Apoptoz (yunoncha apoptosis) so’zidan olingan bo’lib, bargning uzilib tushishi degan ma’noni anglatadi. Apoptoz bu hujayraning genetik dasturlashtirilgan o’limi. Yani , qari hujayralar o’z vazifasini o’tagandan keyin eski hujayra nobud bo’la bo’la boshlaydi va uning o’rniga yosh o’z vazifalarini to’la ado etiladigan hujayralar hosil bo’la boshlaydi. Bu jarayon apoptoz deyiladi. Bunda Апоптик таначалар қутбли хужайралар томонидан фагоцитозга учрайди, нобуд бўлаётган ҳужайраларнинг ички қисмида мавжуд моддалар ташқи муҳитга чиқади ва шу сабабли бу соҳада шамоллаш кўринишидаги реакция юзага келади.
Apoptoz jarayonini nekrozdan farqi xujayra membranasi butunligi buzilmaydi
Apoptoz
Demak bu ma’lum mexanizm asosida va tartibda kechadi. Shu sabab ham hujayraning dasturlashtirilgan o’limi deyiladi. Voyaga yetgan organizmda apoptoz jarayoni vositasida jarohatlangan va o’z vazifasini bajarib bo’lgan va qari hujayralar yo’qotiladi. Lekin meyoridan ortiq apoptoz organizmda o’lgan hujayralarni ko’payib ketishiga sabab bo’ladi. Demak apoptoz normal holatda bo’lgandagina inson organizmi uchun foydali.
Apoptoz jarayoni tufayli organizmda yosh, yangi hujayralar faoliyat yuritadi va albatta erta qarilikni oldini oladi va organizmning yosharishiga sabab bo’ladi.
Apoptoz
ning morfologik biokimyoviy belgilari. Sitoplazma matriksdan ajraladi.
Yadro bir necha bo’laklarga bo’linib ketadi.
Xujayra suvsizlanadi
Apoptotik tanachalar xosil bo’ladi
Apoptotik tanachalar makrofaglar tomonidan lizis qilinadi.
Apoptoz
Apoptoz
Apoptoz mexanizmi o’rganilishi jarayonida Amerikalik olimlar musulmonlar ro’zasini naqadar foydali ekanligini tasdiqladilar. Ular inson va boshqa sut emizuvchilar umrining davomiyligi va ochlik o’rtasidagi bog’liklini tushuntirib hujayra mexanizmini tushuntirib berishga muvaffaq bo’ldilar.
Olim David Sinclair aniqlashicha ochlik vaqtida hujayra hayotini uzaytiruvchi SIRT3 va SIRT4 genlari aktivlashadi. Bu ma’lumotdan hozirgi kunda hujayra umrini, inson umrini uzaytirish bo’yicha dorilar yaratsa bo’lar degan nazariylar mavjud.
Apoptoz
Och qoldirilgan labaratoriya hayvonlar ustida o’tkazilgan tajribada, kemiruvchilar organizmi sitoplazmasi (hujayra suyuqligi)da NAD+ sitezini ishga tushiruvchi Nampl oqsili aktivlashadi, bu esa o’z navbatida SIRT3 va SIRT4 genlari bilan kodlanadigan fermentlar sintezini oshishiga olib keladi. Bu fermentlar esa mitoxondryalar ishiga va hujayra energetic almashinuviga ijobiy ta’sir qiladi ya’ni hujayra qarishini oldini oladi va meyoridan ortiq apoptoz yuzaga kelishining oldini oladi. Doktor Kristian Lyuvenburg boshchiligidagi Florida Universiteti olimlarining ta’kidlashicha , oziq moddalarning organizmga yetarlicha tushib turmasligi va davomiy holda hujayralarga cheklangan miqdorda ozuqa bilan ta’minlanishi o’z navbatida organizmning yosharishiga va erta qarilikdan saqlanishda yordam beradi. Bu holat hujayrani autofagiyasi faollashishi ya’ni jarohatlangan mitoxondriyalar va boshqa hujayra strukturalarining strukturasi buzilishi va qayta ishlanishi orqali yuz beradi.