Antibiotiklar. Fitonsidlar
Ko’p hollarda mikrob-antogonistning halok etuvchi taosiri uning muhitga
specifik biologik faol kimyoviy modda ajratib chiqarishi tufayli sodir bo’ladi.
Bunday moddalar antibiotiklar deyiladi. Antibiotik ajratib chiqaruvchi
mikroorganizmlar tabiatda keng tarqalgan. Bu xususiyatga ko’pgina zamburug’lar,
43
bakteriyalar, ayniqsa, aktinomicetlar ega. Ayrim mikroorganizmlar bir vaqtning
o’zida bir necha xil antibiotik hosil qilishi mumkin.
Antaganizm hodisasini Petri likopchasida bir vaqtning o’zida turli
mikroorganizmlarni o’stirishda kuzatish mumkin. Mikrob-antagonist koloniyasi
atrofida steril zona hosil bo’lib, bu zonada ushbu antagonistga taosirchan bo’lgan
mikroorganizm rivojlanishi kuzatilmaydi.
Antibiotiklarning juda ko’plari ajratib olingan va o’rganilgan. Ularning
kimyoviy tabiati turlichadir. Antibiotiklarning o’ziga xos xususiyati – ularning
tanlab taosir etishi, yaoni maolum mikroorganizmga maolum bir antibiotik taosir
etishidir. Ayrim antibiotiklar zamburug’larga taosir etsa, boshkalari bakteriyalarga
taosir etadi. Viruslarga taosir etuvchi antibiotiklar ham mavjud.
Antibiotiklarning taosir mexanizmi turlichadir. Ayrimlari hayot faoliyatini
to’xtatsalar, boshqalari rivojlanishini vaqtinchalik bosib turadilar. Bunday taosir
bakteriostatik (bakteriyalarga nisbatan) yoki fungistatik (mog’orlarga nisbatan)
taosir deyiladi. Mikroorganizmlarga halok etuvchi taosir ko’rsatadigan
antibiotiklar bo’lib, ularning taosiri mos ravishda baktericid yoki fungicid taosir
deyiladi. Ayrim antibiotiklar nafaqat halok etuvchi taosir, balki mikrobning
lizisini, yaoni yemirilishini ham keltirib chiqaradi.
Antibiotiklar uni ishlab chiqargan mikroorganizm oilasi yoki turi nomiga
qarab nomlanadi. Masalan, penicillin uni ishlab chiqargan Renicillium zamburug’i
oilasining nomi bilan; gramicidin esa uni sintez qilgan gramijobiy bakteriyalar
nomi bilan yritiladi.
Antibiotiklar tibbiyotda keng qo’llaniladi.
Ilmiy izlanishlar asosida tez buziluvchan mahsulotlarga antibiotiklar bilan
ishlov berish va bunday ishlov berishda sovuqdan foydalanish samaradorligi
aniqlangan.
Oziq-ovqat sanoatida nistatin, biomicin, nizin kabi antibiotiklar qo’llaniladi.
Antibiotiklar nafaqat mikroorganizmlar tomonidan, balki o’simlik va
hayvonlar tomonidan ham ishlab chiqariladi.
O’simlik tabiatli antibiotiklar fitoncidlar (grekcha "fiton" – o’simlik)
deyiladi. Fitoncidlar 1928-yilda B.P. Tokin tomonidan aniqlangan. B.P. Tokin
o’simliklar tomonidan ajratib chiqaruvchi ayrim uchuvchan moddalar va ularning
to’qima sharbatlari infuzoriylar, bakteriyalar, achitqi zamburug’lari va mog’orlarga
halok etuvchi taosir ko’rsatishini aniqlgan.
Fitoncidlar
o’simlik
dunyosida
keng
tarqalganlar.
Fitoncidlar
o’simliklarning mikroblardan zararlanishiga qarshi tabiiy muhofaza vazifasini
bajaradi. Fitoncidlar mikroorganizmlarga tanlab taosir etish xususiyatiga ega.
Maolum bir o’simlikning sharbati bir mikrobga halok etuvchi taosir ko’rsatsa,
boshqasi uchun umuman zararsizdir. O’simlikdagi ko’p moddalar – efir moylari,
glikozidlar, antocianlar, oshlovchi moddalar va boshqalar antimikrob taosiriga ega.
Ovqatda ishlatiladigan ko’pgina sabzavotlar ham antimikrob xususiyatiga
ega bo’lgan moddalar saqlaydilar. Masalan, sarimsoq va piyozdan allicin,
sholg’omda – rapin, pomidorda – tomatin kabi fitoncidlar bo’ladi.
44
Ayrim o’simliklardan ajratib olingan antimikrobli fitoncidlar tibbiyotda va
qishloq xo’jaligida foydanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |