YOritish tizimlarining klassifikasiya: yoruqlik tarqatilishining turi bo‘yicha — yevropacha va amerikacha; yoruqlik tarqatilishini ijrosi bo‘yicha – ikki va to‘rt farali, gomofokalli; Optik elementlarning shakli bo‘yicha — aylanali va to‘g‘ri burchakli.
Old yoritish faralari xarflar bilan belgilanadi: R — uzoqni yoritish, S — yaqinni, SK — uzoqni va yaqinni birgalikda.
Uzoqni yoritish rejimida to‘siqlarni aniqlash masofasi avtomobilni to‘xtatish uchun etarli bo‘lishi kerak. Buning uchun jismning yoritilish darajasi 2 lk dan kam bo‘lmasligi kerak. Avtomobilning to‘xtash masofasi harakat tezligining kvadratiga proporsional bo‘ladi, zarur bo‘lgan yorug‘lik kuchi esa masofaning kvadratiga proporsional, shuning uchun faralarning zarur bo‘lgan yorug‘lik kuchi tezlikning to‘rtinchi darajasiga proporsional bo‘ladi.
YAqinni yoritish rejimida ro‘paradagi avtomobillar harakatining xavfsizligini ta’minlash talabi kelib chiqadi. Xaydovchilarni uzoqni yoritish chiroqlaridan ko‘zlarining qamashishi adaptasiyasi bir necha sekundlarga boradi, bu esa to‘qnashuvni keltirib chiqarishi mumkin. YAqinni yorituvchi chiroq yo’lning uncha katta bo‘lmagan qismini yoritishni ta’minlaydi, yorug‘lik tarami o‘ngga surilgan, bu ko‘z qamashishini oldini oladi.
Yaqinni yorituvchi chiroqlarda yorug‘lik tarqatilishi rejimlarining amerikacha (a) va yevropacha (b) tizimlari
Yoritishning evropacha va amerikacha tizimlari yaqinni yoritish rejimi shartlarini belgilaydi. Ular yorug‘lik taramining tuzilishi va uni tashkil qilishning usuli bo‘yicha ham farq qiladi (2-rasm). Bizning mamlakatimizda yevropacha sistema g‘abul qilingan. Bu tizimdagi faralarning yorug‘lik texnikasi normalari EEK OON № 1 oddiy lampalar uchun va № 20 galogen lampalar uchun, hamda GOST 3544—75 bilan tartibga solinadi.
SK turidagi faralarda ikki tolali lampa 2 qo‘llaniladi (3-rasm, a). Uzoqni yoritish chirog‘i tolasi 3 qaytargichning fokusidagi optik o‘q bo‘ylab joylashgan. YOrug‘lik tarami gorizontal tekislik bo‘yicha ±1,5° va vertikal tekislikda ±0,75° og‘ish bilan konsentrasiyalanadi. YAqinni yorituvchi tola 4 old tomonda o‘qdan yuqori turadi. Uning ostida chap cheti 15° burchak ostida qirqilgan ekran 5 o‘rnatilgan (3-rasm, b), u qaytargichning pastgi qismini qamrab oladi. SHuning uchun bu rejimda yorug‘lik tarami biroz pastga va o‘ngga tushadi. Ekran 6 to‘g‘ri nurlanishni to‘sib qoladi.
Old faralar. Ko‘p yillardan beri mashinalarda ikkita farali tizim uchun optik elementi 178 mm bo‘lgan aylana farali va 146 mm to‘rt farali tizim uchun qo‘llanilgan. Optik element o‘zaro bir biri bilan elimlangan shisha turqatgich 1 va metall qaytargich 2 ko‘rinishida tayyorlangan (4-rasm), unga flanesda siquvchi prujinali o‘rnatilgan yorug‘lik manbai – lampa 6 o‘rnatilgan.
Lampaga kuchlanish patron 7 orqali keladi. Lampaning oldida yupqa metall lentadan doira shaklida yasalgan ekran o‘rnatilgan. U lampaning to‘g‘ri nurlarini to‘sib qoladi. Tutkich 4 faraning korpusiga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan, bu vintlar 3 yordamida uning ikkita – vertikal va gorizintal tekislikda holatini rostlash imkonini beradi. Korpus 5 metalldan tayyorlangan va optik element chetlariga uni kirgazib qo‘yish uchun flanesga ega. Korpusning orqa qismida tarmoq simlari uchun shtekerli teshik bajarilgan.
3-rasm. YAqinni va uzoqni yorituvchi taramlarni tashkil qilish (a) va yaqinni yorituvchi chiroq ipi ekrani konstruksiyasi (b): 1—kaytargich; 2—lampa; 3 — uzokni yorituvchi ip; 4— yakinni yorituvchi ip; 5—pastki nurlar ekrani; 6— tugri nurlar ekrani
Do'stlaringiz bilan baham: |