Barcha avtomobillar yorug‘lik signalizasiyasi minimal majburiy komplektiga quyidagilar kiradi: ikkita old va ikkita orqa gabarit chirog‘i, ikkita tormozlash signali, ikkita old va ikkita orqa burilish ko‘rchatkichlari, ikkita yon takrorlagichlar; ikkita yorug‘lik qaytargichlari; nomer belgisini yoritish fonari, avariya signalizasiyasi. Ba’zi avtomobillar turlari 9 uyidagi qo‘shimcha jixozlarga ega: YUk avtomobillari uchun kontur chiroqlari, taniqli chiroqlar, imtiyozli harakat signallari.
Aktiv yorug‘lik signallari asboblari (o‘zining yorug‘lik manbasiga ega) qorong‘u vaqt uchun (gabarit chiroqlari va boshq.) va sutka bo‘yicha (tormozlash signallari, burilish ko‘rsatkichlari va avoriya signalizasiyasi) ishlatiladi. qorong‘uda ishlatiladigan asboblarini ko‘rinishini ta’minlash uchun uncha katta bo‘lmagan 2…12 kd yorug‘lik kuchi kerak bo‘ladi, sutka bo‘ylab ishlaydiganlar uchun kunning quyoshli vaqtida ham ko‘rinishi kerak, bunga 200…700 kd yorug‘lik kuchi kerak bo‘ladi. Har bir turdagi asbobga yorug‘lik kuchi, avtomobilda joylashishi, ko‘rinish burchagi, signalning yorug‘ligi bo‘yicha talablar mavjud. Old chiroqlar uchun oq rang, orqa uchun – qizil qabul qilingan. qizil chiroqning afzalligiga quyidagilar kiradi: odam tomonidan deyarli nol intensivlik bo‘lganda chiroqni sezishni saqlanishi, yomg‘ir, tuman va tutun orasidan yaxshi o‘ta olishi, boshqa chiroqlar orasida kontrastligi va boshq. Miltirovchi chiroqlar uchun EEK OON qoidalari bo‘yicha pushti chiroq ruhsat etilgan. Operativ mashinalar uchun ko‘k rangdagi miltirovchi chiroqlar qo‘llaniladi.
Gabarit chiroqlari mashinaning maksimal chetlariga joylashtiriladi. YOrug‘lik manbasi 5 Vt gacha quvvatga ega bo‘ladi. Gorizontal bo‘yicha ±20° va vertikal bo‘yicha ± 10° burchak ostida old chiroqlarning yorug‘lik kuchi 4...60 kd, orqaniki esa — 2...12 kd.
Tormozlash signallari harakatlanish ishltirokchilarini YUrishni sekinlashishi yoki avtomobilni to‘xtashishi to‘g‘risida ogohlantiradi. Ular sutka bo‘yicha ishlaydigan signallarga turiga kiradi. Ular kunduzi yaxshi ko‘rinishi kerak va kechasi harakatlanish ishtirokchilarini ko‘zini qamashtirmasligi kerak. YOrug‘lik manbasining quvvati 21 Vt ga teng. YOrug‘likning o‘q bo‘yicha kuchi (avtomobil harakat o‘qi bo‘yilab) 40...100 kd bo‘lishi kerak. Ikki rejimli asboblar ham ishlatiladi: kunduzgi rejimda — yorug‘lik kuchi 130...520 kd, kechasi — 30...80 kd bo‘ladi. Asboblarning past joylashishi intensiv bo‘lgan transport oqimida ikkinchi va uchinchi avtomobillar xaydovchilari manevr haqidagi ahborotni olmaydilar, bu esa avariyaga olib keladi. O‘tgan asrning 70-yillarida salonda orqa oynaning YUqori qismiga qo‘shimcha chiroqlar o‘rnatila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |