mas sh tab va chiziqli masshtab
(22-rasm).
Agar masshtab 1 santimetrda 100 metr deb yozilsa, nomli masshtab
deb, 1:10000 deb yozilsa, sonli masshtab deb ataladi.
Chiziqli masshtabdan foydalanish eng qulay. Chiziqli masshtab
teng qismlarga bo‘lingan to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘ladi.
Yarimsharlar tabiiy xaritasining sonli masshtabi 1:22000000. Bunda
1 cm da necha km borligini aniqlash uchun 5 ta nolni o‘chiramiz.
Shunda nomli masshtab 1 cm da 220 kilometr bo‘ladi.
Chiziqli masshtabdan masofani aniqlashda foydalanish uchun sir-
kulning ikki uchini xaritadagi oraliq masofa aniqlanishi lozim bo‘lgan
nuqtalarga qo‘yib, so‘ng uni masshtabga ham qo‘yiladi. Shunda masofa
aniq bo‘ladi (23-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |