O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


Tadqiqot  metodologiyasi



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/225
Sana25.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#303787
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   225
Bog'liq
2. Falsafa 60-215 (20)

Tadqiqot 
metodologiyasi.
Talabalarda 
liderlik 
motivatsiyasining 
psixologik 
hususiyatlarini 
aniqlashga 
qaratilgan tadqiqotimizga O‘zbekiston Milliy Universitetining 
145 nafar talabalari jalb qilindi. Ushbu tadqiqotda quyidagi 
metodikalardan foydalanildi:
(E.Jarikov 
va 
E.Kruselnitskiylarning) 
Sardor 
metodikasi; 
Elersning muvafaqiyatga erishish va mag‘lubiyatdan 
qochish motivatsiyasini aniqlashga qaratilgan testi; 
Delingerning geometrik figuralar testi; 
Liderlikni aniqlashga qaratilgan Sardor (E.Jarikov va 
E.Kruselnitskiylarning) metodikasi 50ta savoldan iborat bo‘ib 
“ha” va “yo’q” javoblarini tanlash kerak bo‘ladi. Ushbu 
metodikada bo‘yicha kalit bilan to‘g‘ri kelgan javobga 1 ball 
taqdim etiladi.
Jami ballar 25gacha bo‘lsa, sardorlik hususiyatlari 
kam rivojlangan bo‘ladi. Jami ballar 26dan 35gacha bo‘lsa, 
sardorlik hususiyati o‘rtacha rivojlangan bo’ladi. Agar jami 
ballar 36dan 40gacha bo‘lsa sardorlik hususiyati kuchli 
rivojlangan bo‘ladi. Agar yig‘ilgan ball 41dan oshadigan 
bo‘lsa, bu kishi o‘z hukmini o‘tkazadigan sardordir. Ushbu 
metodika orqali biz, 4 toifadagi liderlarni aniqlab olish 
imkoniyatini olamiz. E.Jarikov va E.Kruselnitskiylarning 
aytishicha pedagoglarga sardorlik xususiyatining o‘rta yoki 
kuchli rivojlanganligi mos keladi, lekin olimlar fikricha, o‘z 
hukmini o‘tkazadigan sardordan yaxshi pedagog chiqmaydi.
Liderlik motivatsiyasini aniqlashga qaratilgan Elers 
metodikasida, 
shaxsning 
ijtimoiy 
xulq 
motivatsiyasi 
muvaffaqiyatga yo‘nalganligi, uning harakat dasturi hamda 
maqsadlarida namoyon bo‘ladi. Muvaffaqiyatga yo‘nalgan 
shaxslarda o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarish sifatlari 
yuqori bo‘ladi, ikkinchi toifadagi kishilarda juda past bo‘ladi. 
Psixologiyada shaxsning ijtimoiy hulq motivlari o‘rganuvchi 
hilma-hil metodikalar mavjud. Shulardan biri, T.Elersning 
“Muvaffaqiyatga 
erishish 
motivatsiyasini 
aniqlash”ga 
qaratilgan metodika. Ushbu metodikada 41ta muvaffaqiyatga 
erishish motivatsiyasini aniqlashga qaratilgan savollar 
berilgan. Ularga muvofiq, talaba 1 balldan 10 ballgacha 
yig‘gan bo‘lsa, unda bu talabada muvaffaqiyatga nisbatan juda 
past motivatsiya ekanligi aniqlanadi. Agar talaba 11 balldan 
16 ballgacha yig‘sa, unda bu talabada muvaffaqiyatga nisbatan 
o’rta darajadagi motivatsiya ekanligi aniqlanadi. Talaba 17 
balldan 20 ballgacha yig‘gan bo‘lsa, ushbu talabada anchagina 
yuqori motivatsiya ekanligi ko‘rinadi. Va nihoyat, agar talaba 
21dan yuqori ballni qo‘lga kiritsa, bunda u muvaffaqiyatga 
nisbatan o‘ta yuqori motivatsiyaga ega ekanligi ko‘rinadi.
Elersning “Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini 
aniqlash”ga qaratilgan metodikasining davomi sifatida 
Elersning 
“Mag‘lubiyatdan 
qochish 
motivatsiyasini 
aniqlash”ga qaratilgan metodikasi ham mavjud. Ballar 
yig‘indisi qanchalik baland bo‘lsa, muvaffaqiyatsizlikka yo‘l 
qo‘ymaslik va himoya qilish uchun motivatsiya darajasi 
shuncha yuqori bo‘ladi. 
2 dan 10 gacha ball: himoya qilish uchun past 
motivatsiya; 
11 dan 16 ballgacha: o‘rtacha motivatsiya darajasi; 
17 dan 20 ballgacha: yuqori motivatsiya darajasi; 
20 balldan yuqori: muvaffaqiyatsizlikka yo‘l 
qo'ymaslik, himoya qilish uchun juda yuqori motivatsiya. 
“Muvaffaqiyatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik" motivi ustun 
bo‘lgan odamlar uchun, o‘zlarining psixofiziologik moyilligini 
zamonaviy hayotga tatbiq etadigan, ularni ijobiy natijaga 
aylantiradigan faoliyat sohasini topish juda muhimdir. Odatda 
ular 
baxtsiz 
hodisalardan 
qo‘rqishadu. 
Shaxsning 
muvaffaqiyatsizlikka yo‘l qo‘ymaslik motivining ustunligi 
o‘zini 
past 
baholashga 
olib 
keladi. 
Takroriy 
muvaffaqiyatsizliklar bunday odamni odatdagi depressiya 
holatiga, o‘ziga bo‘lgan ishonchning doimiy pasayishiga va 
muvaffaqiyatsizlikka qarshi surunkali qo‘rquvga olib kelishi 
mumkin. 
Bunday 
odamlar, 
qoida 
tariqasida, 
yutuq 
motivatsiyasi 
rivojlanishining 
past 
darajasiga 
ega. 
Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi past bo‘lganlar, 
o‘zlariga 
ishonmasliklarini 
va 
qilayotgan 
ishlariga 
yuklanishlarini ko‘rsatadilar. Qiyin vazifalar ularni bezovta 
qiladi. 
Talabalalarda liderlik motivatsiyasining psixologik 
hususiyatlarini aniqlash maqsadida Delingerning geometrik 
figuralari testidan ham foydalanildi. Bunda talabalarga 5ta 
geometrik 
figura 
(to‘rtburchak, 
uchburchak, 
to‘g‘ri 
to‘rtburchak, aylana, zigzag) taqdim etildi va ulani yoqtirishi 
ketma ketligida raqamlab chiqishi so‘raldi. Psixogeometriya 
testi shaxsni aniqlashdagi eng qulay va amaliy usul bo‘lib, 
shakllarni tanlashiga qarab shaxsning xarakter xususiyatini 
aniqlash imkoniyati mavjud. Binobarin, metodikani o‘tkazish 
tartibi juda oddiy bo‘lib, uning talqini ham unchalik katta 
qiyinchilik tug‘dirmaydi. Birinchi tanlagan shakl bu 
tekshiriluvchining asosiy, markaziy shakli hisoblanadi. Bu 
shakl uning ustunlik qiluvchi muhim xarakter xususiyatlarini 
aniqlash imkonini beradi. Qolgan to‘rtta shakl birinchi 
(asosiy) shakl xususiyatlarini u yoki bu darajada “bezab” 
turishi mumkin. Oxirgi shakl esa, sinaluvchining tegishli 
xususiyatni rad etishini, ya’ni unga mos kelmagan xislatni 
ko‘rsatadi. Demak, har bir shakl o‘zida murakab psixologik 
jihatlarni qamrab oladi.
Tahlil va natijalar. Sardor metodikasi natijasida, talabalar 
orasidan 37 % kuchli yoki hukmini o‘tkaza oladigan lider 
aniqlandi. 63 % talabada esa, liderligi o‘rtacha yoki kam 
rivojlangani aniqlandi.



Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish