1. Tobraviruslar
Bu guruhning vakili tamaki bargini shaldirashiga sabab bo`luvchi virus
tobacco rattle virus zarralari tayoqchasimon shaklga ega. Ko`pgina vakillari
o`simliklarga mexanik usulda yuqadi. O`simliklarning juda ko`p oilalarini
kasallantiradi.
2. Tuproq orqali o`tadigan, bug`doy mozaikasi virusi
va kartashka o`sish nuqtasini jingalaklashtiruvchi virus (virus mop-topa)
bug`doy mozaikasi virusi, Shimoliy Amerikada, bug`doyga katta zarar yetkazgan.
Hozirgi vaqtga unga chidamli navlar ekilmoqda.Mop-top virusi esa, G`arbiy
Yevropada tarqalgan bo`lib, uning virionlari tamaki mozaikasi virusiga o`xshaydi.
Ammo uzunligi 100-160, ba'zan esa 300 nm ni tashkil qiladi. Virus o`siliklarni
kam kasallantiradi, zamburug`lar zoosporalari bilan tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |