Kimyoviy bog‘lanish haqidagi ta’limot - Kimyoviy bog‘lanish haqidagi ta’limot – hozirgi kimyoning asosiy masalasidir. Bu ma‗lumotni bilmay turib kimyoviy birikmalarning turli – tumanlik sabablarini, ularning hosil bo‘lish mexanizmini, tuzilishini va reaksiyaga kirisha olish xususiyatlarini tushunib bo‘lmaydi.
- Kimyoviy bog‘lanishning kelib chikish sababi shundaki, atom yoki ionlar bir-biri bilan birikkanda ularning umumiy energiya zahirasi ular ayrim – ayrim holda bo‘lgandagiga qaraganda kichikroq qiymatga ega bo‘ladi va sistema nisbatan barqaror holatni egallaydi. Agar biror sistema bir holatdan ikkinchi holatga o‘tganda uning energiya tutumi kamaysa, bu hodisa «sistema energetik manfaatga ega bo’ldi» degan ibora bilan tavsiflanadi.
Kimyoviy bog‘lanish asosan quyidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi:
Kimyoviy bog‘lanish energiyasi (kkal/mol)
Kimyoviy bog‘ uzunligi (A0 =10-10m)
Bog‘lar orasidagi burchak.
Do'stlaringiz bilan baham: |