Yorma bug‘doy, tariq, arpa, qora bug‘doy, sholi, suli, makkajo‘xori va ayrim dukkakli o‘simliklar donidan tayyorlanadi.
Un asosan, bug‘doy va javdardan, ba’zan arpa, makkajo‘xori, suli, no‘xat, soya va ba’zi boshqa ekinlardan tortiladi. Oldin turli aralashmalardan tozalangan don tortiladi. Un asosan, ikki usul bilan: dag‘al yoki oddiy va mayin yoki navlab tortish usuli bilan olinadi.
Non bug‘doy va javdar unidan yopiladi. To‘yimliligini oshirish maqsadida ayrim nav nonlarga sut, yog‘, shakar, tuxum, qiyom, solod, mayiz singari mahsulotlar, ta’mini yaxshilash maqsadida esa ko‘knor urug‘i, sedana, kashnich sepiladi, arpabodyon, vanil, vanilin, za’far va boshqalar solinadi. Non ishlab chiqarish - xom ashyoni tayyorlash va o‘lchash, xamir qorish va oshirish, hamirni formaga solish va tinitish, pishirish va sovitishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |