Ozlari fanidan o‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi



Download 15,88 Mb.
bet95/153
Sana23.04.2022
Hajmi15,88 Mb.
#576155
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   153
Bog'liq
MEETGJ - MAJMUA 2021-2022

8- Amaliy mashg’ulot
Yordamchi elektr jixozlarining ishlashini o‘rganish.

Zamonaviy avtomobillarida harakat xavfsizligini ta’minlash, haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, yonilg‘ini tejash bilan bog‘liq bo‘lgan mexanizmlarni harakatga keltiradigan elektryuritmalar keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Elektrodvigatel, uzatish mexanizmi va boshqarish asboblaridan iborat bo‘lgan elektromexanik tizimga elektr yuritma deb ataladi. Elektr yuritmalar avtomobilning quyidagi moslamalarida ishlatiladi: isitkichlar va ventilyatorlar, avtomobilning oldi-orqa oynalari va faralarni tozalagichlar, yon oynalar va radioantennani ko‘tarish-tushirish mexanizmlari, o‘rindiqlarni harakatlantiruvchi mexanizmlar va hokazo.
Avtomobillarda kollektorli o‘zgarmas tok elektrodvigatellari qo‘llanadi. Mexanik energiyani uzatish uchun tishli va qo‘shtaroqli uzatmalar, krivoship-shatun mexanizmlari ishlatiladi. Elektrodvigatelni boshqarish tizimi turli xil relelar, elektron moslamalar, datchiklar, uzgich va almashlab ulagichlardan iborat. Elektrodvigatel, mexanik energiyani uzatish moslamasi, bajaruvchi mexanizm va boshqarish sxemasining elementlari konstruktiv jihatidan bitta umumiy qurilmaga birlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, elektrodvigatel oynatozalagich reduktori bilan birikib motoreduktorni hosil qiladi. Elektr oynatozalagich va oynayuvgichlar ham elektrodvigatel va bajaruvchi mexanizmning birikishidan hosil bo‘lgan moslamalardir.
Ishlatish joyi va sharoitiga qarab eletrodvigatellar uzoq, qisqa vaqt davomida yoki qisqa vaqt takroriy rejimlarda ishlashi mumkin.

Avtomobillarning elektryuritmalarida faqat o‘zgarmas tok elektrodvigatellari ishlatilib, ularning elektromagnit va doimiy magnitlardan uyg‘otiladigan turlari mavjud.
Elektromagnitli uyg‘otish tizimiga ega bo‘lgan elektrodvigatelning tuzilishi 6.1-rasmda keltirilgan. Elektrodvigatel yakori 1, ikkita o‘zi o‘rnashadigan metallkeramik podshipniklar 7 da aylanadi. Podshipniklar qopqoq va korpus 11 da prujinalar 5 va 14 bilan ushlab turiladi va namatdan tayyorlangan tiqma 6 ga shimdirilgan moy bilan moylanib turadi. Qopqoq va korpus murvat 3 yordamida bir-biriga tortib qo‘yilgan. Yakorning halqasimon usulda o‘ralgan chulg‘amlari kollektor 8 ga ulangan. Kollektor shtampalash yo‘li bilan mis tasmalardan tayyorlanadi. Cho‘tka 9 kollektorga prujina 10 yordamida bosib turiladi. Cho‘tkatutqichlar traversa 4 ga mahkamlangan. Korpusning ichki silindrik sirtiga stator joylashtirilgan bo‘lib, uning qutblari 12 ga uyg‘otish chulg‘ami 13 o‘rnatilgan. Quvvati katta bo‘lgan elektrodvigatellarning yakori zo‘ldirli podshipniklarga o‘rnatiladi.

Oynatozalagichlar avtomobilning old tomonidagi (ba’zi avtomobillarda orqa tomonidagini ham) oynasini qor, yomg‘ir va har-xil ifloslardan tozalash uchun xizmat qiladi. Oynatozalagich aralash uyg‘otish tizimiga ega bo‘lgan doimiy magnitli elektrodvigatel, almashlab ulagich, qo‘chqaroqli reduktor, krivoship, pishang va tortqilar, cho‘tkalar, termobimetall plastinali saqlagichdan iborat. Yakor 1 ning (6.3-rasm) aylanma harakati uning o‘qidagi qo‘chqaroq 13 orqali reduktorning plastmassadan tayyorlangan shesternasi 12 ga uzatiladi. Krivoship 4, shesterna valiga qattiq mahkamlangan bo‘lib, uning aylanishi rezina tozalovchi cho‘tka pishanglari 8 ni o‘z tayanchlari 7 ga nisbatan tebranishga olib keladi. Krivoship harakati cho‘tkalarga tortqilar 5 va pishanglar 6 orqali uzatiladi. Elektrodvigatelni tok manbaiga ulash va uzish, uning yakorini tezligini o‘zgartirish almashlab ulagich 2 yordamida amalga oshiriladi.


Oynatozalagich cho‘tkalarining kichik tezlikda ishlashini ta’minlash uchun almashlab ulagich 2 ning kontakt lappagi 9, tok elektrodvigatel uyg‘otish chulg‘amining parallel ulangan g‘altaklariga, qarshilik 10 dan o‘tmasdan boradigan I holatga keltiriladi.
Tozalovchi cho‘tkalar tezligini oshirish uchun almashlab ulagichning kontakt lappagi boshqa holatga keltiriladi (II holat), Bu holda elektrodvigatel uyg‘otish chulg‘amining parallel g‘altagi zanjiriga qarshilik 10 ulanadi. Uyg‘otish zanjirida tok kuchining susayishi, uyg‘otish magnit oqimini kamaytiradi, natijada yakor aylanishlar chastotasi ortadi. Almashlab ulagich o‘chirilgandan keyin ham (0 holat), plastina 16, kontakt lappak 11 ning kesilgan joyiga o‘rnashguncha elektrodvigatel ishlab turadi.
Oynatozalagichlar avtomobilning old tomonidagi (ba’zi avtomobillarda orqa tomonidagini ham) oynasini qor, yomg‘ir va har-xil ifloslardan tozalash uchun xizmat qiladi. Oynatozalagich aralash uyg‘otish tizimiga ega bo‘lgan doimiy magnitli elektrodvigatel, almashlab ulagich, qo‘chqaroqli reduktor, krivoship, pishang va tortqilar, cho‘tkalar, termobimetall plastinali saqlagichdan iborat. Yakor 1 ning (6.3-rasm) aylanma harakati uning o‘qidagi qo‘chqaroq 13 orqali reduktorning plastmassadan tayyorlangan shesternasi 12 ga uzatiladi.
Krivoship 4, shesterna valiga qattiq mahkamlangan bo‘lib, uning aylanishi rezina tozalovchi cho‘tka pishanglari 8 ni o‘z tayanchlari 7 ga nisbatan tebranishga olib keladi. Krivoship harakati cho‘tkalarga tortqilar 5 va pishanglar 6 orqali uzatiladi. Elektrodvigatelni tok manbaiga ulash va uzish, uning yakorini tezligini o‘zgartirish almashlab ulagich 2 yordamida amalga oshiriladi.


Tiko, Damas rusumli avtomobillarning o’t oldirish tizimining umumiy sxemasi
1-akkumulyator, 2-bosh saqlagich, 3-O’OK, 4-saqlagich, 5-O’OG’,
6- taqsimlagich, 7-taqsimlagich rotori, 8-qabul qilish chulg’ami, 9- tranzistor kommutatori, 10-datchik rotori, 11-vakuum-rostlagich, 12-markazdan qochma rostlagich, 13-o’t oldirish shamlari.






Download 15,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish