Ehtiyojdan ko`p ovqatlanish.
XX asrgacha bo`lgan davrda kishilarning ovqatlanish tarzida me`yordan kam ovqatlanish holati ko`p uchrab turgan bo`lsa, vaqt o`tishi bilan ehtiyojdan ko`p ovqatlanish kishilarning kundalik hayotiga kirib kela boshladi.Har ikki holat ham fiziologik jarayonlarni buzib, nohush holatlarga olib keladi. Hozirgi kunda 7 mlrdan ko`p aholi orasida keragidan kam ovqatlanib aziyat chekkanga qaraganda ehtiyojdan ko`p ovqatlanib davr kasalliklari hisoblangan moddalar va energiya almashinuvi, yurak qon tomirlari, endokrin,asab hamda hazm a`zolari va boshqa tizimlarida turli hastaliklarni orttirib olganlar soni ko`payib ketdi. Nega shunday, buni sababi nimada, uni oldini olib bo`ladimi degan savollar tug`ilishi tabiiy.Bundaylar nafaqat o`rta yoshlilar o`rtasida, balki yoshlar o`rtasida ham bisyor. Ushbu savollarga javob berish ancha keng qamrovli bo`lib,u bizning asosiy vazifamizga kirmaydi. Lekin ushbu masalaning kun tartibiga qo`yilishi va yechimini topishda sog`lom ovqaqtlanish omili bevosita va eng yaqin aloqaga ega bo`lgani bois muammoning fiziologik tomonlari haqida qisqacha gapirib o`tamiz.Eng muhimi qancha va qanday ovqatlanish kerak degan savolning hal qiluvchi javobi asosida har kimda iste`mol qiladigan taomi tarkibidagi energiya, ya`ni quvvati uning barcha faoliyati(jismoniy va aqliy mehnat, kundalik sayi-harakatlar)uchun sarflanadigan energiya miqdoriga barobar kelishi kerak degan tushuncha yotadi. Ushbu holatning yuzaga kelishi hayot va jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog`liq. Agar bundan taxminan 100 yil burun ishlab chiqarish vositalari orqali hal qiluvchi o`rinni qol mehnati(uroq o`rish, yerda ishlash,konlarni kovlash) egallagan bo`lsa, hozirgi kunda fan-texnika rivoji tufayli har hil mashina va mehanizmlar ko`payib, qo`l mehnati juda kamayib qoldi.Masalan, konverda ishlash kam miqdordagi mehnat talab qiladi, transport vositalarinin ko`payib ketganligi esa yayovyurishni nihoyatda cheklab qo`ydi yoki aniq seziladigan kam harakatlik ,ya`ni gipodinamiyani yuzaga keltirdi. Oldinlari oddiy ishchi kun davomida o`rtacha 3000-3500 kkal energiya sarflagn bo`lsa, hozirgi kunga kelib bu ko`rsatkich 2500-3000 kkalga tenglashib qoldi, ayrim hollarda bundan ham kam. Bir vqatning o`zida shu narsa diqqatga sazavorkii sutkalik energiya sarfi kamayishiga qarab iste``mol qilinayotgan taomlarning kalorik koeffitsiyenti kamaytirilayotgan holat qariyb uchramaydi,oldin qancha qancha yeb ichilgan bo`lsa shuncha narsa iste`mol qilinayapti.Tanaga kirgan oshiqcha ovqat energiyasi sarflanmasa u zahira holga o`tib teri tagida va ichki a`zolar atrofida yog` sifatida to`plana boshlaydi, semizlik yuzaga keladi.
Sog'lom parhez umuman saqlab qolish yoki yaxshilashga yordam beradigan narsadir sog'liq. Sog'lom ovqatlanish tanani zarur narsalar bilan ta'minlaydi oziqlanish: suyuqlik, makroelementlar, mikroelementlarva etarli kaloriya.
Sog'lom parhez tarkibida mevalar, sabzavotlar va donli don bo'lishi mumkin va oz-ozdan o'z ichiga oladi qayta ishlangan oziq-ovqat va shirin ichimliklar. Sog'lom parhezga bo'lgan talablar o'simlik va hayvonotga asoslangan turli xil oziq-ovqat mahsulotlaridan qondirilishi mumkin, ammo hayvonot bo'lmagan vitamin B12 quyidagilarga kerak: a vegan dietasi.[3] Turli xil ovqatlanish bo'yicha qo'llanmalar tibbiyot va davlat muassasalari tomonidan jismoniy shaxslar sog'lom bo'lishlari uchun nima yeyishlari kerakligi to'g'risida ma'lumot berish uchun nashr etiladi. Oziqlanish faktlari yorliqlari iste'molchilarga sog'liqqa tegishli tarkibiy qismlarga qarab oziq-ovqat mahsulotlarini tanlash imkoniyatini berish uchun ba'zi mamlakatlarda majburiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |