O‘zMU kimyo fakulteti, kimyo yo‘nalishi 2-kurs, K-1802 guruh talabasi
Ravshan MELIQO‘ZIYEV
Kolloid kimyo fanidan 2-topshiriq javoblari.
Mavzu: Dispers sistemalar elektr xossalari , zarracha zaryadini aniqlash
Elektroforez va elektroosmos .
1. Kolloid zarrachalarning zaryad hosil bo’lishi nimaga bog’liq?
Kolloid zarracha ma’lum bir zaryadga ega bo’lganligi uchun ham tashqaridan elektr to’ki
berilganda zarrachalar elektrodga tomon harakat qiladi. Kolloid zarrachalarning zaryadi
zolning tabiatiga bog’liq. Metall oksidlari va gidroksidlari musbat zaryadli, kumush, oltin,
platina, oltingugurt, metal sulfide va silikat kislota zollari esa manfiy zaryadli. Kolloid
zarrachalarning zaryadi zilning qanday olinishiga ham bog’liq bo’ladi.