P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/156
Sana27.06.2022
Hajmi4,52 Mb.
#709700
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   156
Bog'liq
geografiya 9-sinf 2019

Rangli metallurgiya
tarmoq sifatida murakkab ichki tuzilishga ega.
U o‘z tarkibiga rangli metall rudalarini qazib olish va boyitish, toza 
metall va turli qotishmalar olish, ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash 
kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur tarmoq 70 turga yaqin rangli 
metallarni qayta ishlasa-da, ular orasida alyuminiy, mis, qo‘rg‘oshin, rux 
http://eduportal.uz


52
ishlab chiqarish tarmoqlari ahamiyatlidir. Rangli metallurgiya tarmog‘i 
ishlab chiqarilgan mahsulotlari turli sohalarda qo‘llaniladi. Masalan, alyu-
miniy mashinasozlik (aviasozlik, elektrotexnika), qurilish, transport hamda 
keng iste’mol uchun mo‘ljallangan maishiy buyumlar ishlab chiqarishda 
qo‘llanilsa, misdan elektr energetika, mashinasozlik kabi sanoat tarmoq-
larida foydalaniladi.
Jahon rangli metallurgiyasi rivojlanishining birinchi bosqichida xom-
ashyo omili, yengil metallar ishlab chiqarishga talabning ortishi bilan 
(ikkinchi bosqich) energiya omili hal qiluvchi ta’sirga ega bo‘la boshladi. 
Shu bilan birga transport va iste’molchi omillari ham tarmoqning rivoj-
lanishida o‘z o‘rniga ega. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar rangli metallurgiyada xomashyo resurs-
larini yetkazib berishga, rivojlangan mamlakatlar esa iste’molga tayyor 
rangli metallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Masalan, rangli metal-
lurgiyaning muhim tarmog‘i hisoblangan alyuminiy sanoatida Avstrali-
ya, Xitoy, Braziliya, Indoneziya, Hindiston kabi davlatlar asosiy xom -
ashyo – boksit yetkazib beruvchi davlatlardir. Xitoy, Rossiya, Kanada, 
AQSH, BAA esa tozalangan alyuminiy ishlab chiqarish bo‘yicha pesh-
qadamlik qiladi.
Kimyo sanoati
jahon iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri. 
Kimyo sanoati mahsulotlaridan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida va 
aholi kundalik hayotida keng foydalaniladi. 
Kimyo sanoati tarmoqlari hududiy joylashuvida xomashyo (kimyo 
sanoatining barcha tarmoqlari), suv (kimyo sanoatining barcha tarmoqlari), 
energiya (neft-gaz kimyosi) omillarining ahamiyati katta. 
Jahon kimyo sanoatida to‘rt asosiy mintaqa ajralib turadi: 
Sharqiy 
Osiyo, AQSH, G‘arbiy Yevropa, MDH davlatlari
. Kimyoviy mahsulot-
lar ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘p holatlarda mazkur hudud davlatlari 
yetakchilik qiladi. Masalan, sulfat kislotasining asosiy ishlab chiqaruv-
chilari AQSH, Xitoy, Rossiya kabilar hisoblansa, mineral o‘g‘itlar ishlab 
chiqarishda Xitoy, AQSH, Hindiston kabilar alohida o‘rinlarga ega. Far-
masevtika sanoatining rivojlanishi bo‘yicha AQSH, Germaniya, Fransiya, 
Polsha, Xitoy va Hindiston davlatlari ajralib turadi. 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish