IV. Ishni bajarish uchun zarur bo’ladigan plakatlar, priborlar va asboblar Qo’rg’oshin kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalari; elektrolit zichligini o’lchash asboblari; areometr; raqamli akkumulyatorlarning sinov asbobi; elektrolit.
V. Ishini bajarish tartibi Akkumulyatorning turlari va ularning umumiy tuzilishini ohrganish.
Qo’rg’oshin kislotali akkumulyator batareyalari ishlash rejimlarini tahlil qilish.
Elektrolit tayyorlash va uning zichligini aniqlashni amaliy ohrganish.
Bajarilgan ishlar yuzasidan umumiy xulosa chiqarish va takliflar kiritish.
1.1-jadval
t/r
Elektrolit zichligi, me’yor bo’yicha
Elektrolit zichligi
Zichliklar farqi
qishda
yozda
1
2
3
VI. Hisobot shakli va mazmuni Hisobot quyidagilardan tarkib topgan bo’lishi kerak:
Ish maqsadi.
Akkumulyator batareyasining umumiy tuzilishi.
Ish rejimlarini tahlili va jarayonlar reaksiyalarini keltiring.
Elektrolit tayyorlash tartibi.
Akkumulyatorlar batareyalari zichligini aniqlash va me’yor bilan solishtirish (1.1-jadval tohldirilsin).
VII. Nazorat savollari Akkumulyator batareyalarining vazifasi.
Akkumulyator batareyalarining turlari.
Akkumulyator batareyalarining ishlash sharoiti va ishlash prinsipi.
Qo’rg’oshin kislotali akkumulyator batareyalari ish rejimlari.
Qo’rg’oshin kislotali akkumulyator batareyalarining umumiy tuzilishi.
Elektrolit tayyorlash va uning zichligi.
Laboratoriya ishi - №2 Mavzu: Generatorlar texnik holatini tekshirish.
I. Ish xajmi: Laboratoriya ishi 2 soat auditoriya vaqtiga va 2 soat mustaqil ishga mohljallangan.
II. Ishni bajarishdan maqsad: O`zgarmas tok generatorlari vazifasi, tuzilishi va ishlashini ohrganish.
O`zgarmas tok generatorlariga TXK va nosozliklarni bartaraf etish bo’yicha amaliy kohnikmalar hosil qilish.
III. Ishni bajarish uchun zarur bo`lgan qisqacha nazariy ma’lumotlar O`zgarmas tok generatorining vazifasi, tuzilishi va ishlash uslubi. Mahlumki, mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi elektr mashinani generator deb ataymiz. Generatorda elektr toki hosil qilish elektromagnit induksiyasiga asoslanadi. Avtomobillarda qo’llaniladigan generatorlar muvoziy chulghamli O`zgarmas tok generatoridir. Avtomobil generatori harakatni dvigatelning tirsakli validan shkiv orqali oladi. Tirsakli valning O’rta va undan yuqori aylanishlarida generator ishlab chiqargan elektr energiya istehmolchi asbob va qurilmalarini bemalol ta’minlab, ortiqcha tokni bir vaqtning ohzida akkumulyator batareyasiga yuboradi va uni zaryadlaydi. O`zgarmas tok generatori (4.1-rasm) harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan qismlardan iborat. Harakatlanuvchi qism yakor 5 va uning valiga shponka yordamida ohrnatilgan shkivdan tashkil topgan. Generator yakorining valiga ohrnatilgan shkiv tirsakli valning shkivi bilan tasma orqali tutashganligi sababli, dvigatel ishlaganda harakat generator yakoriga muttasil ravishda uzatiladi. Generator shkivida maxsus parrakchalar qilingan bo`lib, bu parrakchalar generator ishlaganda uni havo oqimi bilan solitib turadi. Generatorning korpusi varaqali (listli) kamuglerodli pohlatdan yoki pohlat trubalardan tayyorlanadi.
Yani elektr energiyasiga aylantirib elektr mashinani generator deb ataymiz. Generatorda avtomobillarda 4.1-rasm. O`zgarmas tok generatori:
a-buylama qirqimi, b-detallari;
1-shkiv, 2 va 15-qopqoqlar, 3-moydonlar, 4 va 12-sharsimon podshipniklar,
5-yakor, 6-kollektor, 11 va 13-cho`tka tutgichlar, 14 -himoya lenta (tizma)
q