O'zlik nisbati darsning maqsadi


BESH TASHABBUS-BESH IMKONIYAT



Download 442,56 Kb.
bet2/2
Sana10.11.2019
Hajmi442,56 Kb.
#25559
1   2
Bog'liq
2.Tayyor 6-ona tili O'zlik nisbat

BESH TASHABBUS-BESH IMKONIYAT

Do‘stim bekor o‘tmasin kuning, Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz.

Qara axir bizga sharoit, yaratmatmoqda beshta tashabbus.

Tabiatni turfa tasvirlab, rasm chizib bera olgin tus.

Yoki qo‘shiq aytgin baralla, seni qo‘llar beshta tashabbus.

Sog‘lom tana, norg‘ul bo‘l doim, chempion bo‘l, olg‘a yur doim,

Sport bilan mashg‘ul bo‘l doim, senga yo‘ldosh beshta tashabbus.

Internetdan bilgin jahonni, yangilikni tezda bilib ol.

Charchoqlarni engish chun bir oz, mayli ozroq o‘yin o‘ynab ol.

Kompyuter, texnika asri, rivojlanib bormoqda xanuz.

Sen ham o‘qib, o‘rganib olgin, imkon berar beshta tashabbus.

Kitob bilan do‘st bo‘lib olgin, o‘qib ko‘ngling to‘lsin nurlarga.

Tarix bizni osonlik bilan, etkazmagan ushbu kunlarga.

Kitob o‘qi, kitob sovg‘a qil, yoshlar bizdan olsinlar o‘rnak.

Maktab uchun sovg‘a qilsak gar, bir kitob ham bo‘ladi ko‘mak.

Ishsizlik ham chekinar ortga, har kim halol rizqini terar.

Yangi yangi ish o‘rinlarni, besh tashabbus yaratib berar.

Besh tashabbus besh imkoniyat, do‘stim uni sovurma ko‘kka.

Hammasidan foydalangin kel, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsat yurakka.
O’qituvchi: Keling uyga vazifani so’raylik: O’quvchilar darsimiz bahs-munozara darsi bo’lganligi sababli o’quvchilarni ikki guruhga bo’lsak.
I guruh Morfologiya

Nima almashib kelar,

So’roq qilib, belgilab,

Toki ko’rsatib tursam

Der, “olmosh” o’z o’rnida.

II guruh Sintaksis

To’ldiruvchi derlar asli otimni

Men ikkinchi darajali bo’lakman.

Kesimjonning orqasidan ergashib,

Ma’nosi to’ldirgani kerakman.

O’quvchilarni rag’batlantirish maqsadida “yulduzcha”, “barglar” beriladi. Har guruhdan bir vakil chiqib yozuv taxtasiga osilgan ramziy su’ratga yopishtiring.Dars oxirida xulosalaymiz.

Uyga vazifa qilib sizga qanday mashqlar berilgan edi?




II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

o'tgan mavzuni mustahkamlash uchun doskaga ona tili so'zi yozib qo'yiladi .




O

N

A

T

I

L

I

Har bir kartochkaga savol qistirilgan bo'ladi .
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Berilgan gaplardagi fe'llarni toping va ularni tarkibiy qismlarga ajrating.

1. Halima juda ozoda kiyinadi. 2. Sobir masalani yechishga qiynaldi.



2-topshiriq. Yuqoridagi fe'llarning qo'shimcha qismi qanday ma'no ifodalayotganini aniqlang.

BILIB OLING. Bajaruvchining o'zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe'l shakli o'zlik nisbati deyiladi. O'zlik nisbati shakli fe'l asosiga -(i)n, -(i)l qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil bo'ladi.


103-mashq. Fe'llarning qaysi nisbatda ekanligini ayting. Ular ishtirokida gap tuzing va ma'nosini tushuntiring.

Taradi — tarandi, yuvdi — yuvindi, maqtadi — maqtandi.




ESDA SAQLANG. Unli bilan tugagan fe'l asosiga o'zlik nisbatining -n yoki -l, undosh bilan tugagan fe'l asosiga esa -in yoki -il qo'shimchalari qo'shiladi.



104-mashq. Matnni o'qing. Fe'llarni ajratib, nisbatini aniqlang va yasalishini tushuntiring.

O'zbekiston xalq shoiri Habibiy domla aruzni chuqur o'rganib va unda ijod qilib, mumtoz adabiyotimiz an'analarini baholi qudrat davom ettirgan. Shu boisdan u o'ttizinchi yillarning boshida adabiyotdan chetlatilgan, uning uchun nashriyot eshiklari yopib qo'yilgan. O'sha kezlari domla tirikchilik vajidan Andijonning chekka bir qishlog'idagi magazinda ishlashga majbur bo'lgan. («Vatan tuyg'usi»)



105-mashq. Berilgan qo'shimchalardan nisbat qo'shimchalarini ajrating. Ularni fe'l asoslariga qo'shib, gaplar tuzing.

-gach, -t, -uv, -ir, -n, -guncha, -la, -in, -il, -tir, -giz, -l, -gan, -chi, -li, -iz.



106-mashq. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi qo'shimchalardan mosini qo'yib, gaplarni ko'chiring.

1. Ilm zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o'tkir qiladi, savobni gunohdan, halolni haromdan, pokni nopokdan ajra... (-t, -l, -sh)ib beradi. (A. Avloniy) 2. Ammo kampirning dodiga odam tez to'pla... (-l, -n, -t )di. (Abdulla Qahhor) 3. Uning og'ilga kirib qilgan taftishi Qobil boboga bir umid bag'ishlagan edi, bu so'zdan haddan ziyoda sev... (-il, -in, -dir)di. (Abdulla Qahhor) 4. Nurga to'ldi dara, to'ldi soy, Nur yog'... (-in, -l, -il)di qorong'i jarga. (Hamid Olimjon) 6. Yaltiraydi, doim tovla... (-t, -n, -l)ar, Oy nuriga cho'miluvchi tosh. (Hamid Olimjon)




IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

Sehrli sandiqcha o’yini o’ynaladi

Sandiqcha ichiga mavzuga oid savollar solinadi

1. O'zlik nisbati shakli qanday ma'noni bildiradi?

2. O'zlik nisbati qo'shimchalarini ayting va ularni fe'l asosiga qo'shing.

3. Hosil bo'lgan fe'llar ishtirokida gaplar tuzing.

4………………………………………………………………

5…………………………………………………………

6…………………………………………………………

7…………………………………………………………

8…………………………………………………………

9…………………………………………………………

10…………………………………………………………


Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim


















Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim











So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan yangi mavzu borasida qanday tushunchalarga ega ekanliklarini so’raydi,ular tomonidan bayon etilgan tushunchalarni “Bilaman” nomli bandga yozadi. O’quvchilarda fikrlash qobilyatini cheklab qo’ymaslik uchun ushbu harakatda o’quvchilarning noto’g’ri fikrlari ham yoziladi.

O’qituvchi o’quvchilardan yangi mavzu yuzasidan yana nimalarni o’zlashtirishni hohlashlarini so’raydi va o’ylashga da’vat etadiO’quvchilar tomonidan aytilgan tushunchalar “Bilishni xohlayman” nomli bandga yozib boriladi.Har ikkala bandda ham faoliyat yakunlangach, o’qituvchi yangi mavzuni slaydlar yordamida bayon etadi.O’quvchilar o’qituvchini eshitib bo’lishgach, yana nimalarni bilib oldim ?“ degan savolga javob topishlari lozim bo’ladi.Guruhlardagi o’quvchilar o’zaro fikrlashib,yangi tushunchalarni bayon etdilar.
V. Uyga vazifa.

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

Ilmiy bo’lim mudiri: ____________________
Dars yoqdi Darsga Dars yoqmadi

tushunmadim





.
Download 442,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish