Elektron-kovak o’tishi-yarim o’tkazgichning biri n-tur elektr o’tkazuvchanlikka, ikkinchisiga esa, p-tur elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan ikki sohasi orasidagi metallurgaviy o’tish sohasi.
p-n o’tish hosil bo’lishining fizik manzarasini qarab chiqamz. Nd konsentratsiyasi donor kirishma butun hajm bo’yicha tekis taqsimlangan, elektron turdagi o’tka- zuvchanlikka ega bo’lgan yarim o’tkazgizchli kristall mavjud bo’lsin. Kristallning biror qirrasi bo’yicha Nd konsentratsiyali akseptor kirishma diffuziyasi o’tgazilsin, bu holda Na>>Nd (1.1-rasm). Bunday diffuziyadan so’ng yarimo’tkazgich hajmi turli turdagi o’tgazuvchanlikka ega bo’lgan ikki qismga ajraladi. Haqiqatdan ham, butun 0sohada <> konsentratsiyasi p=Na-Nd, elektonlar konsentratsiyasi esa Nd ga teng. Na>>Nd bo’lganligi sababli, asosiy zaryad tashuvchilar kovaklar hisoblanadi. x>x1 sohada <> konsentratsiyasi kam (Na< elektronlar konsentratsiyasi esa n=Nd, demak bu sohada elektronlar hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda x=x1tekislik yaqinida psohadan n sohaga o’tish shakillanadi,yani p-n o’tish hosil bo’ladi
Asosiy qism
Yarimo‘tkazgichlarning tuzilishi. Xususiy o‘tkazuvchanlik
Yarimo‘tkazgichlarda elektr tokining tabiatini tushunish uchun, ularning tuzilishini bilish kerak. Buning uchun tarkibida hech qanday chet moddalar bo‘lmagan toza kremniy kristalini qaraylik. Kremniy atomida elektronlar qavatlar bo‘yicha joylashganda uning eng tashqi qobig‘ida to‘rtta elektroni joylashadi. Qo‘shni atomlar bir-birini shu elektronlar vositasida tutib turadi. Har bir atom qo‘shni atom bilan o‘zining bitta elektroni orqali bog‘lanadi. Natijada ikkita atom o‘zaro ikkita elektron orqali bog‘lanadi. Bunday bog‘lanishni kovalent bog‘lanish deyiladi.
Asosiy qism
Kovalent bog‘lanishda qatnashayotgan elektronlarni valent elektronlar deb ham yuritiladi. Demak, valent elektronlar butun Kristall atomlariga tegishli bo‘ladi.
Elektron o‘tkazuvchanlik. Past temperaturalarda juft elektronlar hosil qilgan bog‘lanish kuchli bo‘lib, uzilmaydi.
Shu sababli past temperaturalarda kremniy elektr tokini o‘tkazmaydi. Temperatura ko‘tarilganda valent elektronlarning kinetik energiyasi ortadi. Ayrim bog‘lanishlar uzila boshlaydi. Ulardan ayrimlari borib-kelib, yurgan yo‘lidan chiqib, metalldagi kabi erkin elektronga aylanadi. Mazkur elektronlar elektr maydoni ta’sirida yarimo‘tkazgich bo‘ylab ko‘chadi va elektr tokini hosil qiladi (1-rasm).
Erkin elektronlarning ko‘chishi tufayli yarimo‘tkazgichda tok hosil bo‘lishiga elektron o‘tkazuvchanlikyoki qisqacha n-turdagi o‘tkazuvchanlik (lotin. negativus – manfi y) deyiladi.
Kovakli o‘tkazuvchanlik. Kovalent bog‘lanishda qatnashgan elektron chiqib ketgan joyda kovak hosil bo‘ladi. Neytral atomdan manfi y zaryadli elektron chiqib ketgan joy musbat zaryadga ega bo‘ladi.