¥озирги кунда £зекистон Республикасида савдо ва умумий ов¢атланиш корхоналаригакатта эътибор берилмо¢да


Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati



Download 41,2 Kb.
bet2/4
Sana18.02.2022
Hajmi41,2 Kb.
#451720
1   2   3   4
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortishning oziga xosligi (1)

Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
KIRISH
Ma'lumki, savdo faoliyati orqali aholining kundalik ehtiyojlari qondiriladi va moddiy farovonligi taminlanadi. Iqtisodiyotni alohida tarmog'i sifatida iqtisodiy o'sishni, mamlakatning makro iqtisodiy barqarorligini ta'minlashda savdo xizmatining o'rni va ahmiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Umumiy ovqatlanish tizimi esa azaldan aholiga xizmat qilib, mehnat unumdorligini oshirida, aholining turmush farovonligini ta'minlashda muhim rol o'ynab kelgan. Shu sababli, mustaqillikning dastlabki yillaridan Hukumatimiz tomonidan savdo va umumiy ovqatlanish sohalarini rivojlantirishga katta ahmiyat berib, ushbu sohalarni rivojlantirishga oid ko'plab qonunlar va qonun osti hujjatlar qabul qilindi. Natijada, respublikamizda xalqaro andozalarga mos keluvchi, milliy an'analarimizni o'zida mujassamlashgan savdo va umumiy oqatlanish tizimi vujudga keldi.
Ayniqsa bozor munosabatlari sharoitida savdo va umumiy ovqatlanish sohasi ham tadbirkorlik faoliyati bo'lganligi sababli, mazkur sohani davlat tomonidan tartibga solish amaldagi soliq siyosati orqali amalga oshiriladi. Savdo va umumiy ovqatlanish sohalarini soliqqa tortish orqali faqatgina davlat byudjeti daromadlar bilan ta'minlanmaydi, balki ushbu soha tomnidan ko'rsatiluvchi xizmatlarning yuqori sifatliligi, samaradorligi yanada oshishiga ham xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari o'z ma'ruzasida quyidagi ko'rsatkichlarga alohida e'tibor qaratgan: 2015 yilda amalga oshirgan keng ko'lamli, uzoqni ko'zlagan islohotlarni hayotga tatbiq etish erkin tadbirkorlikka keng imtiyoz va preferentsiyalar yo'lini ochib berish, investitsiyalar, avvalo, chet el investitsiyalarining hajmini oshirish va joriy etish iqtisodiyotimizning barqaror o'sish sur'atlarini va uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta'minlash bo'yicha o'z ijobiy ta'sirini berdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo'jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi. Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. Inflyatsiya darajasi 5,6 foizni tashkil qildi, ya'ni prognoz ko'rsatkichlari doirasida bo'ldi.1
Har bir ishlab chiqaruvchi korxona o'zi ishlab chiqargan mahsulot (ish, xizmat)larni sotishi shart, aks holda uning ishlab chiqarish jarayoni davom etmay qoladi. O'z mahsulotini sotgan korxona kelib tushgan pulga qo'shimcha mehnat ashyolari va mehnat qurollarini sotib oladi, ular asosida yana ishlab chiqarishni davom ettiradi. Demak, savdo yuridik shaxslar xo'jalik faoliyatini tashkil etuvchi ta'minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarida muhim o'rinni egallaydi. Savdosiz takror ishlab chiqarishni ta'minlash, uni rivojlantirish umuman mumkin bo'lmaydi. Mablag'lar aylanishi jarayonida savdo ishlab chiqarish sohasini iste'mol sohasi bilan bog'lovchi vosita hisoblanadi. Savdosiz jamiyatda yaratilgan nozu-ne'matlar o'z iste'molchilariga etib bormaydi, shuningdek ularni takror ishlab chiqarishni amalga oshirib bo'lmaydi. Savdo tushunchasi keng qamrovli bo'lib, bir tomondan, maxsus faoliyatni, ikkinchi tomondan esa, iqtisodiyotning maxsus tarmog'ini ifodalaydi. Faoliyat sifatida savdo yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni sotib olish va sotish, ularni aylanishini tashkil etish bo'yicha olib boriladigan tadbirkorlikning bir turi hisoblanadi.

  1. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortishning nazariy jihatlari.

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati katta. Tovar ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarni bog'lovchi bosh bo'g'in hisoblanuvchi savdo sohasining samaradorligini oshirishda oqilona soliq siyosatini olib borish muhim rol o'ynaydi. Respublikamizda barqaror soliq tizimini shakllantirishga qaratilgan bu boradagi keng ko'lamli islohotlar savdo tizimi korxonalariga nisbatan joriy etilgan soliq tizimini ham chetlab o'tmadi. Shu o'rinda savdo va umumiy ovqatlanish tizimi korxonalarini budjet bilan munosabatlari bilan bog'liq muammolarga to'xtalishdan oldin ularni soliqqa tortish davriyligiga bir qadar to'xtalib o'tish lozim. Bunda biz yaqin o'tmishda va hozirda amalda bo'lgan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortishning bir nechta tartiblarini har tomonlama ham nazariy, ham amaliy jihatdan tahlil qilishga harakat qilamiz.
Savdo va umumiy ovqatlanish tizimi korxonalarini soliqqa tortish borasidagi muhim ahamiyatga ega bo'lgan o'zgarishlardan biri sifatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 10 apreldagi “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi to'g'risida” gi 153-son qarorini qayd etish mumkin. Mazkur qarorga muvofiq savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun daromad (foyda) solig'i va qo'shilgan qiymat solig'i o'rniga yalpi daromad solig'i joriy etildi.
Yalpi daromad solig'ining mohiyati shundan iborat ediki, yalpi daromad solig'ini to'lovchilarni aniqlashning asosiy mezoni qilib davlat statistika organining ro'yxatdan o'tkazish kodi hisoblanib, soliqning ob'ekti qilib esa, korxonaning yalpi daromadi qilib belgilandi. Soliq stavkalari esa korxona faoliyatining turi, korxona joylashgan joyi va yalpi daromadning tovar oboroti nisbati sifatida aniqlanadigan korxonaning daromadlilik darajasiga bog'liq ravishda tabaqalashtirilgan holda belgilandi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tizimidagi mazkur o'zgarish ularni soliqqa tortish borasidagi o'ziga xos xususiyatni kasb etib, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining faoliyatiga mos ravishda yondashishga erishildi.
Savdo va umumiy ovqatlanish tizimi korxonalarini soliqqa tortish borasidagi eng muhim o'zgarish shubhasiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 3 dekabrdagi “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi Farmoni hisoblanadi. Mazkur farmonga muvofiq savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari 1999 yildan e'tiboran barcha umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig'imlar o'rniga yalpi daromad solig'i va mol-mulk solig'i to'laydigan bo'ldilar.
Prezidentning ushbu farmoni mamlakatimiz aholisiga sifatli savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko'rsatishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, savdo va umumiy ovqatlanish tizimi korxonalarida soliq yukini bir qadar kamaytirgan holda ularda tovarlarga ustamalarni kamaytirgan tarzda belgilashga ham keng imkoniyatlar yaratdi.
Darhaqiqat ushbu tizim korxonalariga nisbatan bunday soliq siyosatining yuritilishi birinchi navbatda ularda soliq yukining kamayishiga erishilgan bo'lsa, bunga qo'shimcha sifatida aytish mumkinki, ularda hisob-kitob ishlarini kamayishiga, soliq idoralarida ish unumdorligining oshishiga, eng asosiysi ularning soliqdan qochishiga bo'lgan moyilligini bir qadar kamayishiga erishildi. Aytishimiz mumkinki savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortishning mazkur tartibi amal qilgan paytda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati bir qadar barqaror bo'lgan.
Respublika soliq tizimining tarkibiy qismi hisoblangan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish borasidagi islohotlar tobora chuqur ko'rinish olib bordi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 20 maydagi “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 13 iyundagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 208-son va 2002 yil 13 iyuldagi “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi to'risida”gi 249-son qarorlariga muvofiq savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish tartibi tubdan qaytadan tashkil qilindi, ya'ni ular yalpi daromad solig'i va mol-mulk solig'i o'rniga yalpi tushumdan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqni (ulgurji va chakana savdo korxonalari) va agarda savdo korxonasi chakana savdo faoliyati bilan shug'ullanuvchi mikrofirma va kichik korxona bo'lsa belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni to'laydigan bo'ldilar. Shuningdek, yalpi tushumdan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqni to'lovchi ulgurji savdo korxonalari belgilangan tartibda qo'shilgan qiymat solig'ini to'lovchilar ham qilib belgilandi, yalpi tushumdan olinadigan soliqning ob'ekti qilib, qaysi birining ko'pligiga qarab yalpi tushum yoki bazaviy tushum qilib belgilandi.
2003 yildan e'tiboran savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilindi. Lekin, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish borasidagi mazkur tartib o'zini oqlamadi.
Albatta soliqqa tortish tizimiga kiritilgan har qanday o'zgartirish ham ijobiy ham salbiy natijaga olib kelishi mumkin. Savdo va umumiy ovqatlani korxonalari uchun belgilangan tushumdan soliq hisoblash korxonalar uchun qulay edi. Chunki tushumni aniqlab undan 5 foizni davlat budjetiga o'tkazar edi. Lekin korxonalar tomonidan soliqdan bo'yin tovlash maqsadida tushumlarning haqiqiy miqdorini yashirishga real imkoniyat mavjud edi.
Bundan tashqari yagona yalpi tushum stavkasi bo'lgan 5 foiz tovar turlarini deyarli hisobga olmagan. Tovarlarga qo'yiladigan ustamalar turli bo'lishiga qaramasdan soliq stavkasi bir xil darajada bo'lgan, ya'ni korxonalar teng sharoitga ega emas edilar, soliq faqat ustamaning o'zidan to'lanadigan bo'ldi va yuqorida ko'rsatilgan noqonuniy harakatlar uchun real imkoniyat bartaraf etildi. Avvalgi 2002 yilgacha amalda bo'lgan yalpi daromad solig'ida korxonaning rentabelligi, ya'ni daromadlilik darajasi oshgan sari stavka oshib borar edi. Bu bilan daromad olish darajasini jilovlashi va tushumning bir qismini yashirish uchun sharoit tug'dirishi mumkin edi. Bu tartibda soliq stavkasi daromadlilik darajasiga bog'liq emas. Bu ham soliq siyosatining trakibiy omillaridan biri bo'lib, korxoanlar uchun rivojlanish imkoniyatlarini yaratadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 18 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat budjetini parametrlari to'g'risida”gi PQ-532-son qaroriga muvofiq 2007 yil 1 yanvardan boshlab savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari ilgari to'lab kelgan yalpi daromad solig'i, mol-mulk solig'i, tovarlar aylanmasidan Pensiya jamg'armasiga, Respublika Yo'l jamg'armasiga, maktab ta'limini rivojlantirish jamg'armasiga majburiy to'lovlar to'lash o'rniga yagona soliq to'lovini to'lashga o'tkazildi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini uchun yagona soliq to'loviga o'tkazilishi ma'lum darajada ularni soliqqa tortishni soddalashtirishga xizmat qildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi bugungi kunda samarai qo'llanilib kelinayotgan bo'lsada, ko'proq fiskal ahamiyatga qaratilgan. Natijada, bir qator salbiy jihatlari kuzatilmoqda.
Bu holat natijasida xo'jalik tizimidagi barcha tadbirkorlik sub'ektlari qo'shilgan qiymat solig'iga tortilmayapti va buning natijasida ushbu soliqning to'lov zanjiri ishlab chiqarish va realizatsiyaning ma'lum bir bosqichlarida uzilib, uning yuki oxirgi iste'molchilarga etib bormayapti. Eng asosiysi, yer solig'i, mol-mulk solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning barcha soliq to'lovchilardan undirilmasligi, cheklangan yer va suv resurslaridan, mol-mulkdan samarasiz foydalanishga zamin yaratadi. Shuningdek, iqtisodiyotga foydasiz bo'lgan, ishlab chiqarishda qatnashmaydigan hasham mol-mulklarning ko'payib borishiga olib keladi.

  1. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida soliq ob'ektlarini aniqlash hamda hisobini yuritish.

O'zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 6-moddasida soliq solishning majburiyligi printsipi bayon qilingan. Ushbu moddaga asosan har bir daromad olgan shaxs soliq kodeksida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lashi shart.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining asosiy maqsadi foyda olish hisoblanadi. Shu sababli hisobot davrida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan moliyaviy-xo'jalik faoliyati yuritish natijasida ularda soliq ob'ekti va bazasi paydo bo'ladi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida soliq yoki boshqa majburiy to'lov hisoblab chiqarilishi va to'lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, harakat, harakat natijasi soliq solish ob'ekti deb e'tirof etiladi. Mos ravishda, soliq solinadigan baza soliq solish ob'ektining soliq yoki boshqa majburiy to'lovning stavkasi tatbiqan belgilangan ko'rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va boshqa tavsiflarini ifodalaydi.
Soliq ob'ektining va bazasining paydo bo'lishi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida soliq majburiyatining yuzaga kelishiga olib keladi. Ularning soliq majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
- davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishi;
-soliq solish ob'ektlari va soliq solish bilan bog'liq ob'ektlarni aniqlashi hamda ularning hisobini yuritishi;
-moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi hamda uni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishi;
-soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni o'z vaqtida hamda to'liq miqdorda to'lashi.
Savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar uchun 2007 yil 1 yanvardan boshlab yagona soliq to'lovini to'lash tartibi belgilandi. Shu bilan birga savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari to'lov manbaida soliqlarni va boshqa majburiy to'lovlarni ushlab qolish majburiyatlari hamda budjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash majburiyatlari saqlanib qoladi:

  • to'lov manbaida undiriladigan foyda solig'i;

  • O'zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan (ko'rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i;

  • aktsiz to'lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aktsiz solig'i;

  • yer qa'ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to'lovlar;

  • bojxona to'lovlari;

  • yagona ijtimoiy to'lov;

  • davlat bojlari;

  • tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko'rsatish huquqi uchun yig'im;

  • avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo'l jamg'armasiga yig'im.

Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishning bir qator talab va shartlari mavjud bo'lib, ular quyidagilardan iborat:

  • O'zbekiston Respublikasining ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya qilish;

  • eng kam oylik ish haqining kamida 1200 barvari miqdorida pul mablag'lari bilan shakllantirilgan ustav fondining mavjud bo'lishi;

  • majburiy tartibda sertifikatlanishi kerak bo'lgan tovarlar sotilgan taqdirda muvofiqlik sertifikatlari yoki mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda sertifikatlanganligi to'g'risidagi ma'lumotlar yoxud ularning nusxalari mavjud bo'lishi.

Litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasidagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi ko'rsatilgan holda litsenziya berish to'g'risidagi ariza;

  • yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;

  • eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjatning, shu jumladan, eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida pul mablag'lari kiritilganligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi;

  • litsenziya berish to'g'risidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan ko'rib chiqilganligi uchun yig'im to'langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Prezidentimizning “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to'g'risida”gi PQ-186-son Qarori 2005 yilning 1 oktyabridan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar uchun litsenziyalar kamida 5 yil muddatga, 13 ta faoliyat turi bo'yicha litsenziyalar cheklanmagan muddatga berilishi joriy qilindi va tadbirkorlikning 11 ta faoliyat turi bo'yicha ruxsatnomalar olish va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish jarayonlari bekor qilindi.
Jumladan, ilgari barcha savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik sub'ektlari mahalliy hokimliklarda ro'yxatga olinib ularga ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar olish talab qilinar edi.
Endilikda ushbu tadbirkorlik sub'ektini savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug'ullanuvchi sifatida mahalliy hokimliklarda ro'yxatga olinishi bilan cheklaniladi. Undan qo'shimcha litsenziya yoki ruxsasatnomalar talab etilmaydi (alkogol mahsulotlari, qimmatbaho metallardan va toshlardan tayyorlangan mahsulotlarni chakana sotishdan tashqari).

Download 41,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish