Burilish ko’rsatkichlari. Burilish ko’rsatkichlari avtomobilni harakat yo’nalishini o’zgartirishi (burilishi, orqa tomonga qaytishi va hokazo) haqidagi ma'lumotni boshqa transport vositalari haydovchilariga yetkazish uchun xizmat qiladi. Xalqaro standartlarga ko’ra hamma transport vositalarining oldi va orqa tomonlariga 2 tadan to’q sariq rangli burilish ko’rsatkichlari o’rnatish shart deb belgilangan. Hozirgi zamon qoidalariga ko’ra qo’shimcha burilish ko’rsatkichlari avtomobilning yon tomoniga-qanotlarga, kabinaga yoki kuzovga ham o’rnatiladi.
Burilish ko’rsatkichlari dam yarqirash, dam miltirash rejimida ishlaydi. Yarqirash-miltirash chastotasi 1 Gs dan (1 minutda 60 ta yarqirash-miltirash) kam, 2 Gs dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Burilish ko’rsatkichlarining yorug’lik taqsimlash tafsifnomalari ham BMT EIK ning N6 va N7 qoidalari bilan me'yorlashtirilgan.
Burilish ko’rsatgichlari avariya xabarchisi vazifasini ham bajaradi. Bu holda avtomobilning hamma burilish ko’rsatkichlari baravariga yarqirash-miltillash rejimida ishlaydi.
Yorug‘lik asboblari optik element, korpus va elektr zanjiri elementlaridan tashkil topgan.
Optik element lampa, qaytargich va nur tarqatgichlardan tuzilgan. Optik element asosan 1 bo‘limdagi sanab o‘tilgan talablarni bajaradi. YOrug‘lik oqimining konsentrasiyasi paraboloidli qaytargich bilan ta’minlanadi (1-rasm). Uni nuqtali yorug‘lik nuri manbasining fokusiga joylashtirsa, nur paraboloid sirtidan qaytarilib, qaytargichning o‘qiga parallel bo‘lgan (punktir chiziqlar) nur tutami hosil bo‘ladi. YOrug‘lik nurining real manbasida (nuqtali emas) u qaytariladi va kichik burchak 2α oralig‘ida tarqaladi (uzlulsiz chiziqlar). qaytargichga hamma yorug‘lik oqimi ham tushavermaydi, faqat uning bir qismi: F q Isr1 (bunda I — yorug‘lik nurlanish manbasining o‘rtacha kuchi; (1 — moddiy burchak).
1-rasm. YOrug‘lik oqimining tarqalishi (a) va qaytargichning qamrash burchagi (b):
2α – nurning tarqalish burchagi; 2φ – qaytargichning qamrash burchagi; f – fokus masofasi
Moddiy burchak qancha katta bo‘lsa yoki qamrash burchagi 2φ, yorug‘lik oqimidan foydalanish darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Faralarning zamonaviy kontruksiyalarida qamrash burchagi 2φ<240° bo‘lib, nurlanish manbasi yorug‘lik oqimining 75 % dan foydalanishga mos keladi.
Tarqatkich (oprik elementning shishasi) yakiniy yorug‘lik tarqalishini shakllantiradi. Uning ichki yuzasida sindiruvchi elementlar – silindrik, sferik linzalar, prizmalar va linzoprizmalar bajarilgan bo‘lib, ular yordamida ma’lum bir yo’nalishlarda yorug‘lik taramlari fokuslanadi yoki tarqatiladi. Tarqatkich bundan tashqari optik elementni uning funksiyasini buzishi mumkin bo‘lgan turli tashqi ta’sirlardan (chang, ifloslik, cho‘kindilar va boshq.) himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |