Kalit so„zlar:
adabiy hayot, tarixiy davr, adabiy portret, adabiy tanqid, ijodiy muhit, tarixiy taraqqiyot va ijodkor mas‘uliyati.
Kirish.
Elimizga minglab iste‘dodlarni yetishtirib
bergan Ho‗qandi latif Usmon Nosirga ham o‗z bag‗rini ochdi.
Shoir sifatida she‘riyat ilmining olmos qirralarini kashf
etishida XX asr Qo‗qon adabiy muhitining alohida o‗rni bor.
Bu davrda Usmon Nosir qatori Amin Umariy, Temur Fattoh,
Madamin Davron, Muhsin Hamidov singari shoirlarning bu
zamindan yetishib chiqqani Qo‗qondagi adabiyotga, nafis
san‘atga bo‗lgan yuksak e‘tiborning amaliy ifodasidir. Albatta,
shoir-u adiblarning xalqqa yetishtirib berishda Po‗latjon
Qayyumiy, Muxtor Muhammadiy domlalarning xizmatlari
beqiyos. Shu o‗rinda Usmon Nosirning ham ma‘naviy
kamolotida O‗zbekiston davlat dorilfununida shoirga tahsil
bergan Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abdurahmon Sa‘diy,
V.L.Vyatkin, Gregory Shengeli, Gʻozi Olim Yunusov, Shokir
Sulaymon singari yirik darg‗alarning adabiy ta‘siri sezilib
turadi. Ustozlar ko‗magida toshda o‗sgan gul kabi Usmon
Nosir bo‗y ko‗rsatdi. Turmush urinishlarida, hayot yo‗llarida
qoqilgan Usmon uchun Po‗latjon domla tashkil qilgan ―Yangi
hayot‖ maktabi, chin ma‘noda shoirga yangi hayot berdi.
Qo‗qondagi ―Dorush-shafaqa‖ yotoq maktabi shoirning
kamolotida alohida mavqega ega maskan sifatida tarixga
muhrlandi. Qo‗qonlik o‗gay otasi Nosirxojining hamda
Usmon Nosir qarashlaridagi o‗rtasidagi turfa xillik va
shoirning cheksiz azob–uqubat ichida ulg‗ayishidagi voqealar,
hayotiy haqiqatlarning ochiqlanishi Ernest Hemunguyeyning
―Buyuk yozuvshi, shoir bo‗lish uchun iste‘dod bilan
birgalikda, baxtsiz bolalik kerak bo‗ladi‖, - degan dono fikrlari
naqadar to‗g‗ri ekanligini yodimizga soladi. ‖Usmon Nosir
deganda biz kimni tushunamiz. U shunday iste‘dod egasiki,
bamisoli tekkan joyini kuydirguvchi olovdir. Shoirning g‗oyat
qisqa umriga nazar solgan kishi juda uzoq o‗ylarga tolishi
shubhasizdir. Chunki bu chaqmoqdek umrda benihoya katta
imkoniyatlar yonib ketganligini ko‗rib va his qilib turasiz.
Usmon Nosir ulug‗ va abadiy she‘riyatning diydasidan oqib
ulgurmagan shabnamdir, u hali qahqahaga aylanmay
lablarimizda manguga qotib qolgan nim tabassumdir. Uning
she‘rlari ko‗z kabi tirik, jonli, tutqich bermas hayot
poralaridir».[1] Darhaqiqat, bu o‗rinda Abdulla Oripovning
qanchalar haq ekanligini Usmon Nosirning ijod boyligi
ko‗lami va ma‘nisi so‗z isbotini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |