Kovalent bog'lanish.
Kovalent bog'lanish, asosan, metalmas atomlari orasida vujudga keladi. Atomlarning o'zaro bir yoki bir necha elektron juftlik hosil qilishi natijasida vujudga keladigan bog'lanish kovalent bog'lanish deyiladi. Kovalent bog'lanish tabiatiga ko'ra 2 xil bo'ladi:
1.Qutbsiz kovalent bog'lanish
2. Qutbli kovalent bog'lanish.
Elektromanfiylik qiymati jihatidan o'zaro teng bo'lgan element atomlari o'rtasida vujudga kelgan bog'lanish qutbsiz kovalent bog'lanish deyiladi. Qutbsiz kovalent bog'lanishli moddalarga, ko'pincha, oddiy moddalar H2, O2, Cl2, N2 molekulalarini misol qilishi mumkin.
Elektromanfiylik qiymatlari jihatidan bir-biridan oz farq qiladigan element atomlari orasida vujudga kelgan bog'lanish qutbli kovalent bog'lanish deyiladi. Elementlarning kovalent bog'lanish hosil qilish xususiyati, ularning kovalentligi (valentligi) deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |