O‚zr konst o‚rganish 3826. qxd



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/113
Sana20.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#564703
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   113
Bog'liq
14-O‘zb-Res-Kons-ni-o‘rganish-X.Odilqoriyev-va-bosh-Toshkent-2010

Oliy Majlis Senati raisi
va uning o‘rinbosarlari


165
dagi Qonunning 13—15-moddalarida Oliy Majlis
Senati raisi va uning o‘rinbosarlari hududiy maqom-
lari belgilangan.
Senat Raisi Senat tarkib topganidan keyingi bi 
-
rinchi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Preziden 
-
tining taqdimiga binoan Senat a’zolari orasidan
yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy
soni ning ko‘pchilik ovozi bilan Senat vakolati
mud datiga saylanadi. Senat Raisligiga nomzod
ko‘rsatish va saylash tartibi senat Reglamentida
belgilanadi.
Senat Raisi o‘z vazifasini bajarish davrida partiya
va harakatlarga a’zolikni to‘xtatib turadi.
Senat Raisi Senat qo‘mitalarining tarkibiga sayla -
nishi mumkin emas.
Senat raisi yashirin ovoz berish orqali senatorlar -
ning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan
qabul qilingan Senat qaroriga binoan muddatidan
ilgari chaqirib olishi mumkin.
Senat Raisi o‘z vakolatiga kiradigan masalalar
yuzasidan Farmoyishlar chiqaradi.
Senat Raisining vakolatlari O‘zbekiston Respub 
-
likasi Konstitutsiyasining 86-moddasida mustahkam-
langan.
Senat Raisi o‘zining vakolatiga taalluqli masa 
-
lalarni Kengash muhokamasiga kiritishga haqli.
Senat Raisining o‘rinbosarlari Senat a’zolari orasi-
dan yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy
sonining ko‘pchilik ovozi bilan Senat vakolati mud-
datiga saylanadi. Senat Raisining o‘rinbosarligiga
nomzodlar ko‘rsatish va saylash tartibi Senat Reg 
-
lamentida belgilanadi.
Senat Raisining o‘rinbosarlari o‘z vazifalarini
bajarish davrida siyosiy partiyalar va harakatlarga a’zo-
likni to‘xtatib turadi.
Senat raisining o‘rinbosarlari Senat qo‘mitalarining
tarkibiga saylanishi mumkin emas.


166
Senat raisining o‘rinbosarlari Senat raisining top-
shirig‘iga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi va
Senat raisi yo‘qligida yoki o‘z vazifalarini amalga
oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda uning vazifasini
bajarib turadi.
Senat Raisining o‘rinbosarlaridan biri Qoraqal 
-
pog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi.
Qonunchilik palatasi faoli 
-
yatini samarali tashkil etish,
palata qo‘mitalari ishini mu -
vofiqlashtirib borish, qo 
nun
loyihalarini tayyorlash ishini
rejalashtirish masa 
lasini dastlabki tarzda ko‘rib
chiqishni tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi
Kengashi tuziladi.
Qonunchilik palatasi Kengashi palata majlislari
oralig‘ida zaruratga qarab to‘planadi.
Qonunchilik palatasi Kengashining tarkibiga Qo 
-
nunchilik palatasi Spikeri, uning o‘rinbosarlari, frak-
siyalar va deputatlar guruhlarining rahbarlari,
Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining raislari kiradi.
Qonunchilik palatasi Kengashi o‘z vakolatiga kira-
digan masalalar yuzasidan a’zolari umumiy sonining
ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Senat faoliyatini samarali tashkil etish, palata
qo‘mitalari ishini muvofiqlashtirib borish, kun tartibi
yuzasidan takliflar tayyorlash, qonunlarni dastlabki
tarzda ko‘rib chiqishni tashkil etish maqsadida —
Senat Kengashi tuziladi.
Senat Kengashi palata majlislari oralig‘ida zarurat-
ga qarab to‘planadi.
Senat Kengashining tarkibiga Senat Raisi, uning
o‘rinbosarlari, fraksiyalar va qo‘mitalarining raislari
kiradi.
Senat Kengashi o‘z vakolatiga kiradigan masalalar
yuzasidan a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi
bilan qarorlar qabul qiladi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish