuningdek,  un­

dan  ham  qudratli  bo'lgan  tashqi  sharoitning  talabiga  muvofiq  bosmoq, 

to'xtatib turmoq zaruriyati tug'iladi.  Nerv hujayralari  esa o'z  faoliyatining 

bunday  haddan  tashqari  zo'riqishiga  bardosh  berishi  kerak»  (l.P.  Pavlov, 

Полное собрание  сочинений,  III  tom,  2-kitob,  268-bet).

Nerv sistemasidagi  muvozanat,  l.P.  Pavlov ta’limotiga muvofiq,  nerv 

sistemasining qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining kuch  darajasini 

teng baravar holda  tutib tura bilish qobiliyatida  ko'rinadi.  Qo'zg'alish  va 

tormozlanish  baravar darajada  kuchli  yoki  kuchsiz bo'lganda,  nerv siste­

masida  muvozanat  bo'ladi.  Shu jarayonlardan  biri  kuchliroq  yoki  kuch- 

sizroq bo'lsa,  nerv  sistemasida  muvozanat  bo'lmaydi.

Nerv  sistemasining  ildamligi  (labilligi)  miya  po'stining  biron  qismi­

dagi  qo'zg'alishning  tormozlanishi  bilan  yoki,  aksincha,  tormozlanish­

ning qo'zg'alish bilan  naqadar yengil  almashinishidan iborat.  I.  P.  Pavlov 

nerv  sistemasining  bu  xususiyatiga,  ayniqsa,  katta  ahamiyat  bergan  edi. 

«Ravshanki,  eng muhimi  ildamlikdir,  —

  deydi  u,  — hayot  o'zi  deganicha 

qilaveradi, hamma sharoitni o'zgartirib yuboradi, u juda ham o'zgamvchan, 

kimki  sergaklik bilan  bu  o'zgarishlarni  darrov  payqab  ola  bilsa,  ya’ni  il­

dam esga ola biladigan nerv sistemasi bo'lsa, o'sha yutadi» («Павловские 

среды»,  11  tom,  244-bet).

Yuqorida  ko'rsatilgan  belgilariga  qarab,  nerv  sistemasining  quyidagi 

to'rt asosiy tiplarini ajratiladiki, bular l.P.  Pavlov fikricha, Gippokratning 

to'rtta temperament  tipiga to'g'ri  keladi:

a) 


kuchli  muvozanatli  va  epchil  tip.  Serharakat  tip.  Bu  tip  sangvinik 

temperament  asosini  tashkil  etadi;

www.ziyouz.com kutubxonasi



b) 

kuchli,  muvozanatli inert  (sustkash)  tip og'ir vazmin tip.  Flegma­

tik temperamentning asosini tashkil  etadi;

d)  kuchli,  lekin muvozanatsiz,  ya’ni  qo‘zg‘alish tormozlanishdan us­

tun  chiqadigan,  qizg‘in,  jo‘shqin,  tip.  Bu  — xolerik  temperamentning 

asosini  tashkil  etadi;

e)  kuchsiz tip.  Melanxolik temperamentning asosini  tashkil  etadi.

l.P.  Pavlov nerv faoliyatining bunday tiplari  odamlarga  ham xos deb

hisoblaydi.  «Hayvonlar  nerv  sistema  tiplarini  klassifikatsiyalashning  ele­

mentar  fiziologik  asoslariga  suyanib  turib,  — deydi  I.  P.  Pavlov,  — ana 

shu  tiplami  ko'pchilik odamlarga nisbatan  ham qabul  qilish  lozim».

Shunday qilib,  temperament,  I.  P.  Pavlov ta’limotiga  muvofiq,  yuk­

sak nerv faoliyat tiplarining kishi xulqida  namoyon  bo'lishidan iboratdir.


Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish