O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2021, [1/6]
ISSN 2181-7324
FALSAFA
http://science.nuu.uz/uzmu.php
Social sciences
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/5/1 2021
- 152 -
barqarorlik, nutqning hissiy rangi, milliy rang va madaniyatni
aks ettirish bilan tavsiflanadi. Har qanday tilni o'rganish
jarayonini frazeologik birliklarni bilmasdan tasavvur qilish
qiyin, chunki so'zma-so'z tarjima ularning aniq ma'nosini aks
ettirmaydi. Bu, shuningdek, so’zlovchi va metodik soha
vakilining va tinglovchi bilan muloqotga kirishish tezligi,
bunday muloqotdagi o'zaro mutanosibligi, g'oyalar va takliflar
almashish tezligi bilan ham bevosita bog’liqdir. Biror bir
tilning frazeologiyasini bilish o’sha tilda yanada samarali
muloqot qilish imkonini beradi, chunki frazeologiyani
tushunish madaniyatni yaxshiroq bilishni anglatadi. Shu
sababli, tillarni o’rganishda frazeologik birliklar juda
muhumligini
inobatga
olinishi
kerak.
Zero
bunday
ifodalarning
markazida
muayyan
vaziyatda
muayyan
tinglovchiga nisbatan gapiradigan fikr yotadi.
Frazeologik tahlil pragmatik yo'nalishni ko'zda tutadi,
ya’ni bunda ma'ruzachi va tinglovchilarning niyatlari, ularning
ijtimoiy roli va holati, aloqa harakatining joyi, vaqti va
shartlari, shuningdek, suhbatdagi harakati yetakchi o’ringa
chiqadi.
Bu omillar so`zlovchiga ta'sir ko'rsatadi, uning
nutqidagi ravonlikni va rang baranglikni ta’minlaydi. Iboralar
muayyan mazmunni ifodalashning nisbatan barqaror shakli
sifatida takrorlanishi ham mumkin, chunki frazeologiyaning
me’yoriy mezonlari ayrim holatlarda shuni talab etadi.
Bugungi kunda dunyoda xalqlar o'rtasidagi o'zaro tushunish
muammosi keskinligicha qolmoqda, shuning uchun turli xil
xalqlarning tarixiy, siyosiy va madaniy rivojlanishi natijasida
yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengib o'tishni o'rganish va
o’rgatish juda muhimdir. Jumladan, xorijiy til sifatida fransuz
tilini o'rganish mazmunini yangilashning asosiy tamoyillari
ham ijtimoiy-madaniy komponentni kuchaytirish, fransuz
tilini o'z mamlakati va fransuz tilida so'zlashadigan
mamlakatlar haqidagi bilim manbai sifatida qabul qilish bilan
belgilanadi. Bizningcha, har qanday chet tilini o'qitishning
yangi sifatiga erishish uchun talabaning manfaatlarini,
ehtiyojlarini hisobga olgan holda, har birining shaxsiy
qobiliyatlarini rivojlantiradigan, ma'naviy boy, bilimdon
shaxsni shakllantiradigan, o'z xalqi va boshqa mamlakat
xalqlarining an'analari va madaniyatini hurmat qiladigan, o'z-
o'zini
tarbiyalash
qobiliyatlarini
shakllantiradigan
va
shaxsning o'zini o'zi anglashiga yordam beradigan shaxsiy
yo'naltirilgan ta'lim jarayonini amalda qo’llash maqsadga
muvofiqdir.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, ta`lim tizimida chet
tillarni, xususan fransuz tilini o'qitishning ikkita ustuvor
maqsadini shakllantirish kerak:
1) kognitiv-kommunikativ maqsad;
2) kognitiv-rivojlantiruvchi maqsad.
Kommunikativ maqsadlar tinglab tushunish, o'qish,
yozish, gapirish kabi tilga oid kompetentsiyalarni to’lig’icha
qamrab olgan holda amalga oshiriladi.
Ikkinchi maqsad - kognitiv va rivojlantiruvchi
maqsadning mohiyati shundaki, xorijiy til sifatida fransuz
tilini o'qitish talabalarning umumiy tafakkuri va nutq
qobiliyatini rivojlantiradi, ularning e'tiborini xorijiy va ona
tillarida fikr bildirishning lingvistik shakllariga qaratadi,
talabalarning lingvistik motivatsiyasini oshiradi.
Bizning fikrimizcha, frazeologik birliklar yashirin
ma'noga ega bo'lgan barqaror majoziy iboralardir. Ko`plab
filologlar frazeologik birliklarning bu yashirin ma'nosiga
unchalik ahamiyat berishmaydi va ular ko’pchilik uchun
ko'pincha lingvistik sir bo'lib qoladi. Shuning uchun
frazeologik birliklar chet tilini o'rganishda semantik jihatdan
eng murakkab til birliklari sifatida qabul qilinadi. Shuning
uchun badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop uslubdagi matnlarda
hamda
nutqiy
faoliyatga
kirishuvda
qo’llaniladigan
frazeologik birliklarni o’rganish qiyin kechadi.
Ba'zan tarkibiga ko’ra yoki shakliga nisbatan
frazeologik birliklar o’z ma'nosida qo’llaniluvchi so'zlarning
oddiy kombinatsiyalariga o'xshaydi. Bunday holatda, faqat
situativ kontekst, shuningdek, so'zlarning o’z ma'nosida
sintaktik aloqalarga kirishuvi va frazeologik birliklarning
yaxlit tarzda sintaktik aloqaga qo’shilishini bir-biridan farqlay
bilish va bu so’z birikmalari va frazeologik birliklarni til
o’rganuvchiga misollar yordamida tushuntirib berish katta
samara berishi mumkin. Bu o’rinda ayniqsa ta’limda
lingvokulturologik yo’sindagi frazeologiyalarga etimologik
jihatdan yondasha bilish muhimdir. Misol uchun, talabalarga
frantsuz tilidagi “Revenons à nos moutons” ( ma’nosi:
mavzuga
qaytaylik;
so`zma-so`z
tarjimasi:
qo`ylarga
qaytaylik) iborasini oddiy so’z birikmasi bilan bo’lgan
bog`liqligini didaktik jihatdan tushuntirish jarayonida bu
ifodaning etimologiyasiga, milliy-madaniy xususiyatlariga
to’xtalib o’tish talab etiladi.
Agarda fransuz tili o’qituvchisi bu frazeologik birlik
tarkibidagi so’z birikmasini to’g’ridan-tog’ri tarjima qilsa, u
holda uni “qo`ylarga qaytmoq” deb tarjima qilishi kerak
bo’ladi. Agarda o’qituvchi bu iborani anglatgan ma’nosiga
ko’ra “mavzuga qaytmoq” deb talabalarga tushuntirsa,
talabalarda “Mavzu bilan qo’yning o’rtasida qanday
aloqadorlik bor?” degan savol paydo bo’lishi tabiiy. Shu
boisdan mazkur frazeologik birlik fransuz xalqining
lingvomadaniy qadriyati orqali, ya’ni qadimda fransuzlar
uchun qo’y boqish yashash uchun eng asosiy, eng zarur
bo’lgan narsa ekanligini talabalarga tushuntirish bilan,
“qo’ylari yoniga qaytish” tushunchasi vaqt o’tishi bilan
kognitiv metafora shaklidagi “asosiy mavzuga qaytish”
iborasini hosil qilganligi borasida aytib berish talabalar uchun
ham qiziqarli, ham tushunarli bo’ladi deb hisoblaymiz.
Shu bilan birga, frazeologik birliklarni so'zma-so'z
tarjima qilish bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Bu
o’rinda tegishli frazeologik birlikning tom ma’nosini faqat
kontekstdan, shuningdek frazeologiyaning yashirin ma'nosini
ifodalovchi maxsus frazeologik lug’at orqali bilib olish
mumkin.
Ikkinchi chet tili sifatida fransuz tilini o'qitishning
dastur talablariga binoan, leksik materialni o'zlashtirish
o'quvchilarining lingvistik, sotsiolingvistik va ijtimoiy-
madaniy kompetentsiyasini shakllantirishga yordam beradi.
Ijtimoiy-madaniy kompetentsiyani shakllantirishda ona tilida
mos kelmaydigan fon va muqobil bo'lmagan lugat bilan
ishlash katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa xorijiy tillarni
o’rganishda lingvistik va madaniy sharhlarga murojaatni,
bilimlarni kengaytirish vositasi va qo'shimcha ravishda, so'z
boyligining ushbu qismini o'zlashtirishga qaratilgan mashqlar
to'plamidan foydalanishni nazarda tutadi.
Ma'lumki,
mashqlar
tizimi
mashqlar
guruhlari
ierarxiyasidagi eng yuqori birlikdir va u nutqning barcha
turlarida nutq malakalarini o'rgatish vositasi hisoblanadi.
Olimlarning ta’kidlashicha, frazeologik birliklarini xorijiy
tilda o'rgatishda quyidagi mezonlarga javob beradigan
mashqlar to'plamiga amal qilish kerak:
majburiy mashqlar majmuasini belgilashda maqsadni
hisobga olish mezoni;
tegishli mashqlarni tanlashda va ularning ketma -
ketligini aniqlashda ko'nikmalarni shakllantirish va malakasini
oshirish bosqichlarini hisobga olish mezoni;
har xil turdagi mashqlar nisbatini aniqlashda aniq
o'quv shartlarini hisobga olish mezoni;
materialni o'zlashtirishdagi qiyinchiliklarning asta-
sekin o'sishini hisobga olish mezoni.
Bizning fikrimizcha, frazeologiyalarni o’rgatishda
mashqlar majmuasining asosiy mezonlarini aniqlab olish,
ushbu mezonlarga asosan frazeologik birliklarni o’rgatishni
tashkil etish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |