P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

U m um  iylasht iri lgan

 

narsalar



0 ‘quv  yilining  boshidagiga  nisbatan

 

um um iylashtirish  faoliyatining  oshish

 

(foiz  hisobida)

tajriba  o ‘tkazilgan

 

sinfda



oddiy sinfda

Idrok  qilinayotgan  narsalar

40

20

rasm la r

34

17

O g‘zaki  (tasaw ur  qilinadigan)

 

material



26

10

www.ziyouz.com kutubxonasi




Bunda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o'quvchilaming fikr qilish faoliya­

tini faollashtirish  maqsadida qo'llanilgan usullar ayni vaqtda tajriba sin- 

fidagi o'quvchilaming darslardan ulgurish darajasini oshirishga ham yor­

dam  berdi:  shu  sinfda  o'quvchilaming  darslami  o'zlashtirishdan  olgan 

baholari boshqa oddiy sinfdagi o'quvchilaming bilimlariga qo'yilgan ba- 

holardan  yuqoriroq  bo'lib  chiqdi.

Ikkinchi  sinfda shu  tariqa tajribalar o'tkazilganda ham  aynan  shun­

day  natijalarga  erishildi.

O'quvchilar ongida mustahkam o'rnashgan tushunchalar asosida ab­

strakt  tafakkur  o'sadi.  O'rta  maktab  o'quvchilarida  abstrakt  tafakkur, 

ayniqsa,  tez  o'sadi.  Bunda  tafakkurning  o'sishiga grammatika,  algebra, 

geometriya,  fizika,  tarix,  O'zbekiston  Konstitutsiyasi  singari  fanlarni 

o'rganish,  ayniqsa,  yordam  beradi.  Yuqori  sinflarning  o'quvchilari  shu 

faniar bilan shug'ullanib eng umumiy, abstrakt tushunchalarning ko'pini 

o'zlashtirib oladilar va o'zlarining fikrlash faoliyatlarida shu tushuncha- 

larga  tayanadilar.

Har bir o'quvchi  o'qish jarayonida va turmush  tajribasida  xilma-xil 

masala va vazifalarni hal qilishga majbur bo'ladi.  Maktab o'quvchisining 

o'zi  savollarni  to'g'ri  qo'yishni va vazifalar belgilashni,  to'g'ri  muhoka­

ma  yuritishni  o'rganadi.  Yosh  oshgan  sari  bu  muhokamalar  tobora 

ko'proq,  mantiqiy  muhokamalar  bo'lib  qoladi.  O'qish-o'qitish  ishlari 

to'g'ri  yo'lga  qo'yilganida  o'rta  maktab  o'quvchilarining  muhokamala­

rida  muayyanlik  va  izchillik bo'ladi.

Maktab o'quvchisi  muhokama yuritish yo'li bilan to'g'ri  xulosalar — 

deduktiv  va  induktiv  xulosalar  chiqarishni  o'rganadi.  Masalan,  ular 

matematika  mashg'ulotlarida  doimo  umumiy  qoidalarga  asoslanib,  xu­

losalar  chiqaradilar,  til  darslarida  o'zlashtirib  olingan  qoidalarni  imlo- 

ning ayrim hollariga tatbiq qilishga to'g'ri keladi va hokazo.  O'quvchilar 

bir qancha misollar asosida (albatta, o'qituvchining yordami bilan) gram­

matika va arifmetikaga doir qoidalar chiqarish yo'li bilan  induktiv xulo­

sa  chiqarish  yo'llarini  egallab  oladilar.  Yuqori  sinflarning  o'quvchilari 

tabiiyot,  fizika  va  kimyo  fanlarini  o'rganish  jarayonida  umumiylash­

tirilgan  ancha  keng  xulosalarni  o'zlari  mustaqil  ravishda  chiqaradilar.

Yuqori sinf o'quvchilari  induksiya va deduksiyani egallay borish  na­

tijasida  kuzatishlar  va  tajribalarga  asoslanib  turib,  ayrim  hodisalaming 

sabablarini mustaqil qidirib topishlari, so'ngra esa tabiatning ayrim qonun­

larini  ham  fahmlab  olishlari  mumkin.  Yuqori  sinf o'quvchilari  ayrim 

hodisalami  izohlayotgan  vaqtlarida,  o'zlariga  ma’lum  bo'lgan  qonun- 

larni  dalil  qilib  ko'rsatadilar.

O'qitish jarayonida  abstrakt  va  mantiqiy  tafakkur o'sadi.  Shu  bilan 

birga o'quvchilaming tanqidiy tafakkuri ham o'sadi. Boshlang'ich maktab- 

danoq o'quvchilardan savollarga faqat to'g'ri javoblar berishnigina talab

www.ziyouz.com kutubxonasi



qilib qolmasdan, shu bilan birga ulardan «nega shundayligini» ham izohlab 

berish  talab  qilinadi.  Agar  o'quvchining  bergan javobi  noto‘g‘ri  bo‘lsa, 

sinfning  o‘zida  uning  xatosi  nimadan  iborat  ekanligi  aniqlanadi,  shu 

xatoni  qanday  qilib  tuzatish  kerakligi  tushuntirib beriladi.

Maktab  o'quvchilari  bilimlami  o'zlashtira  borganlari  sari,  turli  qoi- 

dalarni  asoslashni,  isbotlashni,  rad  qilishni,  tekshirib  ko'rishni  ham 

o‘rganib  boradilar.  Jumladan,  ular  misollar,  faktlar,  umumiy  qoidalar 

va  aksiomalardan  dalillar  tariqasida  foydalanishni  o'rganadilar.  0 ‘rta 

maktab  o'quvchilari,  ayniqsa,  yuqori  sinflarning  o'quvchilari,  boshqa 

kishilarning  murakkab  muhokamalaridagi,  shuningdek,  o'zlarining  ham 

muhokamalaridagi  ziddiyatlarni,  mantiqsizlikni,  asoslanmagan jihatlar- 

ni  ochib  bera  oladilar.  Ona  tili,  arifmetika  mashg'ulotlari,  tanqidiy,  is- 

botli  tafakkurning  o'sishi  uchun,  ayniqsa,  katta  ahamiyatga  ega.  0 ‘rta 

maktab  o‘quvchilari  ijtimoiy-tarixiy  fanlarga  doir va  darvinizm  asosla- 

riga  doir mashg'ulotlarda  isbotlaydigan  va  rad  qiladigan  dalillardan  har 

doim  foydalanadilar.

Maktab  o'quvchilarining  havaskorlik  to'garaklarida  ishtirok  etish- 

lari,  ko‘rilgan  masalalarni  muhokama  qilishda  faol  qatnashishlari  tan­

qidiy,  isbotli  va  mustaqil  tafakkurning  o'sishida  va  rivojlanishida  katta 

rol  o'ynaydi.

Bolalami  o'qitish  davrida  ularda  nazariy  tafakkur  bilan  birgalikda 

amaliy tafakkur ham  rivojlantiriladi.  Bunga awalo, shu yo'l bilan erishi- 

ladiki,  maktabda  ko'pgina  fanlarni  (masalan,  fizika,  kimyo,  botanika, 

zoologiya  fanlarini)  o'qitish  o'quvchilaming  olgan  bilimlami  sanoatda, 

qishloq  xo'jaligida  tatbiq  qilishlari  bilan  bog'lab  olib  boriladi.

Boshlang'ich  va  o'rta  maktabda  o'quvchilaming  hammasida  ham 

tafakkurning  o'sishi  va  rivojlanishi  bir  tekis  va  bir  xil  bo'lavermaydi, 

albatta.  O'quvchilaming  individual  xususiyatlari  ko'p  darajada  boshqa 

psixik  jarayonlarning  — xotira,  xayol,  nutq,  diqqat,  irodaning  o'sishi 

bilan  belgilanadi;  bu  individual  xususiyatlar o'quvchilaming  qiziqishla- 

riga, ta’lim va amaliy ishlardagi faolliklariga, shuningdek, o'quvchilaming 

o'z-o'zlarini  tarbiyalashlariga  bog'liq  bo'ladi.  Bizning  maktablarimiz- 

dagi  barcha  ta’lim-tarbiya  ishlari  o'quvchilaming  faol,  ongli  ishtirokida 

olib boriladi.  Shu  sababli bizning  maktabimiz bolalarda keng mazmunli, 

mustaqil  va  mantiqiy jihatdan  to'g'ri  tafakkurning  o'sishiga  ko'p  dara­

jada  yordam  beradi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish