mutlaq balandlik. Yer yuzidagi har bir
joyning dengiz sathidan balandligi mutlaq balandlik deyiladi (18-rasmga qarang). Lekin
dengiz va okeanlardagi suv yuzasining Yer
markaziga nisbatan balandligi bir xil emas.
Shuning uchun biror dengiz yoki okean suvi
yuzasi asos qilib olinadi. Bizning mam la-
katimizda Boltiq dengizidagi orolda joylashgan
Kronshtadt shahrida o‘rnatilgan belgi
(«futshtok») «0» balandlik deb qabul qilingan.
Mamlakatimizdagi hamma joyning mutlaq
balandligi shu belgidan hisoblanadi. Agar
quruqlikda dengiz sathidan ham past joylar