“O‘ZSTANDART” АGENTLIGI
“Ахborot-ma’lumot markazi” Davlat korxonasi
“ЎЗСТАНДАРТ” АГЕНТЛИГИ
“Ахборот-маълумот маркази” Давлат корхонаси
Standartlashtirish sohasida
хаlqaro аtаmаlаr
bilan
uyg‘unlashtirilgan davlat tilidagi atama va tushunchalarning
izohli lug‘ati
Стандартлаштириш соҳасида халқаро атамалар билан
уйғунлаштирилган давлат тилидаги атама ва тушунчаларнинг
изоҳли луғати
№ И-2012-52 “Standartlashtirish sohasida davlat tilidagi atamalarni
хаlqaro аtаmаlаrgа uyg‘unlashtirish аsоsida izohli lug‘at ishlab chiqish”
mavzusidagi innovatsion grant bo‘yicha
№ И-2012-52 “Стандартлаштириш соҳасида давлат тилидаги
атамаларни халқаро атамаларга уйғунлаштириш асосида изоҳли луғат
ишлаб чиқиш” мавзусидаги инновацион грант бўйича
2
Kirish
Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar ISO va IEC ta’rifiga
muvofiq, O‘zbekiston davlat standarti (O‘z DSt ISO/IEC 2:2007) sifatida
qabul qilingan standartlashtirish “...
muayyan sohada tartibga solishning
maqbul darajasiga erishishga qaratilgan faoliyat
”dir. Ushbu mazmunda
“muayyan sohalar” bo‘lib standartlashtirish tizimining o‘zi ham,
shuningdek,
konstruktorlik
hujjatlari,
mahsulot
va
xizmatlarni
sertifikatlashtirish, muvofiqlikni baholash, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy
axborotlarni tasniflash va kodlash, o‘lchovlar yagonaligini ta’minlash, putur
yetkazmaydigan nazorat, mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga
qo‘yish, akkreditlash, texnik jihatdan tartibga solish, mahsulotni sinash,
sifat, xizmatlar, atrof-muhit muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik,
texnikaning puxtaligi kabi standartlashtirishga tayanadigan boshqa tizimlar
ham xizmat qiladi.
Standartlar negizida shakllantirilgan va ishlayotgan sanab o‘tilgan
barcha tizimlar umumiy “tarmoqlararo standartlashtirish tizimlari” (TST)
nomi bilan birlashadi. O‘zbekistonda shakllantirilgan tizimlarga O‘z
abbreviaturasi qo‘shiladi. Masalan, O‘zbekiston standartlashtirish davlat
tizimi (O‘z StDT), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi
(O‘z TTDT), O‘zbekiston sifat tizimi (O‘z ST) va b. O‘z navbatida
O‘zbekiston tarmoqlararo standartlashtirish tizimlari - O‘z TST shaklida
belgilanadi.
Ushbu izohli lug‘atga O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik
hujjatlarida, ISO/MEK xalqaro standartlari va Butunjahon savdo
tashkilotining (BST) hujjatlari va O‘z TST atamashunoslik standartlarida
o‘z aksini topgan asosiy atama, tushuncha va ta’riflar kiritilgan. Lug‘atda
atama va tushunchalar ta’riflarining barcha variantlari keltirilgan. Masalan,
“xavfsizlik” atamasining O‘zbekiston Respublikasi “Texnik jihatdan
tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunida keltirilgan ta’rifi xalqaro ISO/IEC 2
standarti ta’rifi tahriridan farq qiladi. «Standart» atamasining ISO/IEC 2 va
BSTning “Savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risida kelishuv”laridagi ta’riflari
ham bir xil emas. “Standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjat” tushunchasi
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun bilan kiritilgan,
ISO/IEC 2 da esa faqat normativ hujjat atamasi mavjud. Тo‘g‘ri, 1-
eslatmada normativ hujjat standartlar, texnik shartlar hujjatlari, qoidalar
to‘plamlari va reglamentlar kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladigan o‘zak
atama ekanligi aytib o‘tilgan. “Oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarining
ozuqaviy qiymati va xavfsizligi sanitariya normalari”da (SanQvaN) ham
“normativ hujjat” atamasining o‘ziga xos ta’rifi keltirilgan va h.k.
Lug‘at quyidagilardan tashkil topgan:
3
1) TSTining barcha sohalaridagi atama va ta’riflar, metrologiya va
o‘lchovlar yagonaligini ta’minlash tizimlaridan tashqari (chunki bu sohada
tegishli lug‘at mavjud): Русча-ўзбекча изоҳли метрологик луғат.
А.А.Абдувалиев, С.К. Жебровский, У.Н.Валиев. – Тошкент:
“Стандарт” нашриёти, 2010);
2) tushunchalar, ularning ta’riflari bilan;
3) o‘zaro bog‘liq sohalardagi atama va tushunchalar (masalan,
iqtisodiyot, vektor, matematik modellashtirish, prognoz, texnika, funksiya,
samaradorlik vа h.k.).
Eslatma
. «Atama» – narsa va hodisalar muhim xususiyatlarining aks
etishi. «Tushuncha» – нарса ҳақида мантиқий расмийлаштирилган
умумий фикр, Masalan,
standartlashtirish
– atama,
xizmat ko‘rsatish
sohasida standartlashtirish
- tushuncha;
standart
– atama,
umumiy texnik
talablar standartlari
– tushuncha;
normativ hujjat
– atama,
texnik jihatdan
tartibga solish sohasida normativ hujjat
– tushuncha va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |