Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini tashkil kilish va ijro etish


Mahkumlarni jazoni o‘tash uchun junatish, mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga qabul qilish tartibi



Download 160,5 Kb.
bet5/8
Sana10.06.2022
Hajmi160,5 Kb.
#651346
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5192931656356336507

3. Mahkumlarni jazoni o‘tash uchun junatish, mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga qabul qilish tartibi
Jinoyat ijroiya kodeksining 54-moddasida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov hibsxonasining ma’muriyati hukm qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risida sud xabarnomasini olgan kundan boshlab un kunlik muddat ichida jazoni o‘tash uchun junatadi. Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga junatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston respublikasi Jinoyat Kodeksining 50-moddasiga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirishdan iborat. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 85-moddasiga muvofiq, hukm chikarish paytida un sakkiz yoshga tulmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini umumiy yoki kuchaytirilgan tartibli koloniyalarida o‘tash tayinlanadi.
Yukorida aytib utilganidek, Jinoyat ijroiya kodekiga muvofiq jazoni o‘tash uchun mahkumni junatish hukm qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risida sud xabarnomasi olingan kundan boshlab yoki O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 528-moddasiga muvofiq, hukm apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida murojaat kilish muddati ijro etish muassasiga yuborilishini ta’minlash muammolari hukm chikargan sud tomonidan amalga oshirilishi lozim. Un kunlik muddatning belgilanishi mahkumni vaqtida ijro muassasasiga junatish muammosini xal kiladi. Bu muddatning belgilanishida asosiy omil – mahkum junatilayotgan ijro etish muassasida mahkum bilan bog‘liq muammolarni, ya’ni kanday transport vositasida yetkazilishi, kaysi muassasaga yetkazilishi xal etilishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib hisoblanadi.
Mahkumlar jazoni O‘zbekiston respublikasining xududida jazoni o‘tashadi, ayrim xildagi jazolarni o‘tash xududiylik asosida mahkumning xuxiy jazoni ijro etish muassasasida xam utalishi mumkin. Mahkumni uz xududidan uzok bulmagan muassasada jazoni o‘tashi ko‘plab muammolarni ijobiy xal kilinishiga imkon yaratadi: bu mahkumning oila a’zolari bilan uchrashuv utkazishida moddiy xarajatlarning kamligi, banderol va posilkalar yuborilishida kamxarjlik bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, muassasaning tibbiyot xodimlari insonparvarlik tamoyiliga muvofiq,mahkumning sogligi haqida kaygurishadi. Respublikamizning ayrim viloyatlarida manzil koloniyalarning, tarbiya muassasalarining mavjud emasligi ba’zi bir muammolarni keltirib chikarayotganligi sir emas. Mahkum sogligi yomonlashgan hollarda jazoni utayotgan muasssasada unga profilaktik xizmat kursatish iloji bulmagan hollarda muassasa tibbiyot xodimlarining bergan xulosasiga muvofiq, mahkum boshqa viloyatda gi jazoni o‘tash muassasiga ko‘chirilishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosining ijro etilishi Ichki ishlar vazirligining jazolarni ijro etishning Bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etiladi. Bosh boshqarma jazolarni ijro etish muassasalarini tashkil etadi, ularni boshqaradi, uzgartiradi va tugallash vazifalarini amalga oshiradi.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish jarayonida muassasa ma’muriyati qonun normalarining bajarilishini ta’minlaydi. Bu borada mahkumlarni axloqan tuzatish va kayta tarbiyalash uchun mehnat jamoalaridan, murabbiy va ish urgatuvchi muxandislik faoliyatlaridan xam foydalanishlari mumkin. Muassasa ma’muriyati xodimlari ish xizmati xodimlari hisoblanadi. Mahkum hukm qonuniy kuchga kirganidan sung, jazoni o‘tash uchun junatilganiga kadar yaqin qarindoshlari yoki oila a’zolari bilan qisqa muddatli diydor kurishishiga ruxsat beriladi. Mahkumning kaerga junatilayotganligi uning oila a’zolariga xabar qilinadi. Xabar berish mahkum tegishli joyga junatilganidan sung, uch kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. Xabarda muassasa manzili va kachon junatilganligi ma’lum kilinishi lozim.
Mahkumni jazoni o‘tash joylariga junatish Ichki ishlar vazirligining maxsus yuriknomalariga binoan amalga oshiriladi. Jumladan, konvoy belgilanadi, bu konvoy mahkumni, uning shaxsiy hujjatlarini kabul kilib oladi, belgilangan koloniyalarga olib borib topshiradi. Mahkumlarni ijro etish koloniyalariga junatish, asosan, temir yul yoki avtotransportda amalga oshiriladi. E’tiborli jixati shundaki, mahkumlarni jazoni ijro etish koloniyalariga junatish ularning sodir etgan jinoyat turi, ogirlilik darajasi , jinsi xisobga olingan xolda alohida-alohida junatiladi. Zarur bo‘lib kolgan hollarda kasal mahkumlar maxsus tibbiyot xodimi nazoratida bulishlari mumkin. Mahkumlarni zarur hollarda xavfsizligi ta’minlanadi va kochib ketishi mumkinligini oldini olish maqsadlari amalga oshiriladi.
Mahkumlarni koloniyaga olib borishda ular maxsus mavsumga muvofiq kiyim-bosh bilan ta’minlanadi va maxsus ta’minot belgilanadi. Barcha sarflanadigan xarajatlar davlat byudjeti xisobidan amalga oshiriladi. Mahkumlarni qabul qilish amalga oshirilgandan sung uning otryadi,brigadasi, manzili haqida shuningdek, unga berilgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar beriladi.
&6. Mahkumlar jazoni o‘tash uchun junatilganligi va yetib kelganligi to‘g‘risida xabar.
Jinoyat-ijroiya kodeksining 55-moddasiga muvofiq, tergov hibsxonasining ma’muriyati mahkum jazoni o‘tash uchun junab ketganligi to‘g‘risida uningoilasiga uch kunlik muddat ichida xabar yuborishi shart.
Jazoni ijro etish muassasasining mahkum yetib kelgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida bu xakda hukm chikargan sudni xabardor kilishi, shuningdek mahkumning oilasiga muassasa manzilini kursatib xamda mahkumning yozishma olib borish, uchrashuv, posilka , yo‘qlov va banderollar olish. Telefon orqali so‘zlashuv huquqlarini tushuntirib, xabarnoma yuborishi shart. Mahkumni jazoni o‘tash muassasalariga qabul qilish jazosini ijrosini tashkil etishning maxsus boskichi bo‘lib hisoblanadi. Amaliyotda ba’zan shunday holatlar xam ruy beradiki, mahkumning oila a’zolarigacha mahkumning jazoni o‘tash joyi haqidagi ma’lumot yetib bormaydi, kanday holat ruy berishidan kat’i nazar, muassasa ma’muriyati mahkumning kaysi jazoni ijro etish muassasasida jazoni utayotganligi haqidagi xabarni uning karindoshlariga yetkazishi shart bo‘lib hisoblanadi. Mahkumlarni jazoni ijro etuvchi muassasalarga qabul qilish Ichki ishlar vazirligining tegishli normativ hujjatlariga asosan belgilanadi. Qabul qilishning asosini sudning ayblov hukmi tashkil etadi. Aynan muassasa ma’muriyati tomonidan mahkumning karindoshlariga yuboriladigan xabarnomada mahkum joylashgan muassasa manzilini tulik kursatishi lozim. Shuningdek, mahkumning karindoshlari muassasada saklanayotgan mahkumga turli xildagi noqonuniy narsalar yetkazib berishga huquqlari yukligi haqida ogoxlantiradi. Mahkumning shaxsi, xulq-atvorini, shaxsiy hujjatlarini, sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavfliligini urganish uchun uning kelib tushganidan boshlab un besh sutkagacha vaqt belgilanadi. Bu davr yuridik adabiyotlarda mahkumning korontin davri deb yuritiladi.Eslatib utish lozimki, bu qoida manzil koloniyalardagi, tergov hibsxonalarning xo‘jalik xizmatiga koldirilganlarga va turmaga yuborilganlarga tatbik etilmaydi.
Muassasa raxbarining yordamchisi muassasaga keluvchi mahkumlarning shaxsiy kartochkalarini kabul kiladi. Belgilangan tartib qoidaga rioya kilinmagna hollarda muassasa raxbariyati mahkumni kabul kilmaslik huquqiga ega. Bunday xollar kuyidagilar bo‘lib hisoblanadi:

  • mahkum jazoni ijro etish rejimini kay tartibda o‘tashi kursatilmagan takdirda;

  • sud tomonidan chikarilgan hukm ijro etish koloniyasi rejimiga mos tushmagan takdirda;

  • hukm qonuniy kuchga kirmagan paytda yoki hukmning qonuniy kuchga kirishi haqidagi ma’lumot ( kay paytdan boshlanishi) bulmagan takdirda;

  • mahkum shaxsiga doir ma’lumotlar mavjud bulmagan takdirda;

  • mahkum muassasa ma’muriyatiga naryad yoki muassasa ma’muriyati qoidalarini buzib keltirilgan takdirda;

  • voyaga yetmagan mahkum jazoni ijro etuvchi muassasaga yuborilgan takdirda yoki voyaga yetgan mahkumni tarbiya muassasiga yuborishgan takdirda;

  • mahkumning shaxsiy kartochkasida yetarli ma’lumotlar bulmagan takdirda;

Yukorida kursatilgan holatlardan birontasi mavjud bulmagan takdirdagina muassasa raxbariyati mahkumni kursatilgan rejim bo‘yicha joylashtirib, muassasa nizomi bilan tanishtirib utadi. Muassasada biror bir qoida buzilish holatlari kayd etilgan paytda, muassasa ma’muriyati bu xakda zudlik bilan yukori turuvchi organlarga xabar berishi shart. Bundan tashqari muassada jazoni ijro etilishi qonuniy xal etilayotganligini nazorat kiluvchi prokurorga xam ma’lumot yetkazilishi shart.
Muassasaga yetib kelgan mahkum kiyimlari tintuv qilinadi , xar bir uzi bilan olib kelgan narsasi xam tekshirib kuriladi, bu holatlarning barchasiga qonuniy tus berish maqsadida Jinoyat-ijroiya Kodeksining 67-moddasida belgilab kuyilgan. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumning shaxsi, buyum va kiyimlari tintuv qilinganligi va kuzdan kechirilganligi haqida, kim tomonidan amalga oshirilganligi to‘g‘risida akt yoki protokol hujjati tuziladi. Mahkumning uzi bilan pul, turli xil kimmatli buyumlar olib yurishiga jazoni ijro etuvchi muassasalarda ( manzil-koloniyalardan tashqari) yul kuyilmaydi. Shuning uchun, mahkumga tegishli bulgan tilla takinchoklar, pul va boshqa ashyolar olib kuyiladi. Olib kuyilgan buyumlar haqida kvitansiya berilishi shart.
Mahkum muassasaga yetib kelgan kuni tulik ravishda kompleks tibbiy kurikdan utkaziladi, ularga tibbiy holati to‘g‘risida ma’lumotnoma takdim qilinadi, shuningdek mavsumga mos kiyim-kechak bilan ta’minlanadi. Mahkum tibbiy kurikdan utkazilgach 15 kundan kechikmagan xolda muassasaga joylashtiriladi. Muassasaga yetib kelgan mahkum muassasa tomonidan urnatilgan qonun-qoidalar bo‘yicha xar bir mahkumning shaxsini urganib chikadi. Shuningdek, mahkum kanday ish bilan shugullanishi, kaysi otryadda jazoni o‘tashligi, turmalarda esa kanday izolyatorlarda jazoni o‘tashligi belgilanadi.



Download 160,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish