Umumiy tartibli koloniyalar. Umumiy tartibli koloniyalar Jinoyat-ijroiya kodeksining 47-moddasida belgilab kuyilgan. 12.12.2003 yilda kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga asosan, «umumiy tartibli koloniyalar kuyidagilarga bulinadi:
-ogir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkalar saqlanadigan koloniyalar;
-uta ogir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishag hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
-ogir yoki uta ogir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, ushbu Kodeksning 48-moddasida kursatilgan ayollar bundan mustasno».
Qattiq tartibli koloniyalar. Qattiq tartibli koloniyalar kuyidagilarga bulinadi:
-uta ogir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
-ilgari kasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni utagan va kasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
ilgari kasddan sodir etilgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni utagan va uta ogir jinoyat sodir etganlik yana sudlangan ayollar, shuningdek uta xavfli residivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar. Jinoyat-ijroiya kodeksining 48-moddasida jinoyat-ijroiya qonunchiligining differensiatsiya va indivudiallik prinsipiga rioya etilgan.
Maxsus tartibli koloniyalar. Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, uta xavfli residivist deb topilgan erkaklarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
Maxsus tartibli koloniyalarda o‘lim jazosi avf etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan erkaklar xam saqlanadi. ( O‘zbekiston Respublikasi JIKning 49-moddasi)
Shu ikki turdagi shaxslardan tashqari boshqa kishilar bu xildagi maxsus tartibli koloniyalarga joylashtirilishi mumkin emas.Shuningdek, bu xildagi kameralarda o‘lim jazosiga hukm qilinganlar va uta xavfli jinoyatchilar saqlanadi. Koloniya ma’muriyati tomonidan maxsus tartibli koloniya maxbuslari urtasida tushuntirish ishlarini olib boradi. Maxsus tartibli koloniyalarda muassasaning turma kurinishidagi nazoratchilari rezina tayokchalari bilan kurollangan nazorati ostida kamera tipidagi koloniyalarda saklanishligi nazarda tutiladi.
Tarbiya koloniyalari. Jinoyat-ijroiya kodeksining 50-moddasida tarbiya koloniyalari voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan mahkumlarni saqlashga mo‘ljallangan. Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy asoslarga kura utaladi. Un sakkiz yoshga yetgan mahkumlar voyaga yetmagan mahkumlardan ajratilgan xolda saqlanadi.Voyaga yetmagan mahkumlarni tarbiya koloniyalarda saqlashning asosiy boisi shuki, jinoyatchilik soxasida tajribali mahkumlarning salbiy ta’siridan saqlash imkoniyatlarini yaratadi.