Yog‘ xom ashyo turlari
Yog‘ xom ashyosi
O‘simlik yog‘ va moylari Mol yog‘lari
Suyuq qattiq yer ustida yashovchi dengiz hayvon-
xayvonlar lari va baliqlar
kungaboqar salomas
paxta kokos mol kit
loviya palma moyi qo‘y treska
indov palma yadro moyi sut (va boshqa
zig‘ir stearin kashalot
kostor baliqlar)
makkajo‘xori
O‘simlik moylarining tarkibi Sanoat usulida olingan o‘simlik moylari uchglitserid, (uchatsilglitserol) yog‘ kislotalarining aralashmasidan hamda, yog‘ bo‘lmagan aralashmalardan va hamroh moddalardan iborat.
Rafinatsiyalanmagan moy tarkibida yog‘ bo‘lmagan aralashmalarga mexanik aralashmalar (qovurilgan mag‘iz, shrot bo‘laklari va h.k.), namlik, zaharli ximikatlar va h.k. moddalar kiradi. Zaharli ximikatlarning bo‘lishi shu bilan izohlanadiki, qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni turli zararkunandalari va kasalliklar bilan kurashda turli zaharli ximikatlar (pestitsidlar, gerbitsidlar va x.k.) keng ishlatiladi, bu esa o‘simlikning yog‘li to‘qimalarida yig‘ilib boradi va yog‘ bilan birga ajralib chiqadi.
Hamroh moddalar Bu moddalar yog‘ va moylar tarkibida oz miqdorda bo‘lsa ham, uning xususiyatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlik moylari tarkibidagi hamroh moddalar ikki guruhga bo‘linadi;
1 guruh - chigit o‘sish jarayonida hosil bo‘lgan va yig‘ilgan, o‘zgarmagan holda yog‘ olish jarayonida o‘tgan moddalar.
2 guruh - chigit tarkibida bo‘lgan yog‘ olish jarayonida texnologik faktorlar harorat, bosim, namlik ta’sirida, hamda saqlash jarayonida o‘zgargan holda yog‘ga o‘tgan moddalar.
1-guruh
Tarkibida fosfor bo‘lgan moddalar. (fosfolipidlar).
Pigmentlar (karotin, ksantofill,gossipol,xlorofill).
Mumlar (mumsimon moddalar).
Tokoferollar va yog‘da eruvchi vitaminlar,sterollar (steridlar).
Erkin yog‘ kislotalar.
Ta’m va hid beruvchi moddalar.
Sulfolipidlar, glikolipid, glikoproteid, fosfoproteidlar birikmalari.
2-guruh
Buzilish ya’ni oksidlanish mahsulotlari (oksibirikmalar, aldegidlar, keton past molekulali yog‘ kislotalari v. x. k).
Glitsiridlarning termik va gidrolitik o‘zgarishidan hosil bo‘lgan mahsulotlar va hamroh moddalar.(yog‘ kislotalar, polimerizatsiya mahsulotlari v. x. k).
1 – jadval
Ayrim yog‘lardagi hamroh moddalar miqdori.
Yog‘lar
|
Tokoferollar, mg %
|
Sterinlar
%
|
Sovunlan maydigan moddalar %
|
Fosfatidlar
%
|
Kungaboqar
|
70 yaqin
|
0,5-0,91
|
0,5-0,9
|
0,2-1,4
|
Paxta
|
80-100
|
0,31
|
0,5-1,5
|
1,12-2,55
|
Loviya (eks-ya)
|
90-180
|
—
|
0,2-0,3
|
1,9-4,5
|
Indov
|
50 yaqin
|
0,35
|
0,2-1,0
|
1,15-1,28
|
Aralashmalar va hamroh moddalar yog‘ rangi, hidi va ta’mini buzib, uni xiralashtiradi.
Rafinatsiya vaqtida bu aralashmalar va hamroh moddalar yuqotiladi, shuning uchun bu yog‘larni oziq-ovqat uchun ishlatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |