O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz falsafa 1/5 2021


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana24.03.2022
Hajmi0,72 Mb.
#508288
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FALSAFA 
1/5 2021 
- 233 -
Ushbu sinergetik nazariya rivojlanishning universal mexanizmi 
sifatida barcha dissipativ tizimlarga xos bo‘ladi. Jamiyat ham 
xuddi shunday tizimdir, shu sababdan ushbu nazariya jamiyat 
taraqqiyotiga ham bevosita taalluqlidir” [4; 119-b]. Ushbu 
mulohazalardan kelib chiqib fikr yuritadigan bo‘lsak, jamiyatda 
yashovchi insonlar taraqqiyoti, yuksalishi, bilimlilik darajasi, 
dunyo bo‘yicha baxtli yashash indeksi, turli muammolarga 
oson yechim topishi, global tahdidlarga bardosh bera olishi va 
butun bir umuminsoniy tamoyillarni o‘zida mujassam etishi va 
o‘z-o‘zini tashkillashtirishi uchun samarali taʼlim tizimi 
yordami zarurdir. Shuni taʼkidlash lozimki, o‘z-o‘zini 
tashkillashtirish jarayoni oddiy tashkillashishdan shunisi bilan 
farqlanadiki, u tizimning tabiati bilan uyg‘unlashadi, tizimning 
tabiatiga kirib boradi va unga tashqi omillar taʼsir ko‘rsatmaydi. 
Bu esa aynan bugungi kunda, turli global tahdidlar insoniyat 
kelajagiga xavf solayotgan bir davrda o‘ta muhimdir. 
O‘z-o‘zini tashkillash hodisasini o‘rganish XVIII 
asrdayoq boshlangan. Bu klassik siyosiy iqtisod asoschisi 
Adam Smitning (1723-1790) nazariy izlanishlari bilan 
bog‘langan. U o‘zining “Xalqlar boyligining mohiyati va 
sabablari” asarida bozorda spontan (yaʼni o‘z-o‘zidan sodir 
bo‘ladigan, tashqi omillar emas, balki ichki sabablar tufayli 
yuzaga keladigan) tartiblanish turli, ko‘p hollarda qarama-
qarshi maqsad va manfaatlarga ega bo‘lgan qatnashchilarning 
o‘zaro taʼsiri natijasidir degan g‘oyani bayon etgan [3; 157-b]. 
Shuni taʼkidlash o‘rinliki, fazo va vaqtdagi hodisalar, jarayonlar 
ham o‘z-o‘zidan tartiblashadi. F.f.d. B.Turayev taʼbiri bilan 
aytganda: “Har qanday jismning tanasi va ichki aʼzolarining 
tashkil etgan fazoviy nuqtalar shunday tartibda joylashganki, 
har bir nuqta o‘zining qatʼiy o‘rniga ega, bu tartib buzilsa, bu 
jism parchalanib ketishi yoki ichi bilan tashqarisining farqi 
qolmaydi” [7; 59-b]. Tartiblanish ham o‘z-o‘zidan tashkilla-
shishning bir ko‘rinishidir. Koinotdagi barcha narsa va 
hodisalar azaldan, yaʼni ilk vujudga kelgan paytlaridan boshlab 
o‘z-o‘zini tashkillashtirish orqali bugungi holatiga yetib kelgan. 
O‘z-o‘zini tashkillashtira olmagan obyektlar sharoitga mos-
lashmay halokatga uchragan. Insoniyat ham bugungi 
tamadduniga aynan asrlar davomida turli muhit va sharoitlarga 
moslasha olganligi, yaʼni doimo o‘z-o‘zini tashkillashtira 
olganligi uchun ham yetib kelgan. Inson va boshqa tirik 
jonzotlarni o‘z-o‘zini tashkillashtiruvchi tizim sifatida keltirish 
mumkin. Insoniyat tashqi muhitdan modda va energiyani, 
axborotni qabul qilish mobaynida o‘z-o‘zini tashkillashtiradi 
hamda ana shu qabul qilgan axborotlarni yoki tashqi muhit 
taʼsirini yana axborotga aylantiradi. Taʼlim jarayoni orqali 
samarali bilim asosida inson o‘z-o‘zini tashkillashtiradi va 
yillar davomida olgan axborotini (bilimi) qayta ishlab 
jamiyatga taqdim etadi. Shuni taʼkidlash o‘rinliki, tizim 
taraqqiyoti, rivoji manbai o‘z-o‘zini tashkillashtirishdir. Shu 
bilan birga professor Sh.S.Qo‘shoqov taʼkidlaganidek, o‘z-
o‘zini tashkillash evolyutsion jarayonning mavjudligini 
taʼminlaydigan manba va asosdir. O‘z-o‘zini tashkillovchi 
tizim shunisi bilan ajralib turadiki, u tashqi muhitdan olayotgan 
modda va energeya hisobidan o‘zining tarkibiy qismlarini 
to‘xtovsiz tiklaydi, barqarorlashtiradi, ichki va tashqi taʼsirga 
javoban o‘zining strukturasi va funksiyasini yangilatadi [6; 
168-b]. Agar taʼlim jarayoni insonga yetarli darajadagi ijobiy 
yo‘naltirilgan energiyani bera olsa, inson o‘z hayoti davomida 
har qanday moddiy va maʼnaviy muammolarga yechim topadi 
hamda har qanday salbiy taʼsirlardan himoyalana oladi. 
Sinergetika qonuniyatlaridan bilamizki, o‘rganilayot-
gan sistemamiz ochiq va energiya almashinuvi xususiyatiga ega 
bo‘lishi kerak. Shuni inobatga olishimiz kerakki, ochiqlik 
deganda, faqat tashqi muhitdan kirib keladigan modda va 
axborotni emas, balki sistemadan tashqi muhitga chiqadigan 
modda, energiya va informatsiyani ham hisobga olish lozim. 
Chunki jamiyat sistemasidagi ochiqlikni ham shunday holatda 
ko‘ramiz. Yaʼni jamiyatda yashovchi insonlardan axborot va 
energiya tashqi muhitga ham chiqadi, ham qabul qilinadi. 
Masalan, taʼlim jarayonida bilim olganda, o‘rganganda, taʼlim 
manbalaridan foydalanganda axborot qabul qilinsa, olingan 
bilimlarni talqin etilganda, qo‘shimcha maʼlumotlar bilan 
boyitilganda hamda maʼlum natijalarni qo‘lga kiritganda 
axborot chiqariladi. Qo‘shimcha maʼlumotlar va axborotlar 
yaratiladi. Bu axborot o‘z navbatida sistemaning muhim 
elementlari ham bo‘lishi mumkin. Chunki O.Fayzullayev 
taʼbiri bilan aytganda: “Sinergetik sistemalar ochiqdir. Ochiq 
sistemaga tashqaridan hamma narsa kirib kelavermaydi. Faqat 
faol hisoblanadigan energiya, modda va informatsiyalar kiradi” 
[8; 99-b]. Demak, taʼlim jarayoni inson hayoti va faoliyati, 
kelajagi uchun faol hamda muhim bo‘lgan energiya, modda va 
informatsiya sanaladi. 
Sistemalarning ochiq va yopiqligi haqida fikr 
yuritganda, taniqli fransuz faylasufi Anri Bergsonning ochiq 
jamiyat haqidagi g‘oyalari ham diqqatga sazovor. Bergson 
fikricha, “yopiq jamiyat” “statik” (turg‘un) axloq va dunyo-
qarashga, “ochiq” jamiyatni esa “dinamik” (o‘zgaruvchan) 
axloq va dunyoqarashga asoslanadi. Birinchi turdagi “yopiq” 
jamiyat kishilik jamiyatini faqat evolyutsion tur sifatida 
saqlanishiga xizmat qilsa, “ochiq” jamiyat esa insoniyatning 
keyingi evolyutsiyasiga yo‘naltiriladi. Birinchi turdagi jamiyat 
boshi berk ko‘chaga kirsa, ikkinchisi hayot jarayonlarining 
uzluksizligiga olib keladi [8; 313-b]. His-tuyg‘u mohiyati 
sifatida inson hayvondan yuqori, maʼnaviy-ruhiy o‘z-o‘zini 
tashkillashtirish nuqtayi nazaridan farishtadan pastda turadi. 
O‘z mohiyatining ana shu ikki tomoni bilan ularga qavmdosh 
bo‘lsa-da, hayvon ham emas, farishta ham emas. Ularning har 
ikkovidan ham ustun tomonlari bor. Bu bevosita Alloh 
tomonidan yaralganligi bilan belgilanadi. 
Professor B.O.Turayev taʼkidi bilan aytganda, 
insoniyat sinergetik tafakkur uslubi kurtaklaridan qadimdan 
foydalanib keladi, garchi bunday tafakkur tarzi 
sinergetik 
tafakkur
deb atalmagan bo‘lsa-da. Sinergetikaning ildizida 
o‘zini-o‘zi rivojlantirish, murakkablikning zamirini tahlil etish, 
tartibsizlikdagi tartibotning mohiyatini, nochiziqli tafakkur 
tarzini, voqelikdagi murakkab jarayonlarning orqaga qaytmas-
ligini izohlash, ochiq sistemadagi tashqaridan energetik zaxi-
rani to‘ldirish mexanizmini ochib berish, sistema va element 
dialektikasini yangicha izohlash yotadi. Bu jarayonlarni 
o‘rganish zaruriyati insoniyatni haqiqatdan ham murakkab 
hisoblangan obyektlarni tadqiq etishga majbur qilgan, bu esa, 
o‘z navbatida, insoniyatning tadqiqot imkoniyatlarini kengay-
tirgan. Taʼlim jarayonining insonni o‘z-o‘zini tashkillashtirishi-
dagi o‘rnini tahlil etar ekanmiz, insonlar jamiyati sistemasining 
yopiq bo‘lishi turg‘unlikka, rivojlanishdan, taraqqiyotdan 
orqaga qolishga olib kelishini qayd eta olamiz. Sistemaning 
ochiqligi esa yana-da takomillashuvga, yangi g‘oyalar bilan 
boyib boraverishiga qaratiladi. Shuni ham inobatga olishimiz 
lozimki, faylasuf Q.Nazarov taʼkidlaganidek, sinergetika ham 
fanlarning oxirgi va mutlaq uslubi emas, balki taraqqiyot 
natijasida, o‘zgaradigan va takomillashadigan tafakkur 
mevasidir [9; 236-b].
«O‘z-o‘zini tashkil etish» tushunchasi sistemali yonda-
shuvning muhim tushunchasidir. Mazkur tushuncha tarkibiy 
qismlari o‘rtasidagi aloqalar qatʼiy emas, balki ehtimoliy 
xususiyatga ega bo‘lgan murakkab, ochiq, o‘z-o‘zini rivojlan-
tiruvchi tizim (tirik hujayra, organizm, biologik populyatsiya, 
odamlar jamoasi va sh.k.)ni yaratish, rivojlantirish yoki 
takomillashtirish jarayonini tavsiflaydi. Hozirgi zamon fanida 
o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizimlar o‘z-o‘zini tashkil etish 



Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish