Bundan tashqari, tovarlar sifatini baholashning sotsiologik usuli ham mavjud.
Sotsiologik usul deb oziq-ovqat mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini xaridorlar fikriga ko‘ra aniqlashga aytiladi. Xaridorlarning talablari esa oziq-ovqat mahsulotlariga sotish ko‘rgazmalari tashkil qilinganda, xaridorlar konferentsiyalari va anketalarni tarqatish yo‘li bilan o‘rganiladi.
Hozirgi kunda tovarlar sifatini aniqlashda ekspert usuli ham keng qo‘llanilmoqda.
Ekspert usuli deyilganda 7 kishidan kam bo‘lmagan yuqori malakali mutaxassis-ekspertlardan (tovarshunos, dizayner, degustator) tashkil topgan ekspert komissiyasining fikri asosida baho berish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |