Mundarija:
Kirish
«O’zsanoatqurilishbank» ATB to’g’risida qisqacha tafsif va tashkiliy strukturasi…………………
«O’zsanoatqurilishbank» ATB ning faoliyatini belgilovchi meyoriy-huquqiy xujjatlar………………………………………………………………….
«O’zsanoatqurilishbank» ATB ning huquq vazifalari…………………
4. «O’zsanoatqurilishbank» ATB ning Iqtisodiy-meyoriy ko’rsatkichlari tahlili
5. «O’zsanoatqurilishbank» ATB ning rivojlanish istiqbollari.
Xulosa
Ilovalar
Kirish
Tijorat banklarini boshqa barcha tashkilot va muassasalardan farqli va faqatgina o’ziga xos xususiyatga ega muassasa deb qarash mumkin. Tijorat banki davlatning, yuridik shaxslarning hamda aholining vaqtincha bo’sh pul mablag’larini qaytarib berishlilik, to’lovlilik va muddatlilik shartlari asosida jamlab, ularni o’z nomidan daromad olish maqsadida joylashtirish faoliyatini amalga oshiradigan muassasadir. Tijorat banklarining asosiy faoliyati bu vaqtincha bo’sh pul mablag’larini kreditorlar va qarzdorlar o’rtasida, hamda sotuvchilar va haridorlar o’rtasida aylanishini vositachilik asosida olib borish hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil Oliy Majlis Murojaatnomasiga bag`ishlangan majlisida: “Biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni xalqimiz bilan maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g’oya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda’’.1
Shuning uchun har qanday mamlakatda tijorat banklari va milliy bank tizimining iqtisodiyotining yuragi yoki qon tomiri sifatida qaraladi. Yurak va qon tomirining to’la qonli faoliyati esa, har qanday organizmning tiriklik manbaidir. Xuddi shuningdek, bank tizimini yanada erkinlashtirish yoki kapitallashuv darajasini oshirish ham nafaqat bir iqtisodiy tizimning rivojlanishiga balki, jamiyat va mamlakat aholisi farovonligining oshishiga, pirovardida, oddiy bir fuqaroning turmush sharoitining tarzini yaxshilanishiga olib keladi.
Respublikada tijorat banklari bozor iqtisodi sharoitida yuqori faoliyat ko’rsatishlari uchun ilg’or jahon tajribasidan keng foydalanmoqlari, daromadga ega bo’lishning an’anaviy usullari bilan cheklanib qolmasdan, balki uning yangi variantlari yoki usullarini tashkil etishlari, kreditlashtirish bilan bog’liq bo’lmagan bank xizmatlarining turlari tarkibini kengaytirishlari va shu faoliyatdan olinadigan daromadning salmog’ini bankning umumiy daromadiga nisbatan oshirishga erishishlari kerak.
Bir vaqtning o’zida inflyasiya sharoitida tijorat banklari o’z kapitallarini samarali va oqilona joylashtirishlari uchun ta’sischilik faoliyati bilan ham shug’ullanishlari va undan olinadigan daromadlar tijorat banklari jamg’armalari shakllanishining asosiy manbalaridan biriga aylanmog’i lozim.
Hozirgi vaqtda bank tizimidagi islohotlarning muhim yo’nalishlaridan biri bank xizmatlari sifati va madaniyatini yuksaltirgan holda tijorat banklari va mijozlar o’rtasidagi munosabatlarni «mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun» tamoyili asosida tashkil etilganligidir. Bank xizmatlarini sifatini va madaniyatini yuksaltirish hamda, ularni mijozlarga yetkazishda bank faoliyatining ahamiyati beqiyos kattadir.
O’zbekiston Respublikasida keyingi yillarda bank tizimini isloh qilishda olib borilgan chora – tadbirlar natijasida ijobiy natijalarga erishildi. Bank muassasalarining aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar talablariga mos joylarda tashkil etilishi, ularning zamonaviy axborot-kommunikasiya uskunalari bilan jihozlanishi hamda sifatli faoliyat ko’rsatishining yo’lga qo’yilganligi bank xizmatlariga bo’lgan talabning to’liq qondirib borilishiga xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi bank tizimida faoliyat yuritayotgan tijorat banklari ichida nufuzli hisoblanadigan chet el kapitali ishtirokidagi “O’zsanoatqurilishbank”ning maqsadi — o’z aksiyadorlari va bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat. Mijozlarga xizmat ko’rsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
1.»O’zsanoatqurilishbank» ATB to’g’risida qisqacha tafsif va tashkiliy strukturasi. O’zsanoatqurilishbank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 42 ta tuman (shahar) filiali, 168 ta minibanki, 248 ta maxsus kassasi, 190 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari orqali 200 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 3,5 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. O’zsanoatqurilishbank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan. 2010 yilda kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi. O’zsanoatqurilishbank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat bo’lgan «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich» loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolandi. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, O’zsanoatqurilishbank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritildi va revolver kredit to’g’risida kelishuv imzolandi.
«VISA International» xalqaro to’lov tizimiga prinsiipal a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi
Do'stlaringiz bilan baham: |