P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/156
Sana27.06.2022
Hajmi4,52 Mb.
#709700
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   156
Bog'liq
geografiya 9-sinf 2019

http://eduportal.uz


99
35
-§. Qozog‘iston Respublikasi
Iqtisodiy geografi
k o‘rin, keskin kontinental qurg‘oqchil iqlim, mineral 
resurslar, milliy tarkib, ko‘p tarmoqli sanoat, lalmi va sug‘orma deh-
qonchilik, donchilik.
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda hududiy ji-
hatdan eng yirik davlat bo‘lib, jahon mamlakat-
lari ichida maydoni bo‘yicha 9-o‘rinni egallaydi. 
U beshta davlat – Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston, 
Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan chegaradosh. 
Qozog‘istonning Rossiya bilan davlat chegarasi 
(7 548 km) uzunligi bo‘yicha dunyoda AQSH va 
Kanada o‘rtasidagi chegaradan keyingi 2-o‘rinda 
turadi. Mamlakat janubi-g‘arbda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh. 
Qozog‘iston iqtisodiy geografik o‘rnining asosiy xususiyatlari Osiyo 
va Yevropa davlatlarini bog‘lovchi temiryo‘l va avtomobil magistrallari-
ning o‘tganligi, Kaspiy dengiziga tutashligi, Rossiya va Xitoydek yirik 
davlatlarga chegaradoshligi bilan belgilanadi.
Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi. Ma’muriy-hududiy jihat-
dan unitar davlat bo‘lib, 14 ta viloyat va 3 ta respublika ahamiyatidagi 
shahar (Nur-Sulton, Almati, Shimkent)dan iborat. 
Tabiiy sharoiti va resurslari. 
Qozog‘iston relyefida tekisliklar hukm-
ronlik qiladi, tog‘ tizmalari faqat respublikaning janubi-sharqiy qismi-
da joylashgan. Markaziy hududlari relyefi esa kuchli parchalangan yassi 
tog‘likdan iborat. Qozog‘iston foydali qazilmalarga jahondagi eng boy 
davlatlardan biri. Mamlakat yoqilg‘i, rudali va noruda resurslarining ulkan 
zaxiralariga ega. Neft va tabiiy gazning yirik konlari Kaspiy dengiziga 
yaqin hududlarda, toshko‘mirning asosiy zaxiralari (Qarag‘anda, Ekibastuz 
havzalari) esa markaziy qismida joylashgan. Qozog‘istonning markaziy 
va sharqiy hududlari temir, marganes, xrom, uran, mis, volfram, rux, 
qo‘rg‘oshin va boshqa metallarning katta zaxiralariga ega. Noruda mineral 
boyliklardan fosforit va oltingugurt alohida e’tiborga loyiq.
Qozog‘iston iqlimi mo‘tadil keskin kontinental va qurg‘oqchil, qish-
da shimoliy hududlarida havo harorati -50 
o
C dan ham past bo‘ladi. 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish