О‘zr oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i Buyruq №434 2017



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/244
Sana11.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#349515
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   244
Bog'liq
qishloq xojalik biotexnologiyasi va mikrobiologiya

DAYKON  
Daykon  parxez  taom  hisoblanadi,  ishtaxani  ochadi,  ovqatni  yaxshi  hazm 
qilishda  juda  foydali.  Undan  tish  og‘rig‘ida,  turli  shamollash-  larda,  jigar, 
tuberkulez,  tosh  kasalliklari,  qandli  diabetni  davo-  lashda  foydalaniladi.  Siydik 
haydash xususiyatiga ega. Nurlangan insonlarga uni iste’mol qilish tavsiya etiladi. 
37  Yetishtirish  texnologiyasi.  Daykon  har  qanday  tuproqda  ham  о‘sib,  hosil 
beradigan  ekin,  ammo  yaxshi  hosil  olish  uchun  uni  yer  ost-  ki  suvlari  satxi  past, 
yengil,  kumoq  tuproqlarda  yetishtirish  lozim.  Tuproqqa  organik  va  mineral 
о‘g‘itlarni berish lozim. Urug‘larni sepishdan oldin 1 m2 yerga 1 kg gо‘ng, 20 g 
ammoniy  sulfat,  40  g  super-  fosfat  va  20g  kaliy  solinishi  kerak.  Daykon 
agrotexnikasi  turpni-  kiga  о‘xshash.  Daykonni  ekishning  eng  maqbul  muddati-
avgustning  oxiri  va  sentabrning  boshi  hisoblanadi.  Urug‘larni  oldindan  tayyorlab 
quyilgan  egatlarga  bir  qator  qilib  ekiladi.  Eng  yaxshi  natija  1  m  yerga  7-8  ta 
о‘simlik qoldirib yetishtirilganda olinadi. Odatda kо‘chatlar 3-5 kunda unib chika 
boshlaydi. 3 ta chinbarg chiqarganda yagona qilinadi va keyin oziqlantiriladi. Agar 
ekishgacha yerga organik о‘g‘itlar solingan bо‘lsa faqat qator oralari yumshatiladi 
va  sug‘orib  turiladi.  Keyinchalik  tuproqni  begona  о‘tlardan  tozalana-  di,  chopiq 
qilinadi  va  kerak  bо‘lganda  sug‘orib  turiladi.  Daykonni  ob-havo  quruq  bо‘lganda 
yig‘ib  olish  kerak.  Yengil,  qumoq  tuproqlarda  ildizmevani  oson  sug‘urib  olish 
mumkin.  Agar  ildizmevalar  chuqur  joylashgan  bо‘lsa  kovlab  olish  kerak  bо‘ladi. 
Navlari.  Sodiq.  О‘zSPE  va  KITI  Surxondaryo  tayanch  punktida  yaratilgan. 
Ertapishar, kо‘chatlar yoppasiga unib chiqqandan ildizme- valarning texnik pishib 
yetilishigacha  55-60  kun  talab  etiladi.  Ildizmevasi  uzunchoq  -  silindrsimon, 
uzunligi  24-30  sm,  diametri  5,4-6,0  sm.  Magzi  ok,  sersuv.  Ta’mi  juda  yaxshi. 
Ildizmeva-  sining  vazni  580-650  g.  Hosildorligi  63-66  t/ga.  Kuz  hadyasi. 
О‘rtapishar  nav.  Kо‘chatlarning  yoppasiga  unib  chiqishidan  ildizmevalarning 
texnik pishib yetilish- gacha 60-65 kun talab etiladi. Ildizmeva- si ok, silindrsimon, 
uzunligi 23-25 sm, eni 4-5 sm, silliq. Umumiy hosildorligi 56 t/ga. Ildizmevasining 


150 
 
о‘rtacha  vazni  400-450  g.  Mazasi  yaxshi.  Kasallik,  zararkunandalari  va  ularga 
qarshi  kurash.  Daykon  о‘suv  davrida  qandala  bilan  zararlanishi  mumkin  unga 
qarshi о‘simliklarga daraxt kuli va tamakining aralashmasi (1:1) sepiladi. 
SALAT  
Salat bir yillik  о‘simlik bо‘lib, u  yirik barglardan iborat past tupbarg yoki 
salat boshi hosil qiladi. Salatning Krupnokachan- niy va Kok-shox navlari Davlat 
reyestriga kiritilgan. Umuman sa- latning 4 xil turi bor. Ularga bargli salat (о‘suv 
davri  30–40  kun);  poyali  yulma  salat  (bо‘yi  40–80  sm  );  bosh  о‘raydigan  salat 
(о‘suv  davri  40–100  kun);  Romen  salatining  (о‘suv  davri  70–100  kun)  tupbargi 
yirik,  tik  о‘sadi.  Salat  sovuqqa  chidamli  о‘simlik.  Barglarining  о‘sishi  va  bosh 
о‘rashi uchun qulay harorat kunduzi 15–20 oS va kechasi 12–15 oS bо‘lishi kerak. 
U  5  oS  past  haroratda  ham  oz  bо‘lsada  о‘saveradi.  Bargli  va  bosh  о‘raydigan 
salatlar  erta  bahorda  –  fevral  oxiri-  mart  oyining  boshida  ochiq  dalaga  ekiladi. 
Urug‘i 15–20 sm chuqur olingan pollarga yoki lentasimon usulida 2–3 qator qilib 
ekiladi. Bunda lentalar orasi 45–60 sm lentadagi qatorlar orasi 15 sm qilinadi. Bir 
gektar yerga salat urug‘idan 4–5 kg, boshli salatnikidan 3–4 kg ekiladi. Maysalar 
unib  chiqqandan  10–12  kun  о‘tgach  1-marta,  2–3  hafta  о‘tgach  2-marta  (oxirgi) 
yagana  qilinadi.  Bunda  barg  salat  tuplarining  orasida  8–10  sm,  boshli  salatda  esa 
12–15  sm  masofa  qoldiriladi.  Salat  о‘simligini  parvarishlashga  -  о‘tash,  qator 
oralarini  yumshatish,  sug‘orish  va  mineral  о‘g‘itlar  bilan  oziqlantirish  ishlari 
kiradi. Bargli salat maysalar paydo bо‘lgandan 30–40 kundan keyin hosili bir yо‘la 
yig‘ishtirib  olinadi.  Boshli  salatni  hosili  45–50  kundan  keyin  ularni  yetilishiga 
qarab  kunduzi,  bargidan  shudring  kо‘tarilgandan  keyin  birin-  ketin  uzib  olinadi. 
Bargli salatning gektaridan 5–6 t, boshli salatnikidan 8–10 t. dan hosil olinadi. 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish