Maktabda ta’lim jarayonida tafakkurning o'sishi
Bolalarga beriladigan va asosan maktabda amalga oshiriladigan ta’lim
bolalar tafakkurining o'sishi uchun g'oyat katta ahamiyatga egadir.
Ta’lim va maktabda beriladigan bilimlami o'zlashtirish jarayonida,
kuzatuvchanlik, xotira va xayol o'sib borishi bilan maktab yoshidagi bola
lar tafakkuriga material bo'ladigan narsalar doirasi kengaya boradi, bola
larda mantiqiy tafakkur va tanqidiy fikrlash o'sib boradi. Ta’lim jarayo
nida tafakkur katta o'sish yo'lini — aniq tafakkurdan abstrakt — nazariy
tafakkurga o'tish yo'lini o'tadi.
Maktab yoshidagi kichik bolalaming tafakkuri hali ham amaliy, aniq
tafakkur bo'ladi, lekin ta’lim jarayonida bunday bolalaming aniq tafakkuri,
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalaming aniq tafakkuriga qaraganda, mu
rakkabroq va mazmunliroq bo'lib qoladi, ulardagi fikrlash jarayonlarining
hammasi takomillasha boradi. Maktabda o'quvchi bola tobora murakkab
roq narsalarni va o'zi idrok qilayotgan narsalarni hamda hodisalamigina
emas, balki, shu bilan birga, tasawur qilayotgan narsalar va hodisalami
ham bir-biriga taqqoslashni, analiz qilishni va sintez qilishni o'rganib oladi.
Bolani maktabda o'qitish jarayonida unda abstraktlash qobiliyati o'sa
boshlaydi. Arifmetika o'qitish vaqtida, amaliy, aniq sanashdan abstrakt
hisoblashga o'tilgan vaqtda, shuningdek, ona tili darslarini o'qish davrida
bu qobiliyat sezilarli sur’atda o'sadi, so'ngra maktabdagi hamma fanlarni
o'qitish davrida bu qobiliyat yanada o'sadi. O'quvchi bola analiz qilish,
abstraktlash va taqqoslashni, mashq qilish yo'li bilan narsalarning muhim
www.ziyouz.com kutubxonasi
belgilari bilan ahamiyatsiz belgilarini bir-biridan farq qilishni va muhim
belgilarga qarab to‘g‘ri xulosalar chiqarishni o'rganadi.
Boshlang'ich maktabning o‘zidayoq bolalar birinchi sinfdan boshlab
ko'p miqdorda xilma-xil tushunchalarni — grammatikaga, arifmetikaga,
tabiiyotga doir va ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni o'zlashtirib oladilar.
O'quvchilar o'zlashtirib oladigan tushunchalar doirasi asosan, har qaysi
sinf uchun har qaysi fan yuzasidan tuzilgan o'quv dasturi bilan belgilana
di. Muayyan ilmiy mazmunga ega bo'lgan tushunchalar o'quvchilarga
mantiqiy ifodalangan shaklda bayon qilib beriladi. O'quvchilaming o'zlari
ham tushunchalarni mantiqiy ta’riflab, ularning jins va turlariga doir belgi
larini ko'rsatib, aytib berishni o'rganadilar. O'quvchilar tushuncha va
qoidalami ta’riflab berolmay qolganlarida yoki ta’riflash mumkin bo'lmagan
paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, misollar bilan ko'rsatib be-
radilar.
O'qitish jarayonida o'quvchilaming fikr qilish faoliyatining u yoki bu
tomonini faollashtiradigan maxsus usullar qo'llanilganida o'quvchilaming
tafakkuri samaraliroq rivojlanadi.
Bunday bir misol keltirish mumkin. N.N. Ne’matov birinchi sinf
o'quvchilarida tafakkurning umumlashtirish faoliyatini rivojlantirishga doir
ish olib bordi.
Shu maqsadda tajriba o'tkazilayotgan sinfda dars berish chog'ida maxsus
usullar qo'llanildi. O'quvchilarga savollar berib, ularning diqqat-e’tiborini
kitob o'qish vaqtida, suhbat chog'ida, suratlarni idrok qilish paytida, te
varak-atrofdagi vaziyatni kuzatish chog'ida uchraydigan narsalarni umu-
miylashtirishga qaratadigan maxsus usullar qo'llanildi.
Shu tajribalar natijasida o'quv yilining oxiriga borib, muayyan
ko'rsatkichlarga erishildi, ya’ni tajriba o'tkazilib kelingan sinfning umu
miylashtirish faoliyati darajasi boshqa sinflardagilarning umumiylashti
rish faoliyatiga nisbatan yuqoriroq bo'lib, buni quyidagi jadvaldan ham
bilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |