Negativizm
boshqa kishilarning hamma takliflga, ya’ni buyruqlarga,
qoidalarga, maslahatlarga va boshqa yo'l bilan o'tkaziladigan qanday
bo'lmasin ta’sirga asossiz qarshilik qilish demakdir. Negativizm ikki turli
bo'ladi: passiv va faol negativizm. Passiv negativizm shundan iboratki,
bunda kishi taklif qilingan ishni qilmay, o'z holatida qolaveradi. Faol
negativizm esa boshqalar xohlagan va taklif qilgan ishni qilmay, uning
aksini qilishdan iborat bo'lgan terslikdir.
Negativizm hodisasini uch yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarda,
ayniqsa, kattalar tomonidan suyultirib yuborilgan va barcha ishlarini boshqa
kishilar qilib beradigan bolalarda uchratish mumkin. Bunday o'jarlik bola
larda, ko'pincha qandaydir mustaqil faoliyat sohasida o'z faolliklarini
ko'rsatish imkoniyati berilmagan taqdirda paydo bo'ladi.
Negativizmning xarakterli xususiyati harakatlarning asossizligidan ibo
ratdir. Odatda, negativizm holatida kishi sen nega bunday qilyapsan, nima
uchun boshqalarning taklifini bajarmayapsan, degan savolga hech qanday
javob qaytarmaydi; u indamay, aytilgan narsaning aksini qilaveradi.
Qaysarlik — boshqa kishilarning aytgan hamma gapiga, ya’ni buyruq
va takliflarga atayin qarshilik qilishdir. Qaysarlik qilayotgan odam o'zi
deganini qilaveradi va nima sababdan shunday qilayotganini obyektiv
ravishda asoslab bermaydi: «Bu mening ishim», «O'zim bilaman» deb
subyektiv dalil keltiradi, xolos.
Qaysarlik, asosan, mana bunday hollarda, masalan, kishi biron narsadan
xafa bo'lgan yoki g'azablangan, jahli chiqqan yoki bo'lmasa manmanligi
oshib ketgan paytda ko'rinadi. Bunday hollarda kuchli hissiyot ta’siri tufayli
kishining ongi o'tmaslashib ketadi. Qaysarlik tutgan paytda kishi obyektiv
nuqtayi nazardan qaray olmaydi va boshqacha emas, balki aynan shunday
harakat qilish shart ekanligiga obyektiv asoslar keltira olmaydi. Qaysar odamni
juda yaqqol dalillar yordami bilan har narsaga ko'ndirish yoki undan qayta
rish qiyin. Qaysarlik ko'rsatishda biron narsaga intilish va kuchli hissiyot
bo'ladi, lekin yetarli tafakkur unda ishtirok etmaydi.
Mustaqilsizlik shunday hollarda ko'rinadiki, bunda kishi ma’lum bir
xatti-harakatlami faqat boshqa odamlarning bevosita ta’siri ostida (ular
ning maslahatlari, takliflari bilan) qiladi va o'zining qarorlari hamda ha
rakatlarida faqat boshqa odamlar fikriga tayanadi.
Kishi mustaqillik ko'rsata olmasa, boshqa odamlar irodasini amalga
oshiruvchi bo'lib qoladi, xolos.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mustaqilsizlik tashabbuskorlikning yo'qligi, har bir ishni yuzada bo‘lgan
sharoit va boshqa odamlarning ta’siriga berilib, bajarishlik va qilinayot
gan ish-harakatining sababini kishi o'zi bilmasligida ifodalanadi. Bunday
holda, odatda asossiz motivlar yoki hech qanday motivlarsiz qarorga ke
linadi. Mustaqilsizlik ko'pincha, kishining prinsipsizligi bilan bog'liq bo'ladi.
Mustaqilsizlikning xarakterli belgisi o'zining qabul qilgan qarori va ha-
rakatlariga nisbatan javobgarlik hissining yo'qligidan iboratdir.
Mustaqilsizlik va irodasizlikning yaqqol ifodasi boshqalarning ta’siriga
berilib,
Do'stlaringiz bilan baham: |