Tuproq mikroorganizmlari
Tuproqda juda ko’p mikroorganizmlar uchraydi, ya’ni 1 g tuproqda millionlab yoki milyardlab bakteriya bo’ladi. Havo va suvdagiga qaraganda tuproqda bakteriyalar ko’p, tuproq mikroorganizmlarning asosiy manbai bo’lib, undan mikroorganizmlar suv va havoga uchib turadi. Tuproqda turli - tuman bakteriyalar, aktinomisetlar, achitqilar, suvo’tlari va sodda hayvonlar uchraydi. Ba’zi olimlarning hisoblashlaricha, haydaladigan bir gektar erning 25 sm chuqurlikkacha bo’lgan qatlamida 3-5 tonnagacha bakteriya uchrar ekan. Bakteriyalarning tuproqda tarqalishi tuproqning xususiyatiga bog’liq. Tuprroqqa tushgan o’simlik va hayvonlar qoldig’i hisobiga mikroorganizmlar juda ko’payib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |