Biotexnologiyaning asosiy yо‘nalishlarini, shartli ravishda,
quyidagicha tavsiflash mumkin
:
—
ozuqa maxsulotlari biotexnologiyasi;
—
qishloq xо‘jaligida ishlatiladigan preparatlar biotexnologiyasi;
—
sanoat maxsulotlari biotexnologiyasi;
—
dorivor moddalar, diagnostika va reaktivlar biotexnologiyasi;
—
biogidrometallurgiyada ishlatiladigan biotexnologiya;
—
tabiatni muhofaza qilish uchun zarur bо‘lgan biotexnologiyalar
.
Odatda, mikroorganizmlarni foydali va zararli deb о‘rganishga harakat
qilinadi. Bu fikr mutlaqo tо‘g‘ri emas. Fikrimizcha, barcha mikroorganizmlar
foydali, chunki ular tabiatda modda almashinuvida faol qatnashadi va kо‘plab
xilma-xil hayotiy zarur moddalar sintez qiladi. Binobarin, mikoorganizmlar biz
yashab turgan dunyoning eng qudratli ishlab chiqaruvchi kuchidir.
Ular har xil fizik-kimyoviy muhitga chidamli, tez moslanuvchan, turli
ozuqa muhitida yashash qobiliyatiga ega. Biologik jarayonlarda achitqi
zamburug‘lari, mikromitsetlar, bakteriyalar va aktinomitsetlar (shu’lali
zamburug‘lar) kabi mikroorganizmlardan foydalaniladi. Butun mavjudot
mikroorganizmlarsiz
yashay
olmaydi,
mikroorganizmlarning
о‘zi
esa
yashayveradi. Aytaylik, ovqat hazm qilish
tizimida faol qatnashadigan mikroorganizmlar miqdori kamayib ketsa,
disbakterioz va u bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa kasalliklar rо‘y beradi. Yana bir
misol, tuprog‘i sterillangan, ya’ni mikroblari о‘ldirilgan tuvaklarga о‘simlik
о‘tkazib barcha kerakli mineral о‘g‘itlarni ham sterillangan holda solsangiz,
kо‘chat 4-5 kundayoq sо‘lib qoladi.
XXI – asrga zamonaviy biotexnologiya ulkan yutuqlar bilan kirib keldi.
Inson genomining tо‘la о‘qilishi, oldindan rejalashtirilgan xususuyatlarga ega
bо‘lgan shtammlarni yarata bilish, qarimaslik sirlarini ochish sari intilish, bir sо‘z
bilan aytganda abadiylikka intilish, bugungi kun fani yutuqlari oldida afsona
emasligi hammaga ma’lumdir.
81
О‘tgan asrning 80 – 90 yillaridan boshlab, dunyo olimlarining “XXI – asr
biotexnologiya asri bо‘ladi” degan bashoratomuz sо‘zlari bejiz emasligi kо‘plab
misollar bilan о‘z tasdig‘ini topmoqda.
Rivojlangan, zamonaviy biotexnologiya fanining asosida uning ulkan
yutuqlar manbai bо‘lmish mikroorganizmlar dunyosi yotadi. Shunday ekan
erishilgan yutuqlarda kо‘z ilg‘amas, jajji organizmlarning ham о‘z о‘rni bor,
albatta. Keling, endi ushbu tarmoqlarning respublikamizda rivojlanishi uchun
nimalarga e’tibor berishimiz lozimligi haqida fikr yuritaylik. Dastlab, e’tiborimizni
butun jahon diqqat e’tiborida turgan oqsil tanqisligi muammosiga qaratmoqchimiz.
Statistik ma’lumotlarga kо‘ra: dunyoda oqsil tanqisligi yiliga deyarli 12 –15 mln.
tonnani tashkil etadi. Bu bilan bog‘liq bо‘lgan quyidagi ma’lumotlar sizlarni
befarq qoldirmaydi deb о‘ylaymiz: Dunyo bо‘yicha 850 mln. dan ortiq kishi
oqisilga muhtoj, shundan 200 mln. dan ortiqrog‘i 5 yoshgacha bо‘lgan bolalardir.
50 mln. dan ortiq kishi ochlikdan vafot etadi, ulardan 40 mln dan ortiqrog‘i yosh
bolalardir. 1 sutkada о‘rtacha 11000 yosh bola hayotdan kо‘z yumadi. Albatta,
keltirilgan jumlalar har bir insonni larzaga solmay qо‘ymaydi.
Xо‘sh, oqsil tanqisligi muammosini hal qilish uchun qanday ishlar amalga
oshirilmoqda, qolaversa, biotexnologiya sanoati bunga qay darajada hissa
qо‘shmoqda.
Oqsil muammosini hal qilish uchun dastlabki urinishlar eru-xotin
Tausonlarning achitqilar va bakteriyalarni о‘stirish uchun parafindan foydalanishni
taklif etishgandan boshlangan edi. T.A.Tauson achitqilarning parafindan
oksidlanish jarayonining ayrim oraliq maxsulotlari va V
1
vitaminini sintez qilishini
isbotlab berdi. Bu dastlabki urinishlar edi, albatta. Shundan keyin S.I.Kuznetsova,
B.I.Isochenko, L.D.Shturim, G.N.Mogilevskiy va boshqa shu kabi olimlarning
izlanishlari,
nazariy
va
amaliy
tajribalari
kо‘pgina
mikroorganizmlar
uglevodorodlarni oksidlay olishi mumkinligini rad etib bо‘lmas darajada isbotladi.
Bu tadqiqotlar insoniyat ayniqsa, oldida oqsil tanqisligi о‘tkir muammo
bо‘lib turgan bir paytda katta e’tiborni jalb etadi. Fransiya, Italiya, Yaponiya va
AQSH kabi jahonning rivojlangan mamlakatlarida ham neftdan oqsil olish
muammolarini yechish uchun ilmiy izlanishlar olib borildi va bir qadar о‘z
yechimini topdi.
Fikrimizni kengaytirgan holda о‘quvchilarga tushunarli bо‘lishi uchun bu
jarayonda mikroorganizmlar faoliyati mexanizmi haqida tо‘xtalib о‘tishni joiz deb
hisoblaymiz.
Achitqi va bakteriyalar parafindan biomassa hosil qilish uchun о‘zlariga
kerakli bо‘lgan uglerodni va hujayraning hayotiy faoliyati uchun energiya manbai
bо‘lib xizmat qiladigan, oqsil va vitaminlarni sintezlaydigan, raqib va
dushmanlardan himoya qiladigan vodorodni topib oladilar. Shuning uchun ham
biosintezning nihoyatda yuqori bosqichda о‘tishi va о‘ta mahsuldorligi ajablanarli
hol emas.
Fikrimizning isboti sifatida quyidagi misollarni keltirmoqchimiz:
Mikroorganizmlar 1 t. mо‘tadil tuzilishdagi parafinlardan (10% namlikdagi
tayyor maxsulotga hisoblanganda) 580–630 kg oqsil saqlagan 1 t. biomassa hosil
82
qiladi. Ayni paytda gidroliz zavodlari esa shuncha miqdordagi achitqi maxsuloti
ishlab chiqarish uchun 5,5–6,4 tonna mutlaqo quruq holatdagi yog‘och
qipiqlaridan foydalanadilar. Oradagi farq albatta jiddiy, qolaversa, parafinda
yog‘ochga nisbatan uglerod va vodorodlar miqdori nihoyatda kо‘p bо‘lib, biosintez
jarayoniga sezilarli ta’sir kо‘rsatadi. Gidroliz maxsulotlaridan farqli ravishda bu
maxsulotni oqsil – vitaminli konsentrat (OVK) deb yuritila boshlandi. Uzoq
vaqtlar davomida
olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida, OVK ning chorva mollariga va
insonlarga bezarar ekanligi isbotlandi.
Keling, shu о‘rinda e’tiborimizni chorvachilikda oqsilga bо‘lgan talabga
qarataylik. Dastlab e’tiboringizga quyidagi statistika ma’lumotlarini havola
etmoqchimiz: mamlakatimizda, birgina parrandachilik kompleksi 200000 t. ozuqa
ishlatadi, bu ozuqaga 20000 t. OVK, 200 t. amilaza, 200 t. sellyulaza, 80 t. lizin va
60 t. metionin qо‘shish kerak bо‘ladi.
Xо‘sh, bularning о‘rnini qanday qondirish mumkin? Ma’lumki, don
chorvachilik uchun asosiy energiya va oqsil manbai hisoblanadi. Parrandachilikda
deyarli 100%, chо‘chqachilikda 80%, qoramolchilikda 30% ozuqa - bu
makkajо‘xori, arpa, bug‘doy va javdar kabi boshoqli ekinlar hissasiga tо‘g‘ri
keladi.
Hayvonlarning
mahsuldorligini
unga
beriladigan
ozuqaning
tо‘yimliligi,shuningdek undagi oqsilning tanqis aminokislotalarga boyligi
ta’minlaydi. Biroq, asosiy furaj ekinlari – makkajо‘xori va bug‘doy – bu talablarga
javob bermaydi. Fikrimizning isboti sifatida qishloq xо‘jalik fanlari doktori
G.V.Redchikovning quyidagi ilmiy ma’lumotini keltiramiz:
“Bug‘doy, arpa, makkajо‘xori donida oqsil miqdori juda kam bо‘lib, eng
muhimi chо‘chqa bolalari uchun zarur bо‘lgan lizinning atigi 23 – 37%, jо‘jalar
uchun esa atigi 20 – 32% mavjud. Lizinning buncha yetarli bо‘lmagan miqdorini
ham hayvonlar tо‘laligicha о‘zlashtira olmaydilar, ya’ni chо‘chqa arpa doni
tarkibidagi lizinning 26, makkajо‘xoridagi lizinning 72, bug‘doydagining 50
foizini о‘zlashtirishi mumkin, xolos (Don oqsilini yaxshilash va ularni baholash:
M. Kolos, 1978. 168 b)
Ma’lumki, hayvonlar ozuqadagi faqat tanqis aminokislotalar ulushiga teng
keladigan oqsil qismidan samarali foydalanish qobiliyatiga ega. Bundan 8 kelib
chiqadigan bо‘lsak, don ozuqasiga eng qimmatli komponent – oqsil, agar u lizinga
tо‘yinmagan bо‘lsa, hayvonlar organizmi ularni о‘z organizmlari va tо‘qimalarida
oqsil hosil qilishga emas, boshqacharoq aytganda gо‘sht, sut, tuxum yoki jun hosil
qilishga emas, balki ichki energiya manbai sifatida sarflaydilar. Donda tanqis
aminokislotalar – sifatida treonin va triptofan yetishmasa ham shu holat yuz beradi.
Xо‘sh, boshoqli ekinlardagi bunday tabiiy yetishmovchilikni qanday
bartaraf etish mumkin? Buning uchun donli ozuqa tarkibiga baliq va suyak uni, sut
kukuni, soya (dondan yog‘i ajratib olingandan keyin qolgan shrot yoki kunjarasi)
va oziqa achitqisini qо‘shish kerak.
Mutaxassislarning hisoblariga kо‘ra, ishlab chiqarish hajmining eng yuqori
unumdorligi sharoitida qoramollarni boqish uchun baliq va suyak uni, sut kukuni,
83
soya kunjarasi ishlatilib, 1995–2000 yillarda chorvachilikning oqsilga bо‘lgan
talabini bor yо‘g‘i 28–30% miqdorida qondiradi, deyilgandi.
Bu yetishmovchilikni bartaraf etish uchun biotexnologiya sanoati
mahsulotlari eng avval chorvachilikni kompleks omuxta yemini boyitishga
mо‘ljallangan turli maxsulotlaridan foydalanadi. Ular orasida ozuqa achitqisi
alohida о‘rin tutadi.
Ozuqa
achitqisi–tо‘yimlilik
xususiyati bо‘yicha barcha yuksak
о‘simliklardan ustun turadi. Hayvon oqsil ratsionining 25% ni achitqi zamburug‘i
oqsili tashkil etadi. Bu oqsil samaradorligi bо‘yicha sut oqsili – kazeindan kam
farq qiladi. Achitqi oqsilining 80% dan kо‘prog‘I о‘zlashtiriladi. Achitqi oqsilining
hazm bо‘lish koeffsiyenti qoramollar, qо‘ylar va jо‘jalarda 83– 91% oralig‘ida
о‘zgarib turadi. Ularning ustun tomoni shundaki, aynan achitqi tarkibida donli
oziqada yetarli bо‘lmagan tanqis aminokislotalar kо‘p bо‘ladi.
Misol tariqasida quyidagilarni e’tiboringizga havola etamiz. Bir tonna
achitqida 41–42 kg tanqis aminokislota (lizin) bо‘lsa, 1 t. arpa va sо‘lida bu
miqdor 10 marotaba kamdir: boshqa tanqis aminokislotalar (treonin, metionin,
triptofan) achitqida arpa va sо‘lidagidan 3 – 5 marta kо‘p. Glutamin kislota esa 1
tonna achitqida 65 – 110 kg atrofida bо‘lib, dondagidan ancha kо‘p bо‘ladi.
Bu kо‘rsatkichlar achitqining uncha kо‘p bо‘lmagan miqdori (hajmiga
nisbatan 5 – 6%) о‘simlik oqsilining sifatini va hazm bо‘lishini keskin ortishiga
hamda ular sarfini ancha kamaytirishga imkon yaratadi. Mikrob biotexnologiyasi
sanoati taklif etayotgan ozuqa achitqilari V guruhi vitaminlarining ham manbai
bо‘lib hisoblanadi.
Ma’lumki, chorva mollari uchun zarur bо‘lgan vitaminlardan hatto birortasi
yetishmagan taqdirda ham ular meyoridagidek rivojlana olmaydi.
Modda va energiya almashinuvi buzilib, organizmning himoya kuchi
zaiflashadi.
О‘simlik oziqasida esa vitamin kam bо‘ladi va hatto bor vitaminlar ham
ularni tayyorlash, saqlash va qayta ishlash vaqtida tez buziladi, ayrim hayotiy
vitaminlar esa о‘simliklarda umuman hosil bо‘lmaydi.
Ozuqa achitqisi tarkibida arpa, sо‘li, nо‘xat va soyaga nisbatan – riboflavin
(V
2
) miqdori 20–75 marta, pantaten kislotasi (V
3
vitamini) 5–10 marta, xolin (V
4
)
esa 2–6 marta kо‘p bо‘ladi. Bu vitaminlar hayvon organizmida aminokislotalar
almashinuvida, о‘simlik oziqasidagi proteindan foydalanishda va oqsil biosintezida
hal qiluvchi rol о‘ynaydi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, oziqa achitqisida V
12
(sianokobalamin)
vitamini bо‘lmaydi. U о‘simliklarda ham sintez bо‘lmaydi. Uni faqat odam va
hayvonlar ichagida yashovchi bakteriyalar va aktinomitsetlar sintez qiladilar.
Chо‘chqalar, parrandalar va yosh qoramolllarda bu vitamin juda kam hosil
bо‘ladi.
Shu bilan birga V
12
vitamini qon hosil bо‘lishda, metionin, xolin - nuklein
kislotalar sintezida, oqsil, yog‘lar va uglevodlarning almashuvi jarayonida muhim
ahamiyatga ega. V
12
vitamini yetishmasligi jо‘jalar, chо‘chqa bolalari, qо‘zichoq
va yangi tug‘ilgan buzoqlarning о‘sishidan qolishiga, kasallanishiga va о‘limiga
84
olib keladi, hamda chorva mollari mahsuldorligini kamaytirib, о‘simlik ozuqasi
oqsilining hazm bо‘lishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun ratsionga unchalik kо‘p
bо‘lmagan miqdorda V
12
vitamini qо‘shish (1 tonna ozuqa hisobiga bor yо‘g‘i
0,015 – 0,025 gramm) qо‘shish ajoyib natijalar berib, yuqoridagi barcha
kо‘ngilsizliklarning oldini oladi.
Mikrobiologik biotexnologiya sanoatida esa V
12
vitaminini atseton- butil
ishlab chiqarishdagi chiqindilarni metanobakteriyalar bilan achitish orqali olish
mumkin.
Bundan tashqari chorvachilikda biotexnologik sanoatning ajoyib maxsuloti
– fermentli preparatlardan foydalanib qо‘shimcha gо‘sht va sut yetishtirish
mumkin. Ratsion tarkibiga qо‘shilgan ferment preparatlari tirik organizmga,
ayniqsa ular ancha yosh bо‘lganda, ozuqa moddalarining yaxshi hazm bо‘lishida
yordam beradi. Shu tufayli chо‘chqa bolalari, buzoqlar va qо‘zichoqlar о‘sishi
tezlashadi. Ularning о‘rta sutkali vazni 10–12% ga ortadi, ozuqa sarfi tejaladi.
Biroq bu hali hammasi emas. Yaxshi oziqa massasini sut achituvchi bakteriyalar
hosil qiladigan sut kislotasi bilan qishga silos tayyorlash, konservalash mumkin.
Silos tayyorlanganda ozuqa moddalari, jumladan, vitaminlar odatdagi pichan
tayyorlashdagiga nisbatan ancha kam nobud bо‘ladi.
Demak, chorvachilikni rivojlantirishning eng muhim tomonlaridan biri – bu
ozuqa sifatini takomillashtirishdir. Biz shu paytgacha mikroorganizmlarni foydali
tomonlari chorvachilik ozuqa ratsionini boyitish yо‘llari haqida hikoya qildik. Endi
esa bakteriyalar va zamburug‘lardan foydalangan holda odamning ovqatlanish
ratsionini takomillashtirishga e’tiborimizni qaratmoqchimiz.
Falla va boshqa qishloq xо‘jalik ekinlarini yetishtirish uchun qanchalik
kuch g‘ayrat va mehnat sarf qilinishi hech kimga sir emas. Shuningdek,
chorvachilikda ham buni kо‘rish mumkin. Misol tariqasida quyidagi ma’lumotlarni
e’tiboringizga havola etmoqchimiz: Har bir tonna hayvon oqsili sintezi uchun
kamida 4,8 – 4,9 tonna yengil hazm bо‘ladigan oziqa oqsili sarf qilishga tо‘g‘ri
keladi. Agar biz is’temol qiladigan hayvon maxsulotlarini alohida olib kо‘radigan
bо‘lsak, quyidagi manzara namoyon bо‘ladi: 1 t sut oqsilini tayyorlash uchun 3,8 –
4,0 t; 1 t. tuxum oqsili uchun – 3,9 – 4,1 t; 1 t. parranda gо‘shti oqsili uchun – 4,5 –
4,7 t; 1 t. mol gо‘shti oqsili uchun esa 9,3 – 9,7 t. hisobiga oziqa oqsili sarflanishi
aniqlangan.
Hayvonlarni bunday katta – sarf xarajatlar bilan uzoq vaqt parvarish qilish
chorva maxsulotlaridagi oqsil tannarxining qimmatlashib ketishiga olib keladi.
“Xо‘sh, nima qilish kerak?” - degan savol tug‘ilishi tabiiydir.
Biotexnologiya, mikrobiologiya va kimyo fanlari ijodiy hamkorlikda oziqa
moddalari, birinchi navbatda ularning eng muhim va qimmatli qismi – oqsil
olishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqdi. Ya’ni, achitqi zamburug‘lar
ozuqa maxsulotlarining tarkibini boyitishning eng asosiy manbalaridan biri
ekanligi isbotlandi.
Shuningdek,
Do'stlaringiz bilan baham: |